32
qaratilgan. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, qishloq xo’jaligi
sohasidagi
bandlik darajasining haddan tashqari yuqoriligi bu tarmoqda mehnat
unumdorligining va samaradorligining nihoyatda pastligini belgilovchi asosiy omil
bo’lib hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarning pastligi esa o’z navbatida ortiqcha ishchi
kuchining mavjudligidan dalolat beradi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, sanoat va qishloq xo’jaligi
sohalari o’rtasidagi nisbat ham iqtisodiy tarkibning qay darajada taraqqiy
etganligidan
dalolat
beradi.
O’zbekistonda
ham
rivojlangan
xorijiy
mamlakatlardagi kabi moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
sohalari,
shuningdek, sanoat va qishloq xo’jaligi tarmog’i o’rtasidagi nisbatni tarkib
toptirish ancha vaqt talab etadi. Buning uchun bir qancha chora tadbirlarni amalga
oshirish zarur buladi. Chunki bizning Respublikamizda va uning viloyatlari
iqtisodida qishloq xo’jaligi alohida o’rin tutadi
va moddiy ishlab chiqarish
sohasida band bo’lgan mehnat resurslarining kattagina qismi agrar sektorga to’g’ri
keladi. Shuningek aholi bandligi tizimidagi o’zgarishlarga xos bo’lgan boshqa bir
an’analar ham vujudga keldi. Ya’ni, yuridik shaxs maqomini olmasdan turib
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar hamda dehqon xo’jaliklarida o’zini-
o’zi ish bilan band qiluvchilar sonining sezilarli darajada o’sishi ko’zga tashlandi.
Bularning amalga oshirilishiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2006 yil 23 martdagi №67 sonli ”2006-2010
yillarda shaxsiy
yordamchi dexqon va fermer xo’jaliklari chorva mollari, birinchi navbatda
qoramollar sonini ko’paytirishni rag’batlantirish dasturini
amalga oshirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarorining qabul qilinishi sabab bo’ldi. Umuman bandlik
tizimidagi bu kabi barcha muhim o’zgarishlar bozor islohotlarini amalga oshirish
paytida ishchi kuchi bozorida sodir bo’layotgan jarayonlarning o’ziga xos
xususiyatlarini yaqqol aks ettiradi.
Aholi ish bilan bandligini iqtisodiyot sektorlari bo’yicha taqsimotini ko’rib
chiqadigan bo’lsak, bunda iqtisodiyotning nodavlat sektorida
bandlikning yuqori
ekanligi biz uchun tabiiy hol.
33
2006-2010 yillar oralig’ida ish bilan band bo’lgan aholini iqtisodiy
sektorlarda taqsimoti ortganligini ko’rsatmoqda. Agar biz davlat va nodavlat
sektorlarini o’rganadigan bo’lsak, davlat sektorida ish bilan band aholi salmog’i
yildan yilga pasayib bormoqda (2006 yilda 22,8%, 2010 yilda 20,9
foizga
pasaydi). Iqtisodiyotning nodavlat sektorida bu ko’rsatkich 77,2% dan 79,1%ga
ortgan (2.1.3-jadval).
Dostları ilə paylaş: