Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


Axborot-o‘lchash tizimlarining asosiy strukturalari



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə70/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

Axborot-o‘lchash tizimlarining asosiy strukturalari 

Zamonaviy AO‘Tlar, ularning funksional qism(FQ)lari orasida axborot


signallari almashish usullariga qarab markazlashtirilmagan va markazlashtirilgan
AO‘Tlarga bo‘linadi. Markazlashtirilmagan boshqarishga ega bo‘lgan AO‘Tlarda
axborot har bir FQ yordamida ketma-ket o‘zgartiriladi. Bunday AO‘T sodda va
arzon bo‘lsa-da, lekin imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi.




154
Markazlashtirilgan AO‘Tda bitta alohida boshqarish qurilmasi -


kontrolerlar mavjud bo‘lib, ma’lum dastur bo‘yicha barcha FQlar ish faoliyatini
vaqt bo‘yicha moslashtirilib turiladi. Bu tipdagi AO‘Tlar magistral va
birlashgan tizimlarga bo‘linadi.
Radial AO‘Tlarda FQlarning o‘zaro aloqasi kontrolerlar ishlab
chiqaradigan boshqaruvchi signal yordamida amalga oshiriladi. Bu tipdagi
AO‘T larda ehtiyojga qarab FQlar soni oshirilishi mumkin. Lekin bu butun
tizimni ishlash jarayoniga salbiy ta’sir etadi. Magistral strukturali
AO‘Tlarda FQlar ish faoliyati bir vaqtda boshqariladi. Magistral sxema
yordamida kontrolerlardan nafaqat boshqaruvchi signal, balki uning manzili
(adresi) ham uzatiladi. Radial magistral strukturali sxemalar axborotni
o‘zgartirish tezligi AO‘Tlarning axborot hajmlari va o‘zgartirish tezligini
oshirishga
imkoniyat
beradi.

AO‘Tlarni


kelajakda
takomillashtirish
mikroprotsessor va mikro EHMlarni qo‘llash, ya’ni o‘lchash-hisoblash
majmualarini yaratishni taqozo etadi. Energetik tizimlarda murakkab hisoblash
va mantiqiy masalalarni echish lozim bo‘lgani uchun axborot hisoblash kompleksi
tarkibida murakkab mikroprotsessor tizimlar qo‘llaniladi.
Teleo‘lchash tizimlari 
Ko‘p hollarda elektr o‘lchash vositalari o‘lchanadigan ob’ektga yaqin
joylashtirilishga mo‘ljallangan. Teleo‘lchash tizimlari (TO‘T) ancha uzoq
masofada turgan ob’ektlardan o‘lchash axborotini uzatishga imkon beradi. Buning
uchun o‘lchanayotgan kattalik avval o‘lchash o‘zgartgichi O‘O‘ yordamida uzatish
uchun qulay bo‘lgan elektr kattalikka aylantiriladi va aloqa uzatish qurilmasi O‘Q
orqali qabul qilish qurilma QQQ ga uzatiladi. QQQ esa signalni o‘lchash
asbobi O‘A ga beradi.
TO‘Tlari har xil belgilarga ko‘ra farqlanadi. Uzatiladigan kattalik
turiga ko‘ra tok, chastota, vaqt va raqamli TO‘Tlari, ishlash asoslariga ko‘ra
analogli, impulsli va raqamli TO‘Tlariga ajratiladi. Bundan tashqari,
TO‘Tlari aloqa kanalini ajratish usuli, aniqlik sinfiga ko‘ra ham farqlanadi.
TO‘Tlar mutloq, nisbiy va keltirilgan xatoliklari bilan baholanadi. Asosiy
keltirilgan xatolikning qiymatlariga qarab TO‘Tlar 0,25; 0,6; 1,0; 2,5 va 4,0
aniqlik sinflariga bo‘linadi.




155
O‘V laridan farqli o‘laroq TO‘Tlarining aloqa kanallariga tashqi


omillar ta’siri ko‘proq bo‘ladi. Asosan uch xil tashqi omillar farqlanadi:
1) fluktatsion – amplitudasi va vaqt intervali har xil bo‘ladigan impulslar;
2) sinusoidal – sanoat qurilmalari va tarmoqlaridan induksiyalangan
signallar;
3) impulsli –atmosfera hodisalaridan, har xil qurilmalar va
boshqalardan hosil bo‘ladigan amplitudasi va vaqt oralig‘i turlicha bo‘lgan
impuls signallar. Bu omillarning ta’sirida qo‘shimcha xatoliklar yuzaga keladi.
Analog TO‘T (ATO‘T)lari. ATO‘Tlarda o‘lchanayotgan kattalik
uzluksiz elektr signalga aylantirilib aloqa kanali orqali O‘V o‘lchash vositalariga
uzatiladi.
ATO‘Tlarda axborot tok, kuchlanish, chastota va faza o‘zgarishi orqali
uzatiladi.Tokli ATO‘Tlarida axborot o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok
ko‘rinishida uzatiladi.
Kuchlanishli ATO‘Tlarida aloqa kanalida tok kamayishi tufayli signalni
uzoq masofaga uzatish qiyinroq. Tokli ATO‘Tlar kompensatsiyali va
nokompensatsiyali turlariga bo‘linadi.
Impulsli TO‘Tlari. Bunday TO‘Tlarda ATO‘Tlardan farqli o‘laroq
o‘lchanayotgan kattalik avval proporsional vaqt oralig‘iga o‘zgartiriladi.
Impulsli TO‘Tlarda oralig‘i turlicha bo‘lgan har xil o‘lchash kattaliklarini
uzatish imkoniyati mavjud. Ko‘p kanalli TO‘Tlari shu tamoyilda ishlaydi.
O‘lchanayotgan kattalik impulsning qaysi parametriga o‘zgartirilishiga qarab
impulsli TO‘Tlar vaqt-impulsli, amplituda-impulsli va impuls-chastotali
TO‘Tlarga bo‘linadi.
Raqamli TO‘Tlari. Bunday TO‘Tlarda signal aloqa liniyasi orqali
impulslarning ma’lum kombinatsiyasi ko‘rinishda uzatiladi. Impulsli
TO‘Tlardan farqi shuki, o‘lchanayotgan kattalik raqamli kodga almashtiriladi.
Bunda ko‘pincha ikki-o‘nlik sanoq tizimi qo‘llaniladi. Raqamli o‘lchash
axborotini uzatishda tashqi muhit ta’sirini kamaytirish uchun xatolarni
izlaydigan va to‘g‘rilaydigan raqamli kodlardan foydalaniladi. Lekin bunday
usulni qo‘llash apparaturani murakkablanishiga va uning narxi ancha




156
qimmatlashishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda xatolarni izlaydigan va ularni


mikroprotsessorli vositalar yordamida to‘g‘rilaydigan maxsus dasturlar mavjud.


Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin