19
3)
o‘lchash
uslublari, o‘lchov
vositalari,
o‘lchov-axborot
tizimlari, avtomatik o‘lchash vositalari va zaruriy tekshiruv jihozlarining
zamonaviy turlarini muassasaviy bo‘ysungan xo‘jalik sub’yektlariga joriy etish
bo‘yicha bajariladigan ishlarni tashkil etish va yo‘naltirish.
4)
o‘lchov vositalarini yaratish, sinash, ishlab chiqarish, sotish, ijaraga berish,
qo‘llash, ishchi holatini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha
metrologik nazoratni
amalga oshirish.
5)
muassasaga bo‘ysinuvchi xo‘jalik sub’yektlarida ishlab chiqarishni zaruriy
metrologik ta’minoti darajasini oshirish, metrologik qoidalarni qo‘llash.
6)
xo‘jalik boshqaruvi organi markaziy apparatining muassasaviy metrologik
xizmati. Markaziy apparatning metrologiya xizmati ushbu xo‘jalik boshqaruvi
organi boshlig‘i buyrug‘iga
binoan tuziladi, uning rahbari - muassasa bosh
metrologi buyruq bo‘yicha tayinlanadi.
Markaziy apparatning metrologiya xizmatiga quyidagi asosiy vazifalar
yuklatiladi:
muassasaviy buysungan xo‘jalik sub’yektlarida o‘lchashlar holati haqidagi
tizimli tahlillar o‘tkazish va shu asosda tizimning metrologik ta’minlanishini
mukammallashtirish bo‘yicha reja va dasturlar ishlab chiqish;
xo‘jalik sub’yektlarida o‘lchov asboblariga bo‘lgan talabni o‘rganish
(etalonlardan tortib to ishchi asboblargacha), ularni sotib olish yoki ishlab
chiqarish bo‘yicha
takliflar tayyorlash;
zamonaviy o‘lchov vositalari va o‘lchash uslublarini yaratish va ularni
joriy etishda ishtirok etish;
bo‘ysinuvchi xo‘jalik sub’yektlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan modda va
materiallarning tarkibi va xususiyatlarining standart na’munalarini yaratish,
attestatsiyadan o‘tkazish va ishlab chiqarish borasidagi ishlarda ishtirok
etish;
davlat sinovlariga kiritilmaydigan nostandart o‘lchov asboblari, usullar,
sinovlar va kimyoviy tahlillarni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish
ishlarini tashkil etish;
mahsulotning
sifat ko‘rsatkichlari va texnologik jarayonlarning
20
ko‘rsatkichlarini nazorat qilishda o‘tkaziladigan o‘lchashlarning optimal
chegaralarini hamda miqdorini (sonini) belgilashda qatnashish;
bo‘ysinuvchi xo‘jalik sub’yektlarida ishlab chiqarishni metrologik
ta’minlanishi borasida bajariladigan ishlarning pasportlarini yaratish;
analitik, o‘lchov, tekshiruv va kalibrovkalash laboratoriyalarini
metrologik attestatsiyaga tayyorlash ishlarini tashkil etish;
metrologik
ta’minot
masalalarini
yorituvchi
me’yoriy-
texnik,boshqaruv va uslubiy hujjatlar tayyorlash
ishlarida ishtirok etish
vaularni tashkil qilish;
quyi pog‘ona xodimlarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning kasbiy
malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
o‘lchov
vositalarini
yaratish,ishlab
chiqarish,sinash,sotish,ijaraga
berish,qo‘llash,ularni ishchi holatini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha
metrologik nazorat o‘tkazish;
o‘z nazorati ostidagi xo‘jalik sub’yektlarida metrologik qoidalarni
o‘rnatish,ularni bajarilishini nazorat qilish va
zaruriy axborotlar asosida
kollegial organga hisobot berish;
o‘zdavstandart va uning regional idoralariga o‘lchov vositalari ustidan
davlat nazoratini amalga oshirishda hamkorlik qilish;
muassasa tizimidagi sub’yektlarning metrologik ta’minotini aktual
masalalari bo‘yicha yig‘ilish va seminarlar o‘tkazilishini tashkil etish va b.
Markaziy
apparatning bosh metrologi, yuqorida keltirilgan xizmat
vazifalaridan kelib chiqib, metrologik tizimning quyi pog‘ona bo‘linmalariga
tegishli ko‘rsatmalar berish va ularning bajarilishini talab etish vakolatiga ega.
Bazaviy, birlashma va xo‘jalik sub’yektlarining metrologiya xizmatlari o‘z
ishchi dasturlarini yuqori metrologiya xizmati vazifalaridan kelib chiqib tuzadilar
va bu xizmat dasturlari tegishli tartibda tasdiqdanadi.
Dostları ilə paylaş: