Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


Tuproq haroratini o‘lchash uchun asbobi



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə57/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

Tuproq haroratini o‘lchash uchun asbobi 

8.36-rasm. Tuproq haroratini o‘lchash uchun asboblar:


a-shtanganli sterjenda termorezistorlarning ulanish sxemasi;
b-qarshilik termometrlarini ulab-uzish sxemasi.

8.2. O‘lchash o‘zgartgichlari va datchiklar 

8.2.1.Umumiy ma’lumotlar. O‘lchash o‘zgartgichlari 

Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, ularni sozlash va boshqarish


hamdamashina va agregatlarning parametrlarini tadqiq qilish, ayniqsa
qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish,
saqlash, qayta ishlashtexnologik jarayonlarida, gidromeliorativ tizimlarni
avtomatlashtirishda ko‘pgina noelektrik kattaliklarni yuqori aniqlikda o‘lchash
talab qilinadi. Bu kattaliklarga mexanik siljish, tezlik, kuch, tezlanish,
deformatsiya, suv va suyuqliklar sathi va sarfi, bosim, harorat, namlik,
mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari va boshqa yuzdan ortiq parametrlar
kiradi. Uzoq masofadan turib o‘lchash va ma’lumotlarni kam xatolik bilan
masofaga uzatish kabi afzalliklarga ega bo‘lgan elektrik usullar va elektr o‘lchash
vositalar yordamida bajariladi.




126
Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda qo‘llaniladigan vositalar xilma-xil


bo‘lishiga qaramay, o‘lchash usuli va vositalarning umumiy xususiyatlari
hammavjud. Umumiylik shundan iboratki, o‘lchanayotgan har qanday
noelektrik kattalik avval unga proportsional bo‘lgan elektr (tok, kuchlanish,
qarshilik, chastota va boshqalar) kattaligiga aylantiriladi, keyin esa elektr o‘lchash
asbobi yordamida o‘lchanadi. Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda ishlatiladigan
o‘zgartgichlarga qo‘yiladigan asosiy talab – o‘lchash ma’lumotini aniqligi
va jarayonni to‘g‘ri aksettirishdir. O‘lchanayotgan kattalikni o‘zgartirish
usuliga (bevosita, bilvosita yoki muvozanatlash) ko‘ra u yoki bu turdagi xatoliklar
yuzaga keladi.


Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin