2-bob. Elektromexanik o‘lchash asboblari
2.1. O‘lchash vositalari, ularning turlari va asosiy metrologik
tavsiflari
Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin,
ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi
kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb
, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki,
unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik
sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har
xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik
eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning
o‘lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan
kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi
(tafovutni) nisbatni topishdir. Ya’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda
tutiladigan
maqsad
, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday asosiy kattalikki uni
aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va
o‘lchash
ob’ekti
ishtirok etadi. O‘lchash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday
yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki
bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi.
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, o‘lchash
jarayoni va o‘lchash usuli.
O‘lchash
- bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul
qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son
qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay shaklda aniqlashdir.
Dostları ilə paylaş: |