Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə13/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

Afzalliklari:
shkalasi to‘g‘ri chiziqli; sezgirligi yuqori; o‘lchash xatoligi
kichik.
Kamchiliklari: 
faqat o‘zgarmas tok zanjirlaridagina ishlay oladi;
bevosita katta qiymatdagi toklarni o‘lchay olmaydi; tannarxi baland.
Magnitoelektrik o‘lchash mexanizmlarining ishlash tamoyili doimiy
magnitning magnit maydoni bilan qo‘zg‘aluvchan tokli ramkadan o‘tadigan
tokning magnit maydoni ta’sirlashishiga asoslangan. Magnitoelektrik o‘lchash
mexanizmi quyida 2-rasmda keltirilgan bo‘lib u doimiymagnit 2, berk magnit
o‘tkazgich 1, spiralli prujina3, magnit qutb uchlari 4, silindrik o‘zak 5 va
qo‘zg‘aluvchan ramka 6 lardan tashkil topgan.
Asbob zanjirga ulanganda ramkadan tok o‘tadi va uning magnit maydoni
bilan doimiy magnitning magnit maydoni o‘zaro ta’sirlashishi natijasida ramka
aylantiruvchi moment va teskari ta’sir etuvchi momentlar tenglashguncha
ma’lum burchakka buriladi. Ramkadan tok o‘tganda uning faol qismi uzunligi
chulg‘amlariga Amper qonuniga asosan
F
kuch ta’sirqiladi.

3.2 - rasm. Magnitoelektrik asbob o‘lchash mexanizmi:


1 – magnit o‘zak; 2-doimiy magnit; 3 – spiralli prujina; 4 – magnit
qutbuchlari(boshmoqlari);5 - silindrik o‘zak; 6 - qo‘zg‘aluvchan
ramka(chulg‘am).
Tok mavjud holatda o‘ramning faol
l
uzunligiga

kuchi ta’sir etadi. Amper
qonuniga muvofiq:
F=BlwI
.
Bunday chulg‘mning aktiv qismiga ta’sir qiladigan kuch tufayli
aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi.
Qo‘zg‘aluvchan g‘altakning turg‘un holati aylantiruvchiva teskari
momentlarning teng bo‘lgan holida sodir bo‘ladi.




24
Magnitoelektrik asboblar faqat o‘zgarmas tokda ishlaydi. Shuning uchun


asbob ko‘rsatkichi kerakli tomonga burilishi uchun uni zanjirga ulashda
o‘lchanayotgan kattalikning ishorasiga e’tibor berish zarur.
Magnitoelektrik asbobning sezgirligi burilish burchagi
α
ga bog‘liq emas,
shuning uchun ham bunday asboblarning shkalasi bir tekis shkalalanadi.
Magnitoelektrik asboblar o‘lchash aniqligi yuqori bo‘lgan asboblar
turkumiga kiradi. Ular 0,1 aniqlik sinfigacha yasalishi mumkin. Ishchi havo
oralig‘ida magnit maydonning bir tekis taqsimlanganligi darajalash (graduiruvka)
xatoligini kamaytiradi. O‘zining magnit maydoni kuchli bo‘lganidan tashqi
maydonlarning ta’siri sezilarsiz. Haroratning o‘zgarishi tufayli yuzaga keladigan
xatolik maxsus sxemalar yordamida kompensasiyalanadi.
Magnitoelektrik asboblarning afzalliklaridan biri ularning yuqori
sezgirligidir. Sezgirligi bo‘yicha ular boshqa asboblardan juda ustun turadi.
Masalan 0,1 mkA gacha to‘la og‘ishli magnitoelektrik mikroampermetr
mavjud (M 95 rusumli, aniqlik sinfi 1,0). Bunday asboblarning quvvat
iste’moli ham juda kam, yuqori o‘lchash chegarasi 5 A bo‘lgan ampermetr
0,3 Vt ga yaqin quvvat iste’mol qiladi.
Elektromagnit asboblarda aylantiruvchi moment o‘lchanayotgan tok
o‘tayotgan g‘altak magnit maydonining bir yoki bir nechta ferromagnit o‘zak
bilan o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Hozrgi vaqtda elektromagnit
o‘lchash mexanizmlarininig asosan uchta turi keng qo‘llaniladi. Bular yassi
g‘altakli, aylanasimon g‘altakli va magnit o‘tkazgichli elektromagnit o‘lchash
mexanizmlari. 3-rasmda yassi g‘altakli elektromagnit o‘lchash mexanizmining
sxema tik tuzilishi ko‘rsatilgan. G‘altak 1 dan o‘lchash zarur bo‘lgan tok
o‘tganda uning magnit maydoni ta’sirida magnit yumshoq materialdan
tayyorlangan 2 o‘zak g‘altakning tortirqishiga tortiladi va tegishli burchakka
buriladi.




25


3.3-rasm. Elektromagnit o‘lchash mexanizmi: 1-qo‘zg‘almas g‘altak; 2-
qo‘zg‘aluvchan plastinka; 3 – spiralli prujina; 4-o‘q(ko‘rsatkich bilan mustahkam
bog‘liq).

Magnit oqimini kuchaytirish va aylantiruvchi momentni rostlash maqsadida


qo‘zg‘almas o‘zak ko‘zda tutiladi. O‘zak magnit singdiruvchanligi juda yuqori
(aylantiruvchi momentni oshirish uchun) va koersitiv kuchi kichik(gisterezis
tufayli yuzaga keladigan xatolikni kamaytirish uchun) bo‘lgan materiallardan
tayyorlanadi. Elektromagnit o‘lchash mexanizmlarida ko‘pincha havoli yoki
suyuqlikli tinchlantirgichlar qo‘llaniladi.
Aks ta’sir momentni spiral 3 hosil qiladi. Ko‘rsatkich o‘q 4 ga
mahkamlangan.
O‘lchash mexanizmining g‘altagidan o‘zgarmas tok o‘tganda uning atrofida
doimiy magnit maydoni hosil bo‘ladi.
O‘lchanayotgan kattalik bilan ko‘rsatkich og‘ish burchagi o‘rtasidagi
bog‘lanish chiziqli emas. Shuning uchun elektromagni asboblarning shkalasi
notekis. Qo‘zg‘aluvchan o‘zak shaklini tanlagan holda asbob shkalasiniuning
yuqorigi chegara qiymatining 15-20 foizidan boshlab tekisligini ta’minlash
mumkin. Elektromagnit asbob o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘llanilganda
asbobning metall qismlarida uyurma toklar hosil bo‘ladi va ularning maydoni
g‘altak magnit maydonini bir muncha kamaytirishi natijasida xatolik yuzaga
keladi.




26
Elektromagnit asboblar sezgirligi magnitoelektrik asboblar sezgirligidan


ancha past, quvvat iste’moli esa juda katta. Elektromagnit asboblarda tashqi
harorat o‘zgarishining ta’siri ham magnitoelektrik asboblarga nisbatan juda katta.
Tashqi maydonning ta’siri astatik usul yordamida keskin kamaytirilishi
mumkin.
Bu usulga ko‘ra bitta o‘qqa ikkita ferromagnit o‘zak mahkamlangan bo‘lib,
ularning har biri o‘zining g‘altagiga maydon ta’sirida tortilish imkoniyatiga ega.
G‘altaklar bir xil bo‘lib o‘zaro ketma-ket va induktiv jihatdan qarama-qarshi
ulangan. Buning natijasida bitta g‘altakda uning xususiy maydoni bilan tashqi
magnit
maydon
qo‘shilsa,
ikkinchi
g‘altakda
ular
ayriladi.
Natijada
qo‘zg‘aluvchan o‘qqa ta’sir etayotgan moment qiymatiga tashqi maydon ta’sir
ko‘rsatmaydi. Berk magnit o‘tkazgichli elektromagnit asboblarning xususiy
magnit maydoni kuchli bo‘lganligi sababli ularning o‘lchashiga tashqi
maydonlarning ta’siri uncha sezilmaydi.

Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin