1.2. Bozor tizimi sharoitida ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini
barataraf etish mexanizmi
Ishsizlik darajasining tabiiy miqdori qancha bo’lishi mumkin, degan masala
ustida iqtisodchi olimlar juda ko’p fikrlar bildiradilar, lekin biror mamlakatda
uning aniq miqdori belgilangan emas. Masalan, AQShda ishsizlar sonining tabiiy
darajasi 1960 yillarda 4-6% ga ko’tarildi
7
. Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan
davrdagi ishsizlik darajasi tabiiy me’yoriy holat deb ifodalanib, ishlab
chiqarishning potentsial imkoniyati bilan bog’liqlikda bo’ladi. Agar bandlik yuqori
bo’lib, ishlab chiqarishda ham ko’p bo’lsa, spiralsimon inflyatsiya yuzaga keladi.
Ishsizlik darajasi doimo noldan yuqori bo’ladi, chunki ixtiyoriy va tarkibiy
ishsizlik u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’ladi. Lekin ishsizlikning tabiiy darajasi
inflyatsiyaning kuchayishini to’xtatib turadi.
Iqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va
YaIM hajmining orqada qolishi o’rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu
nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo’lib, agar
7
Genkin B.M. Ekonomika i sotsiologiya truda: Uchebnik dlya vuzov. – 4–e izd., dop. – M: NORMA, 2009. – 294 s
17
ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo’lsa,
YaIM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko’rsatadi
8
.
Ishchi kuchi resurslarini ish bilan bandligi tarkibi shakllanishida ilmiy-
texnik taraqqiyotning o’rni ham katta. Ishchi kuchini samarali ravishda ish bilan
ta’minlash tizimini rivojlanishi zamirida ishlab chiqarishining o’sishi va har bir
band odamning samarali ishlashining o’sishi yotadi. Biroq, ishchilarning tajriba va
mahorat darajasini oshirmay turib mehnat unumdorligini oshirib bo’lmaydi. Milliy
iqtisodiyotdagi mahoratli ishchilarning qanchalik ko’p bo’lishi, shunchalik mehnat
unumdorligini va turli xizmat va mahsulotlarning ko’p bo’lishini anglatadi.
Iqtisodiyotning rivojlanishini aniqlovchi asosiy omil bugungi kunda ishchi
kuchining sifatidir.
Ishsizlik, mehnat munosabatlari, ularni davlat tomonidan tartibga solish,
oldini olish muammolarini o’rganishning tarixiy ildizlari XVIII asrga borib
taqaladi. Ishsizlik va uni davlat tomonidan tartibga solish masalasini birinchi bo’lib
1894 yilda AQShning Ogayo shtatidagi tadbirkor Djekob Koksi ko’tarib, davlat
tomonidan bandlikni qo’llab-quvvatlovchi dasturlarni qo’llashni taklif qildi. Uning
rejasida davlat ishsizlarni himoya qilishi va ma’lum miqdorda nafaqa berishi kerak
edi. Lekin uning fikri AQSh Kongressi tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi. Fikri
ma’qullanmagan Koksi 1894 yil 25 martda tarixda birinchi marta ishsizlardan
iborat “Koksi Armiyasi”ni tuzadi va Vashingtonga yo’l oladi. Lekin bu harakat
davlat tomonidan bostiriladi. Faqatgina, 1930 yillarga kelib buyuk inqirozdan
keyingina davlat bu masalaga jiddiy qaraydi va ishsizlikka qarshi, bandlikni
qo’llab quvvatlovchi dasturlar ishlab chiqadi.
Chunki, ishsizlik darajasi shu yillari 15 foizdan ham oshib ketgan edi. 2009-
2010 yillarga kelib AQShda ishsizlik darajasi 5,0 foizni tashkil etdi, ish izlash
muddati qisqardi. Bu mamlakatda kishilar ish o’rinlarini yo’qotsa, o’zlari faol ish
qidirishga harakat qiladilar. Amerikaning har bir shtatida ishchi kuchi bandligi va
ishsizlarga yordam bo’yicha o’zining Qonunlari amal qiladi.Ular ishsizlik
nafaqalarini Federal va shtat fondlaridan to’laydilar.
8
Shodmonov Sh., G’ofurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. Toshkent: Iqtisod-moliya, 2010. 436 bet.
18
Hozirgi kunda tajribali mutaxassislarga, ularning mahoratini oshirishga
sarflanadigan xarajatlar butunligicha ishchi kuchiga xarajatlar sifatida qaralmoqda.
Unga to’la asos bilan ishchilar sog’lig’ini ta’minlashga sarflanadigan xarajatlar
ham kirib ketadi. Kuzatishlarga qaraganda, AQShdagi ishchilarni tajribali
mutaxassis ishchilar guruhiga kiritish uchun ishchi kamida o’rta maktabda tahsil
olgan bo’lishi kerak. Yana ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, 30 ta
ommalashib borayotgan mutaxassisliklar orasida 2/3 qismidan ko’prog’i hamda
shu 30 ta kasb egalarining yarmi 1990 yillarda o’rta ta’lim muassasalarida tahsil
olgan.
T.Shults AQShdagi ishchi kuchi zahiralari investitsiyasiga son jihatdan
birinchilardan bo’lib baho bergan. Oxirgi 40 yil ichida ta’limga investitsiya kiritish
20 barobarga oshgan va 1997 yilda byudjetdan ta’limga ajratilgan sarflar 450 mlrd.
dollar atrofida bo’lgan. Mutaxassislarning malakasi va tajribasini oshirishga
qaratilgan investitsiya jismoniy kapitalga kiritilgan investitsiyadan 3 barobarga
ko’p bo’lgan (440 mlrd. dollar). Bundan tashqari, ishchi kuchi resurslariga
byudjetdan ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minotga jami 1 trln. dollarga yaqin
mablag’ sarflangan
9
.
Ishchi kuchiga bo’lgan investitsiya hajmining o’sishi YaIM ishlab chiqarish
va iqtisodiy o’sish bilan chambarchas bog’liq. AQSh iqtisodchilarining hisob
kitobiga qaraganda, 1890 yilda YaIM ning 50% - xom-ashyo, mineral va energetik
zahiralariga to’g’ri kelgan va 100 yildan keyin ularning YaIMdagi ulushi 10,0%
dan ham oshmagan.
Ilmiy-texnik taraqqiyot XX asrda ijtimoiy ishlab chiqarish va iqtisodiy
o’sishni samarali oshishining asosiy manbai bo’lgan. Shuni ta’kidlash kerakki,
ilmiy-texnik taraqqiyot u yoki bu ko’rinishida mehnat unumdorligining o’sishida
namoyon bo’ladi. Bu omillarning ta’sirini AQSh milliy daromadi o’sishining
uchdan biri ilmiy-texnik taraqqiyot omiliga to’g’ri kelganligi bilan tushuntirish
mumkin. Evropaning rivojlangan mamlakatlari va Yaponiya urushdan keyingi 10
9
Manba: Internet tarmog’ining http://www.ilo.org va http://www.indexmundi.com veb-saytlari ma’lumotlaridan
olindi
19
yillikda iqtisodiy o’sishga ilmiy-texnik taraqqiyot hisobiga, mehnat va kapitalni
samarali joriy qilish natijasida erishgan.
Aksincha, XX asrning ikkinchi yarmi tarixida rivojlangan mamlakatlarda
tabiiy boyliklarni, ishchi kuchini qo’shimcha ravishda jalb qilish natijasida
davomli iqtisodiy o’sishga doir misollarni uchratmaymiz. Qanchalik miqdorda u
yoki bu omilni ko’proq kiritilishi, shunchalik uning taqdirlanishini belgilaydi.
Boshqacha qilib aytganda, bu ish bilan bandlik tarkibining transformatsiyasidir.
Mehnatga nisbatan mukofot sifatida ish haqi belgilanadi. Yuqori darajadagi
ish haqi firmalar faoliyatida ayni resursning ijobiy ta’sirini uyg’otadi va bu ish xaqi
minimal mehnat xarajatlari bilan ishlashga olib keladi. Demak, shuni ta’kidlab
o’tish mumkinki, ishchi kuchini tejash, ish xaqini tejash degani emas. Shuni
alohida qayd etish lozimki, o’tish davri iqtisodiyoti sharoitida qator mamlakatlarda
ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligi tarkibi o’zgarmoqda. O’tish davri
iqtisodiyoti rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan iqtisodiy tizimdir.
Bunday tizimda iqtisodiy o’sish barqaror yoki barqaror bo’lmasligi mumkin. Misol
tariqasida, Xitoyda so’nggi 20 yil ichida iqtisodiy pasayish kuzatilmadi va bozor
iqtisodiyotiga o’tish bosqichma-bosqich amalga oshdi. Ammo, «shok terapiyasini»
qo’llagan mamlakatlarda iqtisodiy pasayish yuz berdi, tarkibiy o’zgarishlar esa
iqtisodiy pasayish sharoitida amalga oshdi. Demak, o’tish davri iqtisodiyotida
ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandlik tarkibining shakllanishi iqtisodiy
o’sish hisobiga emas, balki ishlab chiqarishning mutlaq yangi sharoitga
moslashishi bilan tavsiflanadi
10
.
Shchvetsiyada ishchi kuchi bozorini tartibga solishda faol siyosatga
asoslanadi. Bu mamlakatda ishsizlik darajasi 1,4 foizni tashkil etadi. Xodimlarni
qayta malakasini oshirishga, yangi ish o’rinlarini yaratishga boshqa mamlakatlarga
qaraganda eng ko’p harajat sarflanadi. Yiliga byudjet mablag’larining 6-8 foizi
ishchi kuchi bozoridagi faol (70 %i) va passiv (30 %) siyosat uchun sarflanadi
11
.
Bu mamlakat ishchi kuchi bozoridagi siyosat:
10
Manba: Internet tarmog’ining http://www.ilo.org va http://www.indexmundi.com veb-saytlari ma’lumotlari
20
-ishsizlarni ishchi kuchi bozoriga qaytarish;
-iqtisodiyot sohalari bo’yicha ishchi kuchini qayta taqsimlash;
-mehnatga joylasha olmagan shaxslarni ijtimoiy himoyasini ta’minlash kabi
tamoyillarga asoslanadi.
Ishsizlik muddati 1 yilgacha bo’lsa- qisqa, 1 yildan oshsa uzoq muddatli
hisoblanadi. Mehnat borasidagi siyosatni Mehnat vazirligi amalga oshiradi.
Vazirlikda markaziy ishchi kuchi bozorini boshqarish boshqarmasi 24 ta mehnat
bo’yicha guberniya qo’mitalari, 330 ta ish bilan ta’minlash shahar byurolari
faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Bu singari bandlik xizmatlari “Ish bilan
ta’minlash” Qonuni bilan mustahkamlangan, xususiy bandlik xizmatlarini tashkil
etish ta’qiqlangan.
Shchvetsiyada 3 yilda bir marta mamlakat miqyosida ishchi kuchi bozori
muammolari bashorat qilinadi. Bashoratning asosiy maqsadi, resurslardan samarali
foydalanish, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiyotni muvofiqlashtirish, har
bir ish izlayotgan shaxsga ish joyini taqdim etishda eng avvalo yoshlar, ayollar va
aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini inobatga olishdan iborat.
Shchvetsiya ishchi kuchi bozoridagi olib borilayotgan faol siyosat quyidagi
ikki elementni o’z ichiga oladi:
- birinchidan, yangi ish o’rinlarini yaratish va unga xodimlarni tayorlash,
qayta o’kitish markazlarini yaratishni rag’batlantirish:
- iqtisodiy ko’rsatkichlari past bo’lsada, ijtimoiy zarur xizmatlarni
ta’minlovchi sektorlarda ishchi kuchi resurslarini ish bilan bandligining davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlanishini ta’minlashdir.
Ishchi kuchi bozorini tartibga solish borasida Finlyandiya tajribasi ham
alohida ahamiyat kasb etadi. Bu mamlakatda ishsizlik davomiyligi o’rtacha 15
hafta davom etadi. Ishsizlarning asosiy qismini yoshlar va ayollar tashkil etadi.
1988 yilda qabul qilingan “Bandlik to’g’risida”gi Qonun bandlik jarayonini
tartibga soluvchi asosiy qonun hisoblanadi. Finlyandiyada 2000 yillarga kelib
yoshlar
ishsizligi
kuchayganligi
bois,
bu
masalaga
alohida
e’tibor
qaratilmoqda.Unga ko’ra 20 yoshgacha bo’lgan yoshlarning ishsizlik muddati 3
21
oydan, 25 yoshlilarning uzuliksiz ishsizligi 1 yildan oshmasligi lozim. Ishchi kuchi
resurslari markazi mamlakat bo’yicha barcha ma’lumotlarni umumlashtirib, faol
ish qidiruvchilarni ro’yxatga oladi. Ushbu markaz xizmatidan yiliga 500 ming
kishi foydalanadi. Ular tomonidan “Ishchi kuchi bozori” maxsus haftanomasi
bepul nashr etiladi.
Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad – ishchi kuchi
resurslarining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini
kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar
ishlab chiqishdan iborat.
Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ish joylarini
yaratish, ularni ishga tushirish, aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak.
Qolaversa,
jahon
hamjamiyati
bilan
uyg’un holda ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni jadal rivojlantirib borish lozim.
Ishsizlar – bular shunday kishilarki, ular ishchi kuchi bozorida o’z
xizmatlarini faollik bilan taklif qiladilar, ish qidiradilar, bu narsa ish bilan
bandlikning iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishda davlat tomonidan hisobga
olinishi darkor.
Fikrimizcha, O’zbekistonda ishsizlikning paydo bo’lishi va o’sish tarixi
aynan Keyns qarashlarining to’g’riligini isbotlaydi. Ishsizlar rasmiy ro’yxatga
olingandan boshlab, ishsizlik darajasi ma’lum darajada muntazam ortib boradi,
ishga joylashtirish qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajasi shunchalik past
bo’ladi.
Fikrimizcha, bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik maqomini
berish shartlarining murakkablashuvi bilan izohlab bo’lmaydi. Ko’rinishidan
yaxshi bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlaridan ish bilan bandlikning
kamayishini ikkita sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan, yashirin
ishsizlikning yuqori darajasi saqlanganligi, u o’z potentsialini hatto ayrim
barqarorlik sharoitlarida ham ochiq bozorga chiqarib turadi. Ikkinchidan, yashirin
ish bilan bandlikning ko’payishi, u ishchi kuchi va ishsizlarning sezilarli qismini
ochiq ishchi kuchi bozoridan tortib turadi.
22
Ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligi tarkibi shakllanishida ilmiy-
texnik taraqqiyotning o’rni ham katta. Ishchi kuchini samarali ravishda ish bilan
ta’minlash tizimini rivojlanishi zamirida ishlab chiqarishining o’sishi va har bir
band odamning samarali ishlashining o’sishi yotadi. Biroq, ishchilarning tajriba va
mahorat darajasini oshirmay turib mehnat unumdorligini oshirib bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |