1.3.Ishsizliknig ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash mezonlari va
ko’rsatkichlari
Iqtisodchi olimlar o’rtasida ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabablari
qandayligi to’g’risida turlicha qarashlar mavjud. Ma’lumki, J.M.Keyns
«…ishsizlikning davosi sifatida ish haqini pasaytirish g’oyasini qat’iy inkor etib,
o’ziga investitsiyalar, davlat xarajatlari va sof eksportdan tashqarii iste’mol
xarajatlarini – bunda ham so’nggi – umumiy talabning asosiy qismini ham qamrab
oladigan umumiy talabdan kelib chiqadi»
12
.
Fikrimizcha, O’zbekistonda ishsizlikning paydo bo’lishi va o’sishi tarixi
aynan Keyns qarashlarining to’g’riligini isbotlaydi. Ishsizlar rasmiy ro’yxatga
olingandan boshlab, ishsizlik darajasi ma’lum darajada muntazam ortib boradi,
ishga joylashtirish qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajasi shunchalik past
bo’ladi.
Ish bilan bandlikning keskin kamayishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar
(davlat sektorining kamayishi), inflyatsiya hamda xo’jalik yuritishning muqobil
shakllari (xususiy korxonalar, hissadorlik jamiyatlari) etarlicha tez o’smaganligi
tufayli ko’pgina korxonalarda moliyaviy ahvol yomonlashuvi natijasida yuzaga
keladi. Bularning hammasi, tabiiyki, umumiy talab hajmida salbiy aks etadi: davlat
ta’siri qisqaradi, investitsiya faoliyati sustlashadi, iste’mol xarajatlari esa
12
Rofe A.I., Zbishko B.G., Ishin V.V. Rinok truda, zanyatost naseleniya, ekonomika resursov dlya truda. – M.:
Ekonomika, 2009. – 101 s.
23
inflyatsiya ta’sirida turmush darajasining yomonlashuvi tufayli birmuncha
kamayadi.
Demak, O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi – eng avvalo
ishlab chiqarishning qisqarishidir. Iqtisodiy o’sish dinamikasi bilan ishsizlik
o’rtasidagi aloqa uzviy bog’liq ko’rsatkichlardir.
Qoidaga ko’ra, G’arb mamlakatlari iqtisodchilari iqtisodiy o’sish sur’atlarini
ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligining o’sish sur’atlari bilan, tanazzulni
esa ishsizlik darajasining o’sishi bilan bog’laydilar. Haqiqatdan ham, industrial
turdagi me’yorida faoliyat ko’rsatayotgan bozor iqtisodiyotida iqtisodiy o’sish
doimo tarmoqlarning rivojlanishi va kengayishini, demak, ish bilan bandlikning
ortishini anglatadi. Shunday bo’lsada, rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday
bog’liqlik ko’zga ochiq tashlanmaydi. Masalan, ko’pgina rivojlanayotgan
mamlakatlarda sanoatning tez o’sishi ish bilan bandlikning muvofiq kengayishini
keltirib chiqarmadi. Iqtisodchilar bu hodisani sanoatdagi o’sish sur’atlaridan ancha
yuqori bo’lgan urbanizatsiya sur’atlari hamda qishloqdan shaharga ko’chib
kelayotgan aholi malakasining pastligida, deb izohlaydilar
13
.
Ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandlik dinamikasi, YaIM bilan
ishsizlik o’rtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda
mantiqan zid hodisadir. Ikkita dalil kishini hayratga soladi: birinchidan, ishsizlikni
YaIMning o’sishiga qiyosan ilgarilovchi qisqarishi; ikkinchidan, ish bilan
bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikning qisqarishi.
Fikrimizcha, bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik maqomini
berish shartlarining murakkablashuvi bilan izohlab bo’lmaydi. Ko’rinishidan
yaxshi bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlaridan ish bilan bandlikning
kamayishini ikkita sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan, yashirin
ishsizlikning yuqori darajasi saqlanganligi, u o’z imkoniyatlarini hatto ayrim
barqarorlik sharoitlarida ham ochiq bozorga chiqarib turadi.
13
Xolmo’minov Sh.R., Shoyusupova N.T. «Mehnat bozori iqtisodiyoti» (O’quv qo’llanma) – T.: TDIU, 2009. 72-
75 b.
24
Ikkinchidan, yashirin ish bilan bandlikning ko’payishi, u ishchi kuchi va
ishsizlarning sezilarli qismini ochiq ishchi kuchi bozoridan tortib turadi.
Respublikamizda ishsizlikning paydo bo’lish sabablariga ko’ra quyidagi
asosiy turlari ko’proq uchraydi
14
:
bir ishdan bo’shab yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan davrdagi
ishsizlik friktsion (oraliq) ishsizlik deyiladi. Kishilar turli sabablar (yangi yashash
joylariga ko’chib o’tish, ishining mazmuni va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan
yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga ko’ra o’z ishlarini almashtirib
turadilar. Biroq, bir ishdan bo’shab, boshqa biriga joylashgunga qadar orada
ma’lum vaqt o’tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom
etishi ko’rsatiladi);
yangi kasb va mutaxassislikni o’zlashtirib yoki boshqa joyga ko’chib o’tib,
yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi.
Fan-texnika taraqqiyoti, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga qo’llanishi
natijasida ba’zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo’lgan talab qisqarib,
zamonaviy mahsulot turlariga talab o’sadi. Natijada, ba’zi bir kasb yoki
mutaxassislik turlaridagi ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo’qolishi
ularning o’z kasb va mutaxassisliklarini o’zgartirish yoki shunday kasblarga talab
saqlanib qolgan joylarga ko’chib o’tishga majbur qilib qo’yadi;
friktsion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil
qiladi;
tsiklik ishsizlik – iqtisodiy tsiklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo’lib, u
ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga
keladi. Bunda o’z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch
kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni
ishdan bo’shata boshlaydilar;
institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi
kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning etarli darajada
rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko’rsatmasligi natijasida paydo bo’ladi;
14
Shodmonov Sh., G’ofurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. Toshkent: Iqtisod-moliya, 2010. 433-434 betlar.
25
texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib
kelishi bilan bog’liq bo’ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash,
avtomatlashtirish,
robotlashtirish
va
informatsion
texnologiyalarni qo’llash hisoblanadi;
hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy
va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator omillar ta’sirida ishchi kuchi talabi va
taklifi o’rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi;
yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to’liq band
bo’lmaslik xos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi
ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o’z
ishchilarini birdaniga ishdan bo’shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning
ma’lum qismi rasman ish bilan band bo’lsalarda, amalda to’liq holda
ishlamaydilar;
turg’un ishsizlik mehnatga layoqatli ishchilarning ish joyini yo’qotgan,
ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo’lgan va faol mehnat
faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo’lmagan qismini qamrab oladi.
Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, sabablari va turlari nazariy
asoslanishi ishsizlik holatining mezonlari va ko’rsakichlari ochib berilishini taqozo
qiladi. Chunki ishsizlikning asosiy mezonlari va ko’rsatkichlari mehnatga layoqatli
ishchi kuchi resurslari oqilona bandligini shakllantirishni tartibga solishda muhim
ahamiyatga egadir.
Ishsizlik holatining demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari
quyidagi mezonlarda o’z aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida
bozor muvozanatiga erishish; ishchi kuchi taklifini kamaytirish; ish joylarini
ko’paytirish; iqtisodiy faol ishchi kuchi resurslarining mehnatda ishtirokini
oshirish; kadrlar malakasi, safarbarligi va raqobatbardoshligini oshirish; aholining
mehnat daromadlarini ko’paytirish va boshqalar.
Mazkur mezonlar quyidagi ishsizlik ko’rsatkichlari yordamida aniqlanadi:
mavjud va yangi yaratilgan ish joylarining soni; bajarilgan ish vaqtining miqdori;
aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning hajmi; mahalliy va
26
jalb etilgan ishchi kuchi resurslarining soni; ishchi kuchining migratsion oqimi;
ishchi kuchining kapital va energiya bilan qurollanishi; ijtimoiy infratuzilma
xizmatlarining hajmi; qishloq xo’jaligi har bir xodimining er yuklanmasi; o’rtacha
yillik ish haqi; har bir aholining uy-joy bilan ta’minlanishi; ishchi kuchi
resurslarining malaka va ma’lumot darajasi; sanoat korxonalaridagi asosiy
kapitallardan foydalanishning smenalik koeffitsienti; ijtimoiy ishlab chiqarishda
ish bilan band bo’lmagan shaxslar va ishsizlik soni hamda ularning nafaqa
miqdori; mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridan
qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli shakllari va mehnatni tashkil qilishning
samaradorligi va hokazolar.
Yuqorida qayd etilgan mezonlar va ko’rsatkichlardan ishsizlik holatini tahlil
qilish va istiqbollashtirishda hamda uning turli ko’rinishlari miqdorlarini
aniqlashda foydalanish mumkin.
Ishchi kuchi resurslarining prognoz balansi bo’lajak davr uchun
(maqsadlarga bog’liq holda – 1 yilga, 5, 10 yilga va hokazo) Iqtisodiyot vazirligi
tomonidan, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda
ishlab chiqiladi. Ishchi kuchi resurslarining prognoz balansini ishlab chiqishda
quyidagilar hisobga olinadi:
ishga joylashtirishga muhtoj bo’lgan mehnat bilan band bo’lmagan
aholining (ishsizlarning) amaldagi va kutilayotgan soni;
ishlayotganlar sonining belgilangan parametrlari, ish bilan bandlikning
o’sishi va investitsiya dasturlarini, tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish
dasturlarini amalga oshirishning mo’ljallangan natijalari munosabati bilan ish
bilan bandlikning o’sishi va uning tarkibiy o’zgarishi;
ishchi kuchi resurslari sonini va iqtisodiy faol bo’lmagan aholi turli
toifalarini (o’quvchilar, bola parvarishi bo’yicha ta’tilda bo’lgan ayollar va
boshqalar) shakllantiradigan kelgusidagi demografik jarayonlar dinamikasi.
Ishchi kuchi resurslarining prognoz balansidan mintaqalarning demografik
xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish o’rinlari tashkil etishga ehtiyojlarni
27
va kelgusida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlari parametrlarini
aniqlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalaniladi.
Ishchi kuchi resurslaridan foydalanish holati balansda yaqqol ko’rinadi.
Foydalanish deganda ishchi kuchi resurslarining taqsimlanishi va ulardan
iqtisodiyotda foydalanish samaradorligi tushuniladi. «Ishchi kuchi resurslarini
taqsimlash» deganda ishchi kuchi resurslarining iqtisodiyotda ishlaydigan qismlari
va ishlamaydigan qismlari tushuniladi. Ishchi kuchi resurslarini taqsimlashni
iqtisodiyot tarmoqlari, iqtisodiyot sektorlari, mehnat turlari, mehnat rejimi,
ijtimoiy-iqtisodiy sohalar miqyosida tushunish mumkin.
Ishchi kuchining ish bilan bandligini tahlil qilishga ikki tomonlama
yondashish mumkin:
hududlar bo’yicha ish bilan bandligi holati tahlili;
tarmoqlar bo’yicha ish bilan bandligi holati tahlili.
Ishchi kuchi resurslaridan foydalanishni tahlil qilish turlaridan biri
mamlakat hududi bo’yicha tahlil qilish bo’lib, u orqali muayyan foydali axborotlar
va natijalarga ega bo’linadi. Respublika hududi iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va
geografik jihatdan bir biridan katta farq qiladi. Bu farqlar hududlardagi ishchi
kuchi resurslarining o’ziga xos shakllanishi va ulardan foydalanishda o’z ifodasini
topadi. Ishchi kuchi resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishning
mintaqaviy xususiyati, avvalo, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’siri
bilan bog’liqdir.
Bandlikning tarmoqlardagi holatini tahlil qilish iqtisodiyotning tarmoqlar
xususiyatidan kelib chiqadi. Tarmoqlarning rivojlanganligi, iqtisodiyotda tutgan
o’rni, YaIMdagi ulushi kabilar undagi bandlik holatini belgilab beradi. Bundan
tashqari tarmoqlardagi bandlikka demografik, geografik, iqtisodiy omillar ham
ta’sir qiladi.
Xulosa qilib aytganda, ish bilan bandlikning har ikkala holatini tahlil qilish
mamlakatda ishchi kuchining ish bilan bandligi holati haqidagi tushunchalar,
xulosalar va natijalarni yanada aniqlashtiradi. Shuningdek, bu borada amalga
28
oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar va islohotlarni aniq yo’naltirish imkonini
beradi.
Dostları ilə paylaş: |