37
O’zbekiston Respublikasida mehnat resurslarining istiqbol
ko’rsatkichlari, ming kishi
22
T/r
Ko’rsatkichlar
2013
2014
2015
2016
2017
2017 yilda
2013 yilga
nisbatan
o’zgarishi,
foiz
1.
Mehnat
resurslari
soni
17365,5 17841,0 18329,5 18824,4
19332,7
111,3
2.
Iqtisodiy
faol aholi
soni
12929,9 13275,8
13658
14026,8
14433,5
111,6
3.
Ish bilan band aholi
soni
12303,1 12644,2 13014,1 13378,5
13766,5
111,9
3.1. Iqtisodiyotning
rasmiy sektorida band
bo’lganlar soni
7655,9
7838,7
8130,6
8757,5
8938,6
116,8
3.2. Iqtisodiyotning
norasmiy
sektorida
band bo’lganlar soni
4296,2
4484,8
4559,8
4302,7
4498,4
104,7
3.3. Mehnat
faoliyatini
amalga
oshirish
uchun
chet
elga
ketgan shaxslar soni
351,1
320,7
323,7
318,3
329,5
93,8
4.
Ishsizlar soni
626,8
631,6
643,9
649,1
661,4
105,5
4.1. Mehnat
organlarida
ro’yxatdan
o’tgan
ishsizlar
7,2
9,5
10,9
12,6
13,1
181,9
4.2. Mustaqil tarzda ish
izlayotgan ishsizlar
619,6
622,1
633
636,5
648,3
104,6
Dasturda 2013 yilda 6 ta asosiy yo’nalish bo’yicha mamlakatimizda jami
972,7 mingta ish o’rni tashkil etilishi nazarda tutilgan (15.1.1-rasm).
Birinchi yo’nalish
hisobidan 57,9 mingta, shu jumladan, xo’jalik boshqaruvi
organlari tuzilmasiga kiradigan korxonalarda – 16,9 mingta,
hududlarga
bo’ysunadigan korxonalarda – 41 mingta ish o’rni yaratilishi ta’minlanadi.
Eksport qiluvchi korxonalarning rag’batlantirilishini kuchaytirish va
raqobatdosh mahsulotlarning eksport qilinishini kengaytirish, to’g’ridan-to’g’ri
chet el investitsiyalarini jalb qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar ushbu
yo’nalishda ish o’rini yaratishning muhim omillari bo’lib xizmat qiladi. Xususan,
2012 yilning 1 aprelidan boshlab valyuta kreditlari bo’yicha asosiy qarzlarni uzish
22
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan
38
uchun joriy to’lovlarga yo’naltiriladigan, valyuta
kirimlarining bir qismini
majburiy tarzda vakolatli banklarga sotishdan ozod qilinishi, yangi ishlab
chiqarishlarni qurish, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish va
texnologik yangilash, Toshkent viloyatida «Angren» maxsus industrial hududining
tashkil etilishi, 2012–2016 yillarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta ta’minlash dasturining
tasdiqlanishi va boshqa tadbirlar ish o’rinini yanada ko’paytirish
barobarida
tarmoqlararo aloqador (transport, qurilish yoki ijtimoiy infratuzilma sohalari)
tizimlarga bog’liq ish o’rinini yaratishga ham xizmat qiladi.
Mazkur yo’nalishdagi ish o’rinining salmoqli qismi Farg’ona (8,6 ming),
Toshkent (7,8 ming), Qashqadaryo (5,9 ming), Namangan (5,1 ming) viloyatlari va
Toshkent shahrida (7,5 ming) yaratiladi.
Ikkinchi yo’nalish
bo’yicha ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi
ko’zda tutilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilda
qabul qilingan, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada
keng
erkinlik berish, statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan
faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini
tubdan qisqartirish chora-
tadbirlari to’g’risidagi farmoni, shunga asosan 2012 yilning 1 avgustidan boshlab
80 ta ruxsat berish tartib-taomili, litsenziyalanadigan 15 ta faoliyat turi hamda 68 ta
statistik va soliqqa oid hisobotlar shaklining bekor qilingani, kichik korxona va
mikrofirmalarni tashkil qilish va kengaytirish hamda xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish,
shuningdek, kichik biznesni rivojlantirish hududiy dasturlarining
amalga oshirilishi 485,6 mingta ish o’rini tashkil qilish imkoniyatini yaratdi.
2013 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash orqali
qo’llab-quvvatlashni yuqori darajada saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Chunonchi,
tijorat banklari tomonidan shu maqsadlar uchun 5,1 trillion. so’m ajratilishi
nazarda tutilmoqda. Bunda imtiyozli kredit resurslari asosan uzoq qishloq
tumanlarida va mehnat bozoridagi vaziyat og’ir bo’lgan hududlarda ish o’rini
yaratishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
39
Ish o’rini yaratishning ushbu yo’nalishdagi asosiy tarmog’i xizmat ko’rsatish
va servis sohasi bo’lib, xususan, mamlakat YaIMda xizmat ko’rsatish
ulushining
maqsadli parametrlariga (52,5 foiz) erishish doirasida kichik biznes korxonalarida
267,1 mingta ish o’rni yaratilishi kutilmoqda. Bu ko’rsatkich xizmat ko’rsatish
sohasini jadal rivojlantirish, ko’rsatilayotgan xizmat turlarini avvalo qishloq
joylarida kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu asosda mamlakat
iqtisodiyotining barqaror va uyg’un rivojlanishida xizmat ko’rsatish sohasining roli
va ahamiyatini oshirishga doir maqsadlarga erishilishiga bevosita bog’liq. Mazkur
soha kelgusi yilda 18 foizdan ortiqroqqa oshishi
kutilayotgan kompyuter
dasturlarini yaratish (elektron ta’lim va konsultativ xizmatlarni inobatga olgan
holda), savdo va umumiy ovqatlanish, sog’liqni saqlash bo’yicha xizmatlar
hisobidan yanada rivojlanadi. Yakka tadbirkorlikning rivojlanishi 117,7 ming
kishining bandligini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda
Dostları ilə paylaş: