27
3.2. Elektrodinamik o‘lchash asboblari
Elektrodinamik o‘lchash mexanizmlari (3.4-rasm) qo‘zg‘almas g‘altak 4 va
qo‘zg‘aluvchan g‘altak 3, porshen 2(strelka bilan jips mahkamlangan)va
kamera 1 dan tashkil topgan. Bu asbobda aks ta’sir etuvchi moment tok
o‘tkazuvchi spiral prujinalar yordamida hosil qilinadi. Ko‘rsatkich esa 2 o‘qqa
o‘rnatiladi. Elektrodinamik o‘lchash mexanizmlarida aylantiruvchi moment
qo‘zg‘almas g‘altak magnit maydoni bilan qo‘zg‘aluvchan g‘altakdagi tokning
o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Qo‘zg‘aluvchan g‘altak o‘qqa yoki
tortqilarga mahkamlangan bo‘ladi.
3.4-rasm. Elektrodinamik o‘lchash mexanizmi: 1 – tinchlantirgichning g‘ilofi;
2 –strelka; 3 – qo‘zg‘aluvchan g‘altak; 4-qo‘zg‘almas g‘altaklar.
G‘altaklardan mos ravishda I
1
va I
2
toklar o‘tganda ular atrofida B
1
va B
2
induksiyali magnit maydonlari hosil bo‘ladi va qo‘zg‘aluvchan
qismga ikkita
maydonlar yo‘nalishlarining moslashishiga harakat qiluvchi kuch yuzaga keladi.
Bu holda natijaviy maydon asosan qo‘zg‘almas g‘altak maydoni ulushiga
to‘g‘ri keladi, chunki undagi chulg‘am o‘ramlar soni qo‘zg‘aluvchan g‘altak
chulg‘amining o‘ramlar sonidan 50 martacha ortiq qilib tayyorlanadi.
G‘altaklarga toklar spiral prujinalar yoki tortqilar orqali beriladi. Qo‘zg‘aluvchan
qismni
tinchlantirishda
havoli
yoki
magnitoinduksion
tinchlantirgichdan
foydalaniladi.
28
Elektrodinamik o‘lchash mexanizmida hosil bo‘ladigan aylantiruvchi
momentni ikkita o‘zgarmas tokli g‘altaklar elektromagnit
energiyasi orqali
topiladi.
G‘altaklarning o‘zaro induktivligi qo‘zg‘aluvchan qism burilish burchagiga
bog‘liq emas. Agar teskari ta’sir etuvchi moment elastik materialdan yasalsa, u
holda qo‘zg‘aluvchan qism burilishining turg‘un rejimidan
foydalanib tegishli
muvozanat tenglamasi hosil qilinadi.
Elektrodinamik
asbobning
statik
tavsifidan
g‘altaklardagi
toklar
yo‘nalishlarining bir paytda o‘zgarishi ko‘rsatkich og‘ish burchagi ishorasini
o‘zgartirmasligi ko‘rinadi. Shuning uchun ham elektrodinamik asboblar
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlari o‘lchashlarida qo‘llaniladi.
Elektrodinamik asbob o‘zgaruvchan tok
manbaiga ulanganda uning
g‘altaklaridan o‘zgaruvchan toklar o‘tadi. G‘altaklardan bir-biridan burchakka
siljigan toklar o‘tayotgan bo‘lsin.
Qo‘zg‘aluvchan qism ma’lum inertsiyaga ega bo‘lganligi tufayli u
momentning oniy qiymati ta’sirida harakat qilishga
ulgurmaydi va momentning
bir davr mobaynida o‘rtacha qiymatiga proporsional bo‘lgan burchakka buriladi.
Elektrodinamik mexanizmlar asosida nafaqat ampermetr va voltmetrlar balki
boshqa kattaliklarni, masalan, aktiv quvvatni o‘lchashda ham foydalaniladi.
Elektrodinamik asboblarining asosiy afzalliklari – o‘zgarmas va
o‘zgaruvchan toklarda ko‘rsatishining bir xilligi (g‘altaklar ketma-ket ulanganda)
va ko‘rsatishning vaqt bo‘yicha mo‘’tadilligidir.
Dostları ilə paylaş: