124
8.34-rasm. Zeebek effektini o‘rganish
bo‘yicha sxema tasviri.
8.35-rasm. Ko‘chadagi harorat oddiy
Selsiy shkalasiga ega termometr bilan
o‘lchanganida -17
0
C ni ko‘rsatmoqda.
Keyinchalik shifo Melloni tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u hozir
foydalanadigan prizmatik modelni ishlab chiqardi. Melloni akkumulyatori va
galvanometrdan foydalangan holda Nobili 1830 yilda shunday sezgirlikning termal
kuchaytiruvchisi bo‘lib, inson tanasining issiqligiga 18-20 tirsak masofada ta’sir
o‘tkazgan.
Tuproq haroratni o‘lchash
Sanoat, elektroenergetika, kimyo-texnologiya, qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishlarida va boshqa jarayonlarda haroratni o‘lchash, nazorat qilish va
rostlash masalasi turadi.
Haroratni o‘lchash uchun metallik termorezistorlar va termojuft
(termopara)lar ishlatiladi. Muvozanatlangan va muvozanatlanmagan ko‘prik
sxemalarga ulangan termorezistorlar ko‘p tarqalgan.
Bunda ko‘prikning o‘lchash diagonaliga yuqori sezgir magnitoelektrik asbob
va logometr ulanadi. Asbobning shkalasi harorat bo‘yicha darajalanadi.
Energobloklar va boshqa yuqori haroratda ishlaydigan qurilmalarda
termoparalardan foydalaniladi. Asbobsozlik korxonalar termoparalar bilan
birga ishlaydigan turli magnitoelektrik millivoltmetrlar, megometrlar,
o‘zgarmas tokli ko‘priklar va kompensatorlar ishlab chiqaradi. Bular ichida
harorat o‘lchash natijalarini diagrammali qog‘ozga qayd etuvchi asboblar ham
ko‘p tarqalgan.
125
Termoparali o‘lchov asboblar xatoligining asosiy sabablaridan biri –
termopara erkin uchlarining haroratini o‘zgarishidir. O‘lchash zanjiriga atrof
muhitning harorati ta’sirini kamaytirish uchun kompensatsiyali zanjirlardan
foydalaniladi. Bunday kompensatorlar o‘rnatilgan asboblarning sezgirligi va
aniqligi yuqori bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: