Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


Elektromagnit asboblarining afzalliklari



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə14/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

Elektromagnit asboblarining afzalliklari:
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan
tok zanjirlarida ishlatiladi, o‘ta yuklamaga bardoshligi, konstruksiyasining
soddaligi, ishlashda ishonchliligi, katta tok (bir necha yuz ampergacha) va
yuqori kuchlanishlarni bevosita o‘lchay olishi va narxining nisbatan arzonligidir.
Elektromagnit asboblarining kamchiliklari:
shkalasining notekisligi,
tok chastotasi va harorat o‘zgarishi, tashqi maydon ta’siriga sezuvchanligi,
quvvat iste’molining kattaligi, sezgirligining nisbatan pastligi (ayniqsa o‘lchash
diapazonining boshlanish qismida).
Elektromagnit asboblari asosan o‘lchash stendlari uchun ampermetrlar va
voltmetrlar sifatida ishlatiladi. Bu asboblar sinusoidal tok zanjirlarida
o‘lchanayotgan kattalikning ta’sir etuvchi qiymatini ko‘rsatadi. Sanoat va qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishida asosan E365 rusumli ampermetr va voltmetrlar
qo‘llaniladi. Bunday ampermetrlar va voltmetrlarning o‘lchash diapazonlari:
ampermetrlarda 0,01 ... 300A; voltmetrlarda 0,5 ... 600 V, chastota diapazoni
50, 60, 200, 500 va 1000 Gts. Aniqlik klassi 1,0 va 1,5.
Ampermetrlarning gabarit o‘lchamlari 120x120x116 mm, massasi 1 kg.




27
3.2. Elektrodinamik o‘lchash asboblari 

Elektrodinamik o‘lchash mexanizmlari (3.4-rasm) qo‘zg‘almas g‘altak 4 va
qo‘zg‘aluvchan g‘altak 3, porshen 2(strelka bilan jips mahkamlangan)va
kamera 1 dan tashkil topgan. Bu asbobda aks ta’sir etuvchi moment tok
o‘tkazuvchi spiral prujinalar yordamida hosil qilinadi. Ko‘rsatkich esa 2 o‘qqa
o‘rnatiladi. Elektrodinamik o‘lchash mexanizmlarida aylantiruvchi moment
qo‘zg‘almas g‘altak magnit maydoni bilan qo‘zg‘aluvchan g‘altakdagi tokning
o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Qo‘zg‘aluvchan g‘altak o‘qqa yoki
tortqilarga mahkamlangan bo‘ladi.

3.4-rasm. Elektrodinamik o‘lchash mexanizmi: 1 – tinchlantirgichning g‘ilofi;


2 –strelka; 3 – qo‘zg‘aluvchan g‘altak; 4-qo‘zg‘almas g‘altaklar.

G‘altaklardan mos ravishda I


1
va I
2
toklar o‘tganda ular atrofida B
1
va B
2
induksiyali magnit maydonlari hosil bo‘ladi va qo‘zg‘aluvchan qismga ikkita
maydonlar yo‘nalishlarining moslashishiga harakat qiluvchi kuch yuzaga keladi.
Bu holda natijaviy maydon asosan qo‘zg‘almas g‘altak maydoni ulushiga
to‘g‘ri keladi, chunki undagi chulg‘am o‘ramlar soni qo‘zg‘aluvchan g‘altak
chulg‘amining o‘ramlar sonidan 50 martacha ortiq qilib tayyorlanadi.
G‘altaklarga toklar spiral prujinalar yoki tortqilar orqali beriladi. Qo‘zg‘aluvchan
qismni
tinchlantirishda
havoli
yoki
magnitoinduksion
tinchlantirgichdan
foydalaniladi.




28
Elektrodinamik o‘lchash mexanizmida hosil bo‘ladigan aylantiruvchi


momentni ikkita o‘zgarmas tokli g‘altaklar elektromagnit energiyasi orqali
topiladi.
G‘altaklarning o‘zaro induktivligi qo‘zg‘aluvchan qism burilish burchagiga
bog‘liq emas. Agar teskari ta’sir etuvchi moment elastik materialdan yasalsa, u
holda qo‘zg‘aluvchan qism burilishining turg‘un rejimidan foydalanib tegishli
muvozanat tenglamasi hosil qilinadi.
Elektrodinamik
asbobning
statik
tavsifidan
g‘altaklardagi
toklar
yo‘nalishlarining bir paytda o‘zgarishi ko‘rsatkich og‘ish burchagi ishorasini
o‘zgartirmasligi ko‘rinadi. Shuning uchun ham elektrodinamik asboblar
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlari o‘lchashlarida qo‘llaniladi.
Elektrodinamik asbob o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanganda uning
g‘altaklaridan o‘zgaruvchan toklar o‘tadi. G‘altaklardan bir-biridan burchakka
siljigan toklar o‘tayotgan bo‘lsin.
Qo‘zg‘aluvchan qism ma’lum inertsiyaga ega bo‘lganligi tufayli u
momentning oniy qiymati ta’sirida harakat qilishga ulgurmaydi va momentning
bir davr mobaynida o‘rtacha qiymatiga proporsional bo‘lgan burchakka buriladi.
Elektrodinamik mexanizmlar asosida nafaqat ampermetr va voltmetrlar balki
boshqa kattaliklarni, masalan, aktiv quvvatni o‘lchashda ham foydalaniladi.
Elektrodinamik asboblarining asosiy afzalliklari – o‘zgarmas va
o‘zgaruvchan toklarda ko‘rsatishining bir xilligi (g‘altaklar ketma-ket ulanganda)
va ko‘rsatishning vaqt bo‘yicha mo‘’tadilligidir.

Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin