15
2.3 Elektr va magnit kattaliklarni o‘lchashda qo‘llanadigan Davlat
standartlari
O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonuni davlatimiz
mustaqillikka erishganidan so‘ng qabul qilingan bo‘lib, unda MDH davlatlarida
ham qo‘llanilayotgan hamda respublikamiz qonunlariga zid bo‘lmagan moddalari
o‘z kuchini saqlab qolgan. Metrologiya bo‘yicha qonunchilik hamda
standartlarning yaratilish jarayonlari dinamik jarayonlar bo‘lib fan va texnika
taraqqiyotining rivojlanishi bilan birgalikda ular o‘rta hisobda har 12-15 yilda bir
marotaba, zarurat tug‘ilganida yanada kamroq davr ichida, yangilanib turish talab
etiladi.
Ma’lumki, metrologiya to‘g‘risidagi qonuniga quyidagilarga muvofiq
o‘zgartirishlar kiritilgan: O‘zR 26.05.2000 yil 82-II-son Qonuni, O‘zR 25.04.200y
yil 482-II-son Qonuni. Ularda quyidagi moddalarda o‘zgartirishlar mavjud: I
bo‘lim. Umumiy qoidalar(1-4-1-moddalar); II bo‘lim. Fizik o‘lcham birliklari,
ularni qayta hosil qilish va qo‘llash(5-8-moddalar); III bo‘lim. O‘zbekiston
Respublikasining metrologiya xizmatlari (9-11-moddalar); IV bo‘lim. Davlat
metrologiya tekshiruvi va nazorati(12-19-moddalar); V bo‘lim. Metrologiya
ishlarini moliyaviy ta’minlash(20-21 moddalar).
I bo‘lim umumiy qoidalarga bag‘ishlangan bo‘lib unda: 1-modda. Asosiy
tushunchalar; 2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari; 3-modda.
Xalqaro shartnomalar va bitimlar; 4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat
tomonidan boshqarish; 4-1-modda. O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini
ta’minlashga oid normativ hujjatlar kabi moddalar o‘rin olgan.
O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi Qonuni 1-modda.
Asosiy tushunchalar qismida asosiy tushunchalar ishlatilgan.
Qonunning 2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qismida
Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonunda va O‘zbekiston
Respublikasining o‘zga qonun hujjatlaridan iboratligi hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasida
metrologiya
sohasidagi
munosabatlar
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi qonuni hujjatlari bilan ham tartibga solinishi ko‘rsatib o‘tilgan.
16
Xalqaro shartnomalar va bitimlar(3-modda) qismida xalqaro shartnomada
yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonun
hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki
bitim qoidalari qo‘llanilishi belgilangan.Shuningdek, mazkur Qonunning 4-modda.
Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish qismida Metrologiyaga
oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ –
O‘zbekiston
standartlashtirish,
metrologiya
va
sertifikatlashtirish
agentligi(“O‘zstandart” agentligi) amalga oshirishi (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son
Qonuni tahriridagi qism) ta’kidlangan.
Ma’lumki, “O‘zstandart” vakolatiga: (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni
tahriridagi xatboshi) metrologiya sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga
oshirish,
metrologiyaga
oid
faoliyatni
mintaqalararo
va
tarmoqlararo
muvofiqlashtirish; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda
ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash;(O‘zR
25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)o‘lchov vositalari, usullari
va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash; davlat
metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish; metrologiya masalalari
bo‘yicha normatiq hujjatlarni, shu jumladan, davlatning boshqa boqaruv organlari
bilan hamkorlikda (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan
normativ hujjatlarni qabul qilish; metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik
kadrlar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro
shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; metrologiya
masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish kirishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash
tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o‘lchov tizimi
va
boshqa
mamlakatlarning
o‘lchovlar
tizimlari
bilan
uyg‘unlashuvini
ta’minlash;(O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof-muhitni
hamda davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan
muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish (O‘zR 25.04.2003 y.
17
482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi) kabi muhim tushunchalar o‘rin olgan.
Qonunning “O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid normativ
hujjatlar” nomli 4-1-moddasida: O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini
ta’minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda
O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ
hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni “O‘zstandart” agentligi
amalga oshirish ta’kidlangan.
Yuqoridagi Qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining korxonalari,
tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari
metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan
doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o‘lchovlarning yagona
birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, “O‘zstandart” agentligi tomonidan
tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan
hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chivishlari hamda tasdiqlashlari
mumkinligi (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: