30
bo’yicha qilinayotgan ishlar,
vazifalarning, xususan, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, fermer va dehqon xo’jaliklarini kengaytirish va
ularga yaratilayotgan imkoniyatlar mahsuli deya ta’kidlash mumkin.
2010 yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq ish o’rni tashkil
etilganini katta mamnuniyat bilan qayd etishimiz lozim. Bu yangi tashkil qilingan
umumiy ish o’rinlarining 600 mingdan ziyodi yoki 65 foizi kichik biznes sohasi va
fermer xo’jaliklariga, 210 mingdan ortig’i kasanachilik sohasiga to’g’ri keladi.
18
Keyingi 2006-2010 yillar ichida mamlakat umumiy aholisi sonida mehnatga
layoqatli aholining ulushi muntazam ortib bormoqda.
Mehnatga layoqatli aholi
darajasi 2010 yilda 61,0 foizni tashkil etdi. 2006 yilda bu ko’rsatkich 57,5 foiz
bo’lgan edi. Bu davrda mehnatga layoqatli aholining salmoqli ulushi ortdi. O’tish
davrida ishchi kuchi bozoriga demografik ta’sirdan tashqari avval sanoat
korxonalarida, so’nggi paytlarda qishloq xo’jaligi sektorida ilgarigi jamoa va
shirkat xo’jaliklarini qayta o’zgartirish natijasida ish o’rinlari qisqarib borayotgani
ham o’z ta’sirini ko’rsatayotgani kuzatilmoqda.
Ushbu jarayonlar natijasida
aholining ish bilan bandlik darajasi 2006 yilda 70,3 foizdan 2010 yilda 67,4
foizgacha kamaydi. 2006 yildan boshlab, iqtisodiy o’sish sur’atlari jadallashdi,
biroq bandlik sohasida sust o’zgarishlar kuzatildi. Buni qisman ma’lum
darajada
mehnat unumdorligining oshishi va ayniqsa qishloq xo’jaligida unumsiz ish bilan
bandlikning kamayishiga asoslangan iqtisodiy o’sish sur’atlari bilan izohlash
mumkin (2.1.2-jadval).
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar tahlili ishchi kuchi bozorini to’ldirish
ikki asosiy
sabab hisobiga amalga oshirilishi haqida xulosa qilishga asos bo’ladi. Ulardan biri
mamlakat iqtisodida band bo’lgan ortiqcha ishchilarni ozod qilish bilan bog’liq
bo’lsa, ikkinchisi band bo’lmagan aholini ish bilan ta’minlash zaruratidan iborat.
Ular orasida shu kunlarda muhim bo’lgan omil ortiqcha ishchilarning ozod
qilinishidir.
18
I.A.Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga
xizmat qiladi: 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlar va 2011 yilga mo’ljallangan eng
muhim ustuvor yo’nalashlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma’ruzasi, 2011 yil 21 yanvar / T.: O’zbekiston, 2011. 14 b.
31
Shu o’rinda ish bilan bandlikning tarmoq tarkibini tahlil qilish muhimdir.
Tahlildan
shuni
ko’rish
mumkinki, mamlakatda sanoatdagi bandlik
ko’rsatkichining past darajada ekanligini va keyingi yillarda bu ko’rsatkichning
yanada pasayishi tendentsiyasi kuzatilayotganligini ta’kidlash zarur. Shu bilan
birga qishloq xo’jaligidagi bandlik ham pasayib borgan.
Aksincha, savdo va
umumiy ovqatlanish tarmog’ida band bo’lganlarning ulushi ortgan. Shu bilan
birga, 2006-2010 yillarda kommunal va maishiy sohalarda
bandlikni oshganligini
ko’rish mumkin. Bu esa respublikada ishlab chiqarish va hududiy bandlik
dasturlarining to’la amal qilganligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: