Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


O‘lchash o‘zgartkichlarining asosiy metrologik tavsiflari



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə58/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

O‘lchash o‘zgartkichlarining asosiy metrologik tavsiflari
va umumiy ma’lumotlar. 
Ma’lum fizik qonunlar asosida ishlovchi va birorta o‘lchash
o‘zgartirishini bajaruvchi texnik qurilma o‘lchash o‘zgartgichi deb ataladi.
Demak, o‘lchash o‘zgartgichi bir fizik kattalikni u bilan funktsional
bog‘langan boshqa bir fizik kattalik orqali aks ettiradigan qurilmadir.
Tuzilishi va ishlash asosiga ko‘ra o‘lchash o‘zgartgich (O‘O‘)lari juda
xilma-xil bo‘lsada, ular o‘zgartirish vazifasi, darajalash tavsifi, xatoligi,
o‘lchash diapazoni kabi umumiy tavsiflar bilan xarakterlanadi.
O‘lchash o‘zgartgichining o‘zgartirish vazifasi – o‘zgartgichning chiqish va
kirish kattaliklarning funktsional bog‘lanishi bo‘lib, analitik, jadval va
grafik ko‘rinishida ifodalanadi. O‘zDavST 8009–84 ga ko‘ra o‘zgartirish vazifasi
– O‘O‘ chiqish signali informativ parametrining kirish signali informativ
parametri bilan funktsional bog‘liqligidir.
Darajalash natijasida olingan chiqish va kirish qiymatlarining o‘zaro
bog‘liqligi O‘O‘ning darajalash tavsifi deyiladi. U formula, jadval va
grafik ko‘rinishlarida berilishi mumkin.
O‘O‘ning xatoligi – haqiqiy va nominal (o‘lchangan) o‘zgartirish
funktsiyalari orasidagi farq bo‘lib, o‘lchash vositalari xatoliklari singari topiladi.




127
O‘O‘ning o‘lchash diapazoni deb – o‘lchash xatoligi normallashtirilgan


o‘lchash kattalikning qiymatlar sohasiga aytiladi.
O‘lchash o‘zgartkichlarining klassifikatsiyasi 
O‘O‘larning yuqorida keltirilgan tavsiflaridan tashqari parametrlarning
mo‘‘tadilligi, ishonchligi, massasi, narxi, gabarit o‘lchamlari va boshqa
parametrlari ham o‘rganiladi.
O‘O‘lar vazifasi va ishlash tamoyiliga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Vazifasiga
ko‘ra mexanik, gidravlik, issiqlik, kimyoviy, biologik, pnevmatik va
boshqa kattaliklar O‘O‘lariga bo‘linadi. O‘lchanayotgan noelektrik kattalik
unga proportsional bo‘lgan EYuK yoki tokka o‘zgartiriladi. Ularga
elektromagnit, induksiyali, termoelektrik (termojuftliklar) p’ezoelektrik va
galvanomagnit O‘O‘lari kiradi. Parametrik O‘O‘larda o‘lchanayotgan kattalik
qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik va sig‘im kabi elektr zanjirining
parametrlariga o‘zgartiriladi. Ularga elektromagnit (induktiv, transformator va
magnit qisiluvchi), termorezistor, optoelektrik (fotorezistrlar, fotodiodlar va
fototranzistorlar), elektrokimyo (elektrolitik), rezistiv va elektrostatik O‘O‘lari
kiradi[16,17].


Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin