Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных


O‘lchash texnikasidagi yangi va avtomatlashtirilgan tizimlar



Yüklə 407,09 Kb.
səhifə75/86
tarix05.07.2023
ölçüsü407,09 Kb.
#135730
növüУчебное пособие
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86
Учебное пособие по курсу Электрические измерения и инструменты -www.hozir.org

O‘lchash texnikasidagi yangi va avtomatlashtirilgan tizimlar 

O‘lchash texnikasining rivoji uchun yangi o‘lchash usullari asos bo‘lib


xizmat qiladi. Keyingi paytlarda yangi o‘lchash usullarining paydo bo‘lishi
nafaqat atrof muhitni tekshirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan yangi
fizikaviy hodisalarning ochilishi, balki yangi hususiyatlarga ega bo‘lgan
birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari ishlab chiqarish texnologiyasining tez
rivojlanishiga ham bog‘liqdir. Bunday yangi o‘lchash usullari ichida yarim
o‘tkazgichli o‘zgartkichlardan, yorug‘lik o‘zgartkichlaridan, yupka plyonkali
o‘zgartkichlardan,
O‘YuCh-o‘zgartkichlardan
foydalanishga
mo‘ljallangan
usullarni aytib o‘tish mumkin.
Mikroprotsessorli axborotlarni qayta ishlash vositalarining yangi,
zamonaviy turlarini yaratilishi o‘lchashlar nazariyasi va amaliyotining rivojiga
salmoqli turtki bo‘ldi.
Mikroprotsessor - sonlarning ikkili kodidan iborat muayyan arifmetik va
mantiqiy
amallarni
bajarishga
mo‘ljallangan
qurilmadan
iborat.
Mikroprotsessorlarning aniq turiga bog‘liq ravishda bu operatsiya (komanda) lar
yig‘indisi sifat hamda mazmun jihatdan ham keskin farq qilishligi mumkin.
Lekin har qanday holda ham komandalar yig‘indisi uchun ular kombinatsiyasi
orqali har qanday talab qilingan sonlar o‘zgartirishini ta’minlaydigan
komandalar yig‘indisining to‘lalik sharti bajarilishi kerak. Odatda, mikroprotsessor
bir
yoki
bir
nechta
integral
mikrosxemalar
ko‘rinishida
yasaladi.
Mikroprotsessorlarning kichik o‘lchamlari va nisbatan arzonligi ularni o‘lchash
asboblari va tizimlari tarkibida muhim o‘zgartkichlardan biri sifatida ishlatish
imkonini beradi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) nazariyasining muvaffaqiyati
o‘lchash vositalarini ishlab chiqarish amaliyotining ehtiyoji tufayli yuzaga
keldi. ALT loyihalash muddatlarini bir necha marta qisqartirish bilan birgalikda
loyihalash sifatining oshishini ta’minlaydi. ALT ning maqsadi loyihalashdagi o‘ta
qiyin va mayda ishlarni EHM yordamida bajarishdan iboratdir. Bunday
operatsiyalarga quyidagilar mansubdir:

mavjud texnikaviy echimlar haqidagi axborotlarni qidirish;






167

mumkin bo‘lgan echim variantlarini ajratib olish;

tavsiflarni hisoblash va parametrlarni maqbullashtirish (optimallashtirish);


loyiha hujjatlarini tayyorlash.


O‘lchash vositalarini ishlab chiqishni tezlashtirish va sifatini sezilarli
darajada oshirish bir xil metrologik asosdagi kompleks loyihalash tizimlarini
yaratish va keng ko‘lamda tadbiq etish evaziga erishilishi mumkin. Bunday usul
elementlari o‘lchash tizimlarining keng avtomatlashtirilgan loyiha tizimlarida
(O‘TKALT) ishlatilgan.
O‘TKALT tizimlarini uslubiy ta’minlash asosida quyidagilar yotadi:

o‘lchash vositalarining informatsion tavsiflarini baholash;


informatsion operatorlar yordamida informatsion jarayonlarni modellash;


informativ signallarni o‘zgartirishning operatorli tenglamalaridan foydalanib


strukturali sxemalarni sintez qilish;

alohida loyihali echimlarining dastlabki berilmalari majmui asosida


muqobillashtirish usullaridan foydalanish.

Sun’iy yaratish yo‘lida to‘rtta asosiy masalani echish lozim bo‘ladi:


1.

Fikrlash qonunlarini tekshirish va ularga mos keladigan algoritmlarni yaratish;


2.

EHM ga kelib tushayotgan axborotlarni, hamda fikrlashning "sotsial"


aspektlarini to‘g‘ri tushunishni ta’minlovchi juda ko‘p miqdordagi
boshlang‘ich bilimlar bazasini EHM da yig‘ish;
3.

Bilim va rivojlanish jarayonining asosi sifatida sun’iy ong tizimlarning


amaliy faoliyatini ta’minlovchi vositalar yaratish, ya’ni birinchi navbatda
inson qo‘lini modellashtirish;
4.

Sun’iy sezgi organlari va obrazlarni aniqlash (tanish, ilg‘ash) tizimlarini


yaratish.
Yuqoridagi sanab o‘tilgan masalalardan oxirgisi o‘lchash texnikasining
yutuqlariga tayanadi. Uni echishda olimlar o‘z oldilariga inson sezgi organlariga
yaqin tavsiflarga erishish masalasini qo‘yishmaydi. Avvalroq biz inson sezgi
organlari qanchalik mukammal emasligi xaqida gapirgan edik. Shuning uchun
tabiat tomonidan yaratilgan narsalarni ko‘r-ko‘rona takrorlash shart ekanmi?
Ko‘rinishidan suniy ong tizimlari ixtisoslashtirilib, har bir ixtisoslashtirish




168
doirasida ularning sezgi organlari xilma-xil va insonnikidan mukammalroq


bo‘ladi. Masalan, yaqin kelajakda tibbiyot bo‘yicha ixtisoslashgan suniy ong
yaratilishini juda katta ehtimollik bilan aytish mumkin.
Bunday tizim ko‘rinishidan, nafaqat ko‘rish va eshitish qobiliyatiga, balki
temperatura va elektr potensiallari aniq o‘lchash vositalariga, tashhisning
ultratovush vositalariga va boshqa o‘lchash qurilmalariga ega bo‘ladi. Albatta,
mukammal o‘lchash vositalari bilan ta’minlangan boshqa ixtisoslashgan ongli
tizimlar ham yaratiladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning bosh yo‘nalishlaridan biri keng ko‘lamli
informatsion tarmoqlarni rivojlantirish bo‘lib, bunda etakchi rollardan biri
o‘lchash texnikasiga tegishlidir. Bunday tarmoqlarning ilg‘or yutuqlari tadbiqini
tezlashtirish,
rejalash
va
boshqarishni
koordinatsiyalash
hamda
mukammallashtirishda
ulkan
ahamiyatga
ega
bo‘lib,
ilmiy-texnikaviy
adabiyotlarda ham, hukumatning muhim qarorlarida ham bir necha marotaba
ta’kidlangan. Ammo, afsuslar bo‘lsinkim, hamisha ham bu muammoni
echishning o‘ta muhim tomonlaridan biri - tarmoqqa haqiqiy ma’lumot
kiritishga diqqat qilinmayapti.
Ma’lumot manbai informatsion tarmoqqa o‘lchash qurilmasi va hujjatlarini
kiritayotgan operator-inson bo‘lishi mumkin. Agar birinchi ikki manbadan
kelayotgan axborotlarda xatolar va aqliy chalkashtirishlar bo‘lishi mumkinligini
hisobga olinsa, bunda informatsion tarmoqlarning samaradorligini ta’minlashdagi
o‘lchash qurilmalarining ulkan roli aniq bo‘ladi.
Informatsion tarmoq tarkibiga birinchi navbatda kiritilishi lozim bo‘lgan
o‘lchash qurilmalari ichida dastavval xomashyo, materiallar, tayyor mahsulotlar,
energetik va boshqa resurslarni hisoblovchi har xil vositalarni aytib o‘tish
kerak. Bu ob’ektiv va muqobil rejalash imkonini berib, yuqoridagi mahsulotlar
uchun korxonalar, tashkilotlar va alohida kishilar orasidagi hisoblash ishlarini
osonlashtiradi va avtomatlashtirish imkonini beradi. Keng ko‘lamli informatsion
tarmoqlar tarkibiga alohida korxonalarning o‘lchash informatsion tizimlarini
kiritish, uning imkoniyatlarini keskin oshiradi.
Bunday informatsion tarmoqlar samaradorligining zarur sharti - tarmoq
uchun
mo‘ljallangan
o‘lchash
axborotlarini
standartlashtirilgan
formada




169
tasvirlovchi, etarli darajada arzon va oddiy, hamda ishonchli o‘lchash asboblarini


ommaviy ishlab chiqarishdir. Ushbu shartni ta’minlash uchun metrolog-olimlar,
muhandislar, loyihachilar, Davlat metrologiya va standartlashtirish organlari,
ishlab chiqaruvchilar hali ko‘p faoliyat ko‘rsatishlariga to‘g‘ri keladi.
Mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar asosida ishlaydigan o‘lchash
asboblari yana ham ko‘paymoqda. Bu esa, turli ishlab chiqarish va texnologik
jarayonlarning samaradorligini yanada oshirishda qo‘shimcha imkoniyatlar
yaratadi. Darhaqiqat, mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlarning o‘lchash
asboblari va qurilmalarida keng qo‘llanilishi o‘lchash amalini birmuncha
soddalashtiradi, sarf-harajatlarni kamaytiradi, o‘lchash aniqligini esa oshiradi. Bu
esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatlari jahon andozalariga mos
bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri bo‘lib
hisoblanadi.


Yüklə 407,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin