36
iqtisodiy faollik darajasi 74,4 foizdan 74,7 foizga oshadi. Istiqbolda band aholi
sonining ham muntazam ko’payib borishi kutilib, o’rtacha yillik o’sish sur’ati 1,36
foiz atrofida bo’ladi.
Prognoz qilinayotgan davrda band aholi tarkibida
iqtisodiyotning rasmiy va
norasmiy sektorida bandlar sonining ko’payishi, aksincha mehnat faoliyatini
amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar sonining kamayishi kuzatiladi.
Mazkur holat yurtimizda har yili yuz minglab yangi ish o’rinining yaratilishi bilan
izohlanadi.
Bundan tashqari, istiqbolda ishsizlar tarkibida mehnat organlarida ro’yhatdan
o’tgan va mustaqil tarzda ish izlayotgan ishsizlar sonining ham o’sishi kutiladi
hamda 2017 yilga borib Yurtimizdaaholining ishsizlik darajasi 4,6 foizni tashkil
etishi kuzatiladi.
O’zbekistonda ishsizlikning maqbul darajasini
saqlab qolish maqsadida
mehnat bozorida ish o’riniga bo’lgan ehtiyoj prognoz qilinayotgan davrda yiliga
o’rtacha 1219,7 ming kishini tashkil etadi, ulardan 575,7 ming nafari ta’lim
muassasalari bitiruvchilari, 626 ming nafari ish bilan ta’minlanishga muhtoj band
bo’lmagan aholi (ishsizlar), shu jumladan, 48 ming nafari mehnat migratsiyasidan
qaytganlar.
2013 yil “Ish o’rini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash”
davlat
dasturining prognoz parametrlari tarmoqlar bo’yicha (bandlik yo’nalishlari) va
hududlar bo’yicha ishga joylashishga bo’lgan ehtiyoj, ayniqsa, ilk bor mehnat
bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar va ko’p
mehnat talab etadigan ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya qilish
natijasida bo’shab
qolayotgan xodimlarni, shuningdek, sanoatni, qishloq xo’jaligi
va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik, infratuzilmani rivojlantirish
natijasida ishchi kuchiga
bo’ladigan talab hisob-kitobidan kelib chiqib belgilangan.
Dostları ilə paylaş: