Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə69/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

Nazorat savollari 

1.


Sathni o‘lchashning usullari va vositalari haqida nimalarni bilasiz?
2.

Qalqovuchli(a) va kontaktli-mexanik satho‘lchagichlarning tamoyilli sxemasi


haqida

nimalarni

bilasiz ?
3.

Mexanikli sath o‘lchagichlar turlari ?


4.

Gidrostatik satho‘lchagichlar bilan sathni o‘lchash schemalari ?


5.

Sathni o‘lchash elektrli vositalarining sxemalarini tushintiring.


6.

Sathning radioizotopli indikatori strukturali sxemasi haqida nimalarni


bilasiz ?


7.

Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlarning ishlasi tamoyili va guruhlari?


8.

Radiointerferensiyali sath o‘lchagichning strukturali(tarkibli) sxemasini


tushintiring.
9.

Ultratovushli sath o‘lchagichning ishlashi ?





152
10-bob. Axborot – o‘lchash tizimlari.



O‘lchash texnikasida
mikroprotsessorlarni qo‘llash 

10.1. Axborot-o‘lchash tizimlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot. 
AO‘Tlarining asosiy strukturalari 

Sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida nazorat qilinadigan


parametrlarning ko‘pligi va o‘zaro bog‘liqligi, jarayonlar sharoitlarining
o‘zgarib turishi va boshqa xususiyatlar tufayli alohida texnik vositalar yordamida
o‘lchash va boshqarish mumkin bo‘lmay qoladi. Shuning uchun ishlab chiqarish
sharoitida ma’lumotlarni olish, uni qayta ishlash, saqlash va qulay shaklda
uzatish uchun maxsus texnik o‘lchash vositalari talab qilinadi. Bu vositalar
axborot -o‘lchash tizimlari (AO‘T) deb yuritiladi.
AO‘T - o‘zaro funksional bog‘langan bir necha fizik kattaliklarni
o‘lchovchi o‘lchash vositalari va yordamchi qurilmalarning majmuasi bo‘lib,
axborotni olish va saqlash kabi vazifalarni bajaradi. AO‘T vazifasiga ko‘ra
o‘lchash axborotini to‘plovchi tizimlar, texnologik jarayonlarni nazorat qiluvchi
tizimlar, diagnostik va teleo‘lchash tizimlariga bo‘linadi.
O‘lchash axborotini yig‘ish uchun mo‘ljallangan tizimlar o‘lchash
tizimlari deb ataladi. Nazorat qilish tizimlari ishlab chiqarish mashinalar
va tizimlari deb ataladi. Nazorat etish tizimlari ishlab chiqarish mashinalar
va agregatlarning parametrlaridan foydalanish jarayonida avtomatik nazorat
qilish uchun mo‘ljallangan. Diagnostik tizim, mashina va jihozlarni ishga
yaroqligini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Teleo‘lchov tizimlari uzoq
masofadagi ob’ektlardan o‘lchash axborotini olish uchun qo‘llaniladi.
AO‘Tlarning tarkibida EHM mavjud bo‘lib uning yordamida o‘lchangan
ma’lumotlarga ishlov berish, o‘lchash jarayonini boshqarishdan tashqari
butun kompleks ishlatilishini yagona algoritmga birlashtiradi.
SHuning uchun AO‘T tarkibiga kiruvchi funksional qismlar energetik,
axborot, metrologik, konstruktiv va ishlatilishi bo‘yicha moslangan bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari AO‘T funksional qismlarini birlashtirish uchun ularning elektrik,
magnit, mexanik va metrologik xususiyatlari ham unifikatsiyalangan bo‘lishi




153
kerak. Bu masalalarni standart interfeyslar (inglizcha muvofiqlashtirish so‘zidan)


yordamida bajariladi. AO‘Tlar uchun mo‘ljallangan interfeyslar o‘lchash
interfeyslari deb ataladi. Bunday interfeyslar mikroprotsessorlar asosida ishlaydi.

10.1-rasm. Ishlab chiqarishni zamonaviy sanoat avtomatlashtirilgan


boshqarish tizimining tarkibi.


Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin