4
Kirish
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Hozirgi
davrda
mamlakatimizda olib borilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, amalga
oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar mamlakatimizning har bir hududida
o’zining ijobiy samarasini berayotgani bejiz emas. Ammo shuni aytish kerakki,
mamlakatda ishsizlik darajasining mavjudligi, agar
iqtisodiyotga davlatning
aralashuvi kamaytirilsa, bugungi kunda, ayniqsa, butun dunyoda jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi oqibatlari bartaraf qilinayotgan bir davrda, u yanada ortishi
ehtimoldan holi emas.
Zero,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab
o’tganlaridek, “Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil qilish
muammosini hal etish 2011 yil va yaqin istiqbolda mamlakatimizni muvaffaqiyatli
va barqaror rivojlantirishning alohida ustuvor yo’nalishi va hech mubolag’asiz, eng
muhim shartidir”
1
.
Shuningdek, bugungi kunda “Mahalliylashtirish dasturlarini
amalga oshirish borasida to’plagan tajribamiz bizning tashqi omillarga
bog’liqligimizni kamaytirish, ichki talabni shakllantirish
va bozorlarimizni zarur
iste’mol tovarlari hamda butlovchi mahsulotlar bilan to’ldirish, tashkil etilgan
ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, valyuta
resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, aholi bandligini ta’minlash
bo’yicha muhim rol o’ynashini amalda tasdiqlamoqda”
2
.
Ishsizlik bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib,
dunyoning barcha
mamlakatlarida mavjuddir. Bozor iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatlarda ham
hech bo’lmasa joriy ishsizlik mavjud. Ishsizlikning asosiy negizi ishchi kuchi
bozorida ishchi kuchi taklifining ish joylari sonidan ortiqchaligi bilan bog’liq.
Ishsizlik – bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Shunday ekan,
mamlakatda ishchi kuchining ish bilan bandligini oshirishda,
ishsizlikni ijtimoiy
1
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga
xizmat qiladi: 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng
muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma’ruza, 2011 yil 21 yanvar, -T.: O’zbekiston, 2011, 42-bet.
2
I.A.Karimov. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish,
modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib
berish – ustuvor vazifamizdir. -T.: “O’zbekiston”. 2015, 13-bet.
5
himoyalashda davlat siyosati, aholi daromadlarini oshirish, aholi turmush
darajasini ko’tarish va ishchi kuchi resurslarining
yangilanib borishini
rag’batlantirishda ishchi kuchi bozorining ushbu xususiyatlarini chuqur ilmiy
o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hukumatning hududiy darajadagi ishsizlikni kamaytirish va ishsizlikni
ijtimoiy himoyalashda davlat siyosati ham strategik, ham taktik maqsadlarni o’z
ichiga olishi kerak. Chunki, har bir hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyat har xil
bo’ladi va ushbu nuqtai-nazardan, ularning har biriga mos bandlik va yangi ish
o’rinlarini yaratish bo’yicha chora-tadbirlar qo’llash kerak. Buning uchun albatta
hududlardagi boshqaruv organlarining ushbu sohaga yanada ko’proq e’tibor
berishlarini ta’minlash zarur.
Shu
bilan birga ishsizlik darajasi, uni hududiy va tarmoqlararo mavjudligi,
uni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ishsizlikni ijtimoiy
himoyalashda davlat siyosatini amalga oshirish davr talabidir.
Dostları ilə paylaş: