Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


 bob. SUYUQLIK VA GAZ SARFINI O‘LCHAYDIGAN ASBOBLAR



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə64/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

9 bob. SUYUQLIK VA GAZ SARFINI O‘LCHAYDIGAN ASBOBLAR 

9.1. Umumiy ma’lumotlar va klassifikatsiyasi(tasniflanishi) 

Texnologik apparat ishchi muhiti – suyuqlik yoki to‘kiluvchan(donador)


jismlar bilan to‘ldirilish balandligiga sath deyiladi. Ishchi muhitdagi sath
texnologik parametr bo‘lib, u haqidagi axborot texnologik apparatning ish
rejimini nazorat qilish uchun, ba’zi bir hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini
boshqarish uchun zarurdir.
Sathni chegaralashning zamonaviy usullari va ulardan foydalanishga
asoslangan jihozlar turli -tumandir.
Sath o‘lchagich quyidagilarga bo‘linadi: sathni uzliksiz o‘lchash asboblariga,
yoki sathning ko‘rsatkichlari, va indikatorlari, yoki signalizatorlariga. Uzliksiz
nazorat qilishga mo‘ljallangan sathning o‘lchagchlari texnologik sig‘imlarda
sathning tezkor o‘zgarib turishida ishlatladi. Sathning signalizatorlari(xabar
bergichlari) diskretli o‘lchashlarni bajarish uchun bir yoki bir nechta aniq
belgilangan(fiksatsiyalangan) holatini aniqlashda sezgir elementlar o‘rnatish joyida
ishlatiladi. Texnologik jarayonlarni avtomatik rostlash va boshqarish tizimlarida
sathni ko‘rsatkichlari va signalizatorlari(xabar bergichlari) birlamchi axborot
datchiklari sifatida keng foydalaniladi.
Ishlash tamoyili bo‘yicha asboblar sathni o‘lchash uchun va signal(xabar)
beruvchi quyidagi guruhlarga bo‘linadi: mexanicheskli(qalqovichli, membranali,




141
kontaktli-mexanikli); gidrostatik, elektrli, radioizotopli, radioto‘lqinli, akustik,


og‘irlikli va boshq.
O‘lchash diapazoni(poyoni, kengligi) bo‘yicha: o‘lchash chegaralari 0-20 m li
keng poyonli sath o‘lchagichlari va o‘lchash chegaralari - 0 - ±100 mm yoki 0 -
±450 mm tor poyonli[16,17].

9.2. Mexanik sath o‘lchagichlari 

Mazkur guruh sath o‘lchagichlari va signalizatorlari(xabar bergichlari)


o‘zlarining soddaligi(oddiyligi), ishonchliligi va narxining arzonligi uchun ishlab
chiqarishda keng tarqalgan. Mexanik asboblar guruhiga o‘lchanayotgan
materialning sezgir elementga mexanik ta’sirdan foydalanib ishlaydigan jihozlar
kiradi. Mexanikliga qalqovichlilar kiradi – eng keng tarqalganlari - membranali
asboblar, shuningdek, lotoli aylanma va boshqalar.
Qalqovuchli(buyokli) sath o‘lchagich. Qalqovuchli va buyokli sath
o‘lchagichlarning (RM-51, UDU-10, DUJE-200M, UB-P va boshq. rusumli)
ishlash tamoyili suyuqlikka botirilgan qalqovich (buyok)ning itarib chiqaruvchi
kuchlar ta’siridan foydalanishga asoslangan.
Bu kabi sath o‘lchagichlarning sezgir elementi bo‘lib(9.1-rasm,a) suyuqlikka
botirilgan qalqovich (buyok) 1 hisoblanadi.

9.1-rasm. Qalqovuchli(a) va kontaktli-mexanik(b)


satho‘lchagichlarning tamoyilli sxemasi.




142


Sathni o‘zgartirib qalqovich (buyok), siljish o‘zatish tizimi 2 orqali
o‘zgartiruvchi element va o‘lchagich asbob bilan qabul qilinadi. Qalqovich
(buyok) kontryuk(aksilyuk) 3 bilan muvozanatlanadi. Qalqovich(buyok)ning
siljishini signal(xabar)ga o‘zgartirish “kuch-bosim” va “kuch-tok” unifitsirlangan
o‘zgartirgichi - axborot o‘lchagichi yordamida amalga oshiriladi. Buyokli
(qalqovichli) vositalar o‘lchashlarni sathning ishchi muhit harorati -40 dan to
+400
o
C gacha va ishchi muhit bosimi 16 MPa gacha, aniqlik sinflari1,0 va 1,5
bo‘ladi.
Sathning membranali signalizatori(xabar bergichi), rezina singdirilgan
matodan tayyorlangan, markazida qattiq metalli disk mavjud, egiluvchan
membranadan iborat. Materialga ta’sir etuvchi bosim kuchi egiluvchan
membranani siljitadi. Bu siljish mikropereklyuchatelning elektrli kontaktlarini
qayta uzib-ulanishiga olib keladi.
Keng poyonda – bir necha o‘nlab metrgacha o‘zgaradigan kontaktli –
mexanik(lotovoy) sath o‘lchagich sathning to‘kiluvchan(donador) materiallarning
sathini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Lotovoy jihozlarda sath uzluksiz yoki
davriy nazorat qilinadi, materialning sirtida joylashgan yuk(lota) yordamida. Sath
o‘lchagichning asosiy qismi bo‘lib 1 elektromexanik lebyodka (9.1-rasm,b), 2
elektrotormozli, aylanishi elektr yuritkich bilan yurgiziladigan.
Silindrsimon lebyodkaning barabaniga, o‘zida yuk (lot) 4 osilgan tros
o‘raladi. Val bilan baraban orqali mexanik reduktor, 5 selsin-datchik, selsin-
iste’molchi bilan elektrli ulangan 6 ikkilamchi asbob ham ulanadi. O‘zida yuk
osilgan tros, yo‘naltiruvchi roliklar orqali o‘tadi, shuningdek, qurilmaning sezgir
elementi bo‘lgan trosning 3 rolik-relesi orqali ham o‘tadi. Boshqarish o‘zida
boshqarishning barcha to‘gmachalarini(releyli sxema, vaqt relesi, shuningdek,
signalli(xabar beruvchi) armatura) joylashtirgan 7 boshqarish bloki orqali amalga
oshiriladi. Do nachala o‘lchash boshlanguniga qadar yuk bunkerda yuqorigi
belgilangan holatda bo‘ladi. Zarurat bo‘lganida o‘lchash “Pusk” (“Yoqish”)
tugmachasini bir karrali bosish orqali bajariladi. So‘ngra to‘liq davr davomida
o‘lchash avtomatik tarzda amalga oshiriladi.




143
O‘lchashda lebyodka ulanadi, yuk sathning materialigacha tushiriladi va


uning ustida yotqiziladi. Trosning salqilanishi tros relesining ishga tushishini
keltirib chiqaradi, u o‘z vaqtida elektr yuritkich zanjirini uzadi, va lebyodka
to‘xtatiladi. Bir necha soniya vaqtni hayallatish orqali, kuzatuvchi tomonidan
asbobning shkalasidagi sathning raqamlarni ko‘rib olish uchun zarur bo‘lgan, yuk
ko‘tarish lebedkasi ulanadi. Dastlabki holatiga etishi bilan, tugash joyida
o‘rnatiladigan 8 uzgich yordamida lebyodka to‘xtatiladi. So‘ngra yangi o‘lchash
davri boshlanadi.


Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin