Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


 Sathni o‘lchashning gidrostatik vositalari



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə65/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

9.3. Sathni o‘lchashning gidrostatik vositalari 

Turli, shu jumladan agressiv va tez kristallanuvchi, suyuqliklarning sathni


o‘lchashda gidrostatik asboblar eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
Gidrostatik sath o‘lchagichlar bilan sathni o‘lchash o‘zgarmas(doimiy) zichlikka
ega suyuqlik ustunining berayotgan gidrostatik bosimni o‘lchash natijasiga olib
keladi.
Sath o‘lchagich bosim. Sathning o‘lchov birliklarida darajalangan monometr
bilan gidrostatik bosimni o‘lchash, quyida keltirilgan sxemalar bo‘yicha amalga
oshiriladi(9.2-rasm,a.)
Manometrik tizimining pastki qismida 2 qo‘ng‘iroq joylashgan, uning
tirqishi 1 yupqa elastik membrana bilan, yuqorigi qismi 3 manometr bilan
to‘silgan. Elastik membranani qo‘llash havoning suyuqlikda qorilib(aralashib)
ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, ammo, membrananing elastikligi(bikriligi) tufayli
sathning cheklanishida xatolik kiritadi. Gidrostatik bosimni o‘lchashda mazkur
sxemani qo‘llash manometr ko‘rsatishlarining idishdagi suyuqlikning sathiga
nisbatan joylashishiga bog‘liq bo‘lmasligi hisoblanadi.




144


9.2-rasm. Gidrostatik satho‘lchagichlar bilan sathni o‘lchash schemalari.

Atmosfera bosimi ostida bo‘lgan ochiq idishlarning sathini o‘lchash (9.2-


rasm,b.) rasmda tasvirlangan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Impulsli
naychalar 2 difmanometr 1 orqali idish bilan va muvozanatlovchi 3 idish bilan
ulangan. Muvozanatlovchi idish impulsli naychadagi suyuqlikning h1 statik
bosimini
kompensatsiyalash
uchun
mo‘ljallangan.
O‘lchash
jarayonida
muvozanatlovchi idishdigi suyuqlikning sathi o‘zgarmas bo‘lishi shart(majbur).
Murvat 4 idishdagi (3) sathning o‘zgarmas bo‘lishini ushlab turish uchun xizmat
qiladi. Impulsli naychalarni va idishni to‘latuvchi suyuqliklar zichliklarining
tengligida, va h1 = h2 shartda bosim farqi faqat idishdagi suyuqlikning h
sathiga bog‘liq.
Bosim ostida ishlaydigan asboblarda sathni o‘lchashda qo‘llanadigan sxema
(9.2-rasm,c) rasmda keltirilgan. Mazkur holatda 3 muvozanatlovchi idish
sathning maksimal balandligiga mos ravishda o‘rnatiladi va asbob bilan ulanadi.
Asbobdagi P statik bosim ikkala impulsli naychalarga ham kelib tushadi, shuning




145
uchun bosimning


Δ
P o‘lchanayotgan farqini h=0 da
Δ
P=
Δ
Pmax, h=hmax da esa
Δ
P=0 ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Unifitsirlangan

tokli
yoki


pnevmatik
signalli
difmanometrlardan
foydalanilishning ko‘rib chiqilgan sxemalarda, agarda idish agressiv suyuqlik
bilan to‘latilgan bo‘lsa, u holda difmanometrni idishga ulanishi ajratuvchi idishlar
orqali amalga oshiriladi.
O‘zida gidrostatik bosimni o‘lchash amalga oshiriladigan, idishni
to‘latuvchi(to‘ldiruvchi) suyuqlikda fiksatsiyalangan(aniq belgilangan) chuqurlikda
cho‘ktirilgan(botirilgan) naycha ichidan haydaladigan gaz bosimini o‘lchash yo‘li
bilan, sath o‘lchagich pezometrik deb nomlanadi. Pezometrik sath o‘lchagichning
sxemasi (9.2-rasm,d) rasmda keltirilgan. Pezometrik naycha 1 sath o‘lchanadigan
asbobning ichida joylashtiriladi. Gaz 2 naycha orqali sarfni cheklash uchun
xizmat qiladigan drosselga kelib tushadi.
Stakancha 3 gazning sarfini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Vaqt birligi
ichida suyuqlik to‘latilgan idish orqali o‘tayotgan pufakchalarning sonini sanash
orqali sarf aniqlanadi. Bosim v stakanchadagi bosim 4 bosim stabilizatori
yordamida o‘zgarmas qilib ushlab turiladi. Bosim gaza posle drosseldan keyingi
gaz bosimi difmanometr bilan o‘lchanadi va sathning o‘lchovi bo‘lib xizmat
qiladi.
Gaz(havo) uzatilganda pezometrik naychada bosim asta-sekin h
balandlikdagi suyuqlik ustunining bosimiga teng bo‘lgunga qadar ortadi. Qachonki
naychadagi bosim gidrostatik bosimga teng bo‘lsa, naychalarning pastki ochiq
qismidan gaz chiqishi boshlanadi. Sarf shunday tanlanadiki, naychandan gaz
alohida pufakchalar ko‘rinishda ajralib chiqib boshlaydi.
Pezometrik sath o‘lchagichlar sathni keng chegaralarda o‘lchash imkonini
beradi: bir necha o‘n santimetrdan 10-15 m gacha. Pezometrik yo‘l bilan
naychadagi bosimni o‘lchashda unifitsirlangan chiqish signalli difmanometr
bilan foydalanishda keltirilgan xatolik ±(1,0-1,5)% ni tashkil etadi.




146


Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin