167
mumkin bo‘lgan echim variantlarini ajratib olish;
tavsiflarni hisoblash va parametrlarni maqbullashtirish (optimallashtirish);
loyiha hujjatlarini tayyorlash.
O‘lchash vositalarini ishlab chiqishni tezlashtirish va sifatini sezilarli
darajada oshirish bir xil metrologik asosdagi kompleks loyihalash tizimlarini
yaratish va keng ko‘lamda tadbiq etish evaziga erishilishi mumkin. Bunday usul
elementlari o‘lchash tizimlarining keng avtomatlashtirilgan loyiha tizimlarida
(O‘TKALT) ishlatilgan.
O‘TKALT tizimlarini uslubiy ta’minlash asosida quyidagilar yotadi:
o‘lchash vositalarining informatsion tavsiflarini baholash;
informatsion operatorlar yordamida informatsion jarayonlarni modellash;
informativ signallarni o‘zgartirishning operatorli
tenglamalaridan foydalanib
strukturali sxemalarni sintez qilish;
alohida loyihali echimlarining dastlabki berilmalari majmui asosida
muqobillashtirish usullaridan foydalanish.
Sun’iy yaratish yo‘lida to‘rtta asosiy masalani echish lozim bo‘ladi:
1.
Fikrlash qonunlarini tekshirish va ularga mos keladigan algoritmlarni yaratish;
2.
EHM ga kelib tushayotgan axborotlarni, hamda fikrlashning "sotsial"
aspektlarini to‘g‘ri tushunishni ta’minlovchi juda ko‘p miqdordagi
boshlang‘ich bilimlar bazasini EHM da yig‘ish;
3.
Bilim va rivojlanish jarayonining asosi sifatida sun’iy ong tizimlarning
amaliy faoliyatini ta’minlovchi vositalar yaratish, ya’ni
birinchi navbatda
inson qo‘lini modellashtirish;
4.
Sun’iy sezgi organlari va obrazlarni aniqlash (tanish, ilg‘ash) tizimlarini
yaratish.
Yuqoridagi sanab o‘tilgan masalalardan oxirgisi o‘lchash texnikasining
yutuqlariga tayanadi. Uni echishda olimlar o‘z oldilariga inson sezgi organlariga
yaqin tavsiflarga erishish masalasini qo‘yishmaydi. Avvalroq biz inson sezgi
organlari qanchalik mukammal emasligi xaqida gapirgan edik. Shuning uchun
tabiat tomonidan yaratilgan narsalarni ko‘r-ko‘rona takrorlash shart ekanmi?
Ko‘rinishidan suniy ong tizimlari ixtisoslashtirilib,
har bir ixtisoslashtirish
168
doirasida ularning sezgi organlari xilma-xil va insonnikidan mukammalroq
bo‘ladi. Masalan, yaqin kelajakda tibbiyot bo‘yicha ixtisoslashgan suniy ong
yaratilishini juda katta ehtimollik bilan aytish mumkin.
Bunday tizim ko‘rinishidan, nafaqat ko‘rish va eshitish qobiliyatiga, balki
temperatura va elektr potensiallari aniq o‘lchash vositalariga, tashhisning
ultratovush vositalariga va boshqa o‘lchash qurilmalariga ega bo‘ladi. Albatta,
mukammal o‘lchash vositalari bilan ta’minlangan
boshqa ixtisoslashgan ongli
tizimlar ham yaratiladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning bosh yo‘nalishlaridan biri keng ko‘lamli
informatsion tarmoqlarni rivojlantirish bo‘lib, bunda etakchi rollardan biri
o‘lchash texnikasiga tegishlidir. Bunday tarmoqlarning ilg‘or yutuqlari tadbiqini
tezlashtirish,
rejalash
va
boshqarishni
koordinatsiyalash
hamda
mukammallashtirishda
ulkan
ahamiyatga
ega
bo‘lib,
ilmiy-texnikaviy
adabiyotlarda ham, hukumatning muhim qarorlarida ham bir necha marotaba
ta’kidlangan. Ammo, afsuslar bo‘lsinkim, hamisha ham bu muammoni
echishning o‘ta muhim tomonlaridan biri - tarmoqqa haqiqiy ma’lumot
kiritishga diqqat qilinmayapti.
Ma’lumot manbai informatsion tarmoqqa o‘lchash qurilmasi va hujjatlarini
kiritayotgan operator-inson bo‘lishi mumkin. Agar birinchi ikki manbadan
kelayotgan axborotlarda xatolar va aqliy chalkashtirishlar bo‘lishi
mumkinligini
hisobga olinsa, bunda informatsion tarmoqlarning samaradorligini ta’minlashdagi
o‘lchash qurilmalarining ulkan roli aniq bo‘ladi.
Informatsion tarmoq tarkibiga birinchi navbatda kiritilishi lozim bo‘lgan
o‘lchash qurilmalari ichida dastavval xomashyo, materiallar, tayyor mahsulotlar,
energetik va boshqa resurslarni hisoblovchi har xil vositalarni aytib o‘tish
kerak. Bu ob’ektiv va muqobil rejalash imkonini berib, yuqoridagi mahsulotlar
uchun korxonalar, tashkilotlar va alohida kishilar orasidagi
hisoblash ishlarini
osonlashtiradi va avtomatlashtirish imkonini beradi. Keng ko‘lamli informatsion
tarmoqlar tarkibiga alohida korxonalarning o‘lchash informatsion tizimlarini
kiritish, uning imkoniyatlarini keskin oshiradi.
Bunday informatsion tarmoqlar samaradorligining zarur sharti - tarmoq
uchun
mo‘ljallangan
o‘lchash
axborotlarini
standartlashtirilgan
formada
169
tasvirlovchi, etarli darajada arzon va oddiy, hamda ishonchli o‘lchash asboblarini
ommaviy ishlab chiqarishdir. Ushbu shartni ta’minlash uchun metrolog-olimlar,
muhandislar, loyihachilar, Davlat metrologiya va standartlashtirish organlari,
ishlab chiqaruvchilar hali ko‘p faoliyat ko‘rsatishlariga to‘g‘ri keladi.
Mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar asosida ishlaydigan o‘lchash
asboblari yana ham ko‘paymoqda. Bu esa, turli ishlab
chiqarish va texnologik
jarayonlarning samaradorligini yanada oshirishda qo‘shimcha imkoniyatlar
yaratadi. Darhaqiqat, mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlarning o‘lchash
asboblari va qurilmalarida keng qo‘llanilishi o‘lchash amalini birmuncha
soddalashtiradi, sarf-harajatlarni kamaytiradi, o‘lchash aniqligini esa oshiradi. Bu
esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatlari jahon andozalariga mos
bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri bo‘lib
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: