Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


Muassasaviy metrologiya xizmatining asosiy vazifalari



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə11/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

Muassasaviy metrologiya xizmatining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
1)

muassasaviy xo‘jalik sub’yektlarida o‘lchov birligini va o‘lchash aniqli-gini


ta’minlash; mavjud o‘lchash texnikasi samaradorligi va darajasini oshirish.
2)

xo‘jalik boshqaruvi organlariga yoki uning bo‘linmalariga bo‘ysunuv-


chi xo‘jalik sub’yektlarini faoliyat turlari (ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish,
ishlanmalar tayyorlash, sinovlar o‘tkazish, mahsulot ishlab chiqarish va sotish)
bo‘yicha metrologik ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.




19
3)

o‘lchash
uslublari, o‘lchov
vositalari,
o‘lchov-axborot
tizimlari, avtomatik o‘lchash vositalari va zaruriy tekshiruv jihozlarining
zamonaviy turlarini muassasaviy bo‘ysungan xo‘jalik sub’yektlariga joriy etish
bo‘yicha bajariladigan ishlarni tashkil etish va yo‘naltirish.
4)

o‘lchov vositalarini yaratish, sinash, ishlab chiqarish, sotish, ijaraga berish,


qo‘llash, ishchi holatini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha metrologik nazoratni
amalga oshirish.
5)

muassasaga bo‘ysinuvchi xo‘jalik sub’yektlarida ishlab chiqarishni zaruriy


metrologik ta’minoti darajasini oshirish, metrologik qoidalarni qo‘llash.
6)

xo‘jalik boshqaruvi organi markaziy apparatining muassasaviy metrologik


xizmati. Markaziy apparatning metrologiya xizmati ushbu xo‘jalik boshqaruvi
organi boshlig‘i buyrug‘iga binoan tuziladi, uning rahbari - muassasa bosh
metrologi buyruq bo‘yicha tayinlanadi.
Markaziy apparatning metrologiya xizmatiga quyidagi asosiy vazifalar
yuklatiladi:

muassasaviy buysungan xo‘jalik sub’yektlarida o‘lchashlar holati haqidagi


tizimli tahlillar o‘tkazish va shu asosda tizimning metrologik ta’minlanishini
mukammallashtirish bo‘yicha reja va dasturlar ishlab chiqish;

xo‘jalik sub’yektlarida o‘lchov asboblariga bo‘lgan talabni o‘rganish


(etalonlardan tortib to ishchi asboblargacha), ularni sotib olish yoki ishlab
chiqarish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

zamonaviy o‘lchov vositalari va o‘lchash uslublarini yaratish va ularni


joriy etishda ishtirok etish;

bo‘ysinuvchi xo‘jalik sub’yektlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan modda va


materiallarning tarkibi va xususiyatlarining standart na’munalarini yaratish,
attestatsiyadan o‘tkazish va ishlab chiqarish borasidagi ishlarda ishtirok
etish;

davlat sinovlariga kiritilmaydigan nostandart o‘lchov asboblari, usullar,


sinovlar va kimyoviy tahlillarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish
ishlarini tashkil etish;

mahsulotning


sifat ko‘rsatkichlari va texnologik jarayonlarning




20
ko‘rsatkichlarini nazorat qilishda o‘tkaziladigan o‘lchashlarning optimal


chegaralarini hamda miqdorini (sonini) belgilashda qatnashish;

bo‘ysinuvchi xo‘jalik sub’yektlarida ishlab chiqarishni metrologik


ta’minlanishi borasida bajariladigan ishlarning pasportlarini yaratish;

analitik, o‘lchov, tekshiruv va kalibrovkalash laboratoriyalarini


metrologik attestatsiyaga tayyorlash ishlarini tashkil etish;

metrologik


ta’minot
masalalarini
yorituvchi
me’yoriy-
texnik,boshqaruv va uslubiy hujjatlar tayyorlash ishlarida ishtirok etish
vaularni tashkil qilish;

quyi pog‘ona xodimlarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning kasbiy


malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;

o‘lchov
vositalarini


yaratish,ishlab
chiqarish,sinash,sotish,ijaraga
berish,qo‘llash,ularni ishchi holatini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha
metrologik nazorat o‘tkazish;

o‘z nazorati ostidagi xo‘jalik sub’yektlarida metrologik qoidalarni


o‘rnatish,ularni bajarilishini nazorat qilish va zaruriy axborotlar asosida
kollegial organga hisobot berish;

o‘zdavstandart va uning regional idoralariga o‘lchov vositalari ustidan


davlat nazoratini amalga oshirishda hamkorlik qilish;

muassasa tizimidagi sub’yektlarning metrologik ta’minotini aktual


masalalari bo‘yicha yig‘ilish va seminarlar o‘tkazilishini tashkil etish va b.
Markaziy apparatning bosh metrologi, yuqorida keltirilgan xizmat
vazifalaridan kelib chiqib, metrologik tizimning quyi pog‘ona bo‘linmalariga
tegishli ko‘rsatmalar berish va ularning bajarilishini talab etish vakolatiga ega.
Bazaviy, birlashma va xo‘jalik sub’yektlarining metrologiya xizmatlari o‘z
ishchi dasturlarini yuqori metrologiya xizmati vazifalaridan kelib chiqib tuzadilar
va bu xizmat dasturlari tegishli tartibda tasdiqdanadi.

Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin