157
RHA sxemalari elektromexanik yoki mikroelektron
bazasida hamda
ko‘rsatkichli asboblar va elektr energiya hisoblagichlar qo‘llanilganda
ularning axborotini to‘g‘ridan to‘g‘ri TMTlar orqali uzatish ma’lum qiyinchiliklar
tug‘diradi.
Energoob’ektlar to‘g‘risida axborotlarni dispetcher boshqarishning yuqori
bosqichlariga faqat TMT yordamida uzatish mumkin.
Zamonaviy axborot-o‘lchash tizimlarida mikroprotsessorlar (MP) va
elektron hisoblash mashinalaridan (EHM) foydalanish RHA, nazorat etish
va telekommunikatsiyali texnologik sxemalariga keskin o‘zgarishlar kiritadi.
MP va EHMdan foydalanish, turli uskunalar
bajaradigan funksiyalarni
yagona uskunada bajarish imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun MP va
EHMlarni qo‘llash uskunalarning ishonchliligini, tezkor va avtomatik
boshqarishni iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshiradi. Hozirgi zamon axborot-
o‘lchash tizimlari energoob’ektlarini texnik tashxis (diagnostika)
ishlarini,
o‘lchash, nazorat, tezkor va avtomatik boshqarish, axborotlarni yig‘ish va
ularga ishlov berish, tezkor axborotni ro‘yxatlash va hujjatlashtirish,
kattaliklarni belgilangan qiymatlardan og‘ishi, chiqib ketishi va normal
avariya holatlari to‘g‘risida axborotni boshqarishning
yuqori bosqichlariga
uzatishga murakkab bo‘lmagan hisoblashlarni bajaradi.
Dostları ilə paylaş: