42
Mamlakatimiz korxonalarida qishloq xo’jaligi xomashyosini chuqur qayta
ishlash bo’yicha belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va shu asosda
ichki va tashqi bozorda raqobatdosh bo’lgan zamonaviy
va sifatli oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish va turlarini kengaytirish qishloq
xo’jaligida qo’shimcha muqim ish o’rini tashkil qilish uchun qulay shart-
sharoitlarni shakllantirishga xizmat qiladi;
Vaqtinchalik faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalar, shu jumladan, tijorat
banklari balansiga o’tkazilgan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash
13,7 mingta
ish o’rni tashkil etilishini ta’minlaydi.
2013 yilda ish o’rini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining
asosiy parametrlari 15.1.2-jadvalda o’z aksini topgan.
15.1.2-jadvaldan ko’rinadiki, 2013 yilda tashkil etiladigan ish o’rinining
asosiy qismi (85,1 foiz) kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil qilish va
rivojlantirish (37,8 foiz), kasanachilikning barcha shakllarini tashkil etish (22,4
foiz), fermer va dehqon xo’jaliklarini rivojlantirish (12,8 foiz)
hamda yakka
tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish (12,1 foiz) hisobidan tashkil etiladi.
Hududlar bo’yicha yaratiladigan ish o’rinining salmoqli qismi Samarqand
(93,9 ming), Farg’ona (92,4 ming), Qashqadaryo (88,8 ming), Toshkent (86,8
ming), Andijon (79,6 ming), Namangan (75,1 ming) viloyatlari va Toshkent
shahrida (81,7 ming) yaratiladi.
Ishsizlik darajasi birmuncha yuqori bo’lgan, tog’li, chegara/oldi hududlarida
joylashgan, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha etarli darajada rivojlanmagan 28 ta
tumanga alohida e’tibor
qaratiladi, ushbu hududlarda 2013 yilda kamida 126
mingta yoki 2012 yil dasturidagidan 5 foiz ko’p ish o’rni tashkil etilishi nazarda
tutilmoqda. Shu bilan birga, ishlovchilar soni ko’p bo’lgan ixcham kichik
korxonalarni rivojlantirishga etarli e’tibor berilmaydigan 83
ta tumanda, ko’p
mehnat talab etadigan engil, oziq-ovqat, yog’ochga ishlov berish,
elektrotexnika
tarmoqlari va qurilish materiallari sanoati quvvatlarining birorta ham yirik sanoat
korxonasi bo’lmagan 28 tumanda tashkil etish va joylashtirish yuzasidan chora-
tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish nazarda tutilgan.
43
Dastur doirasida vazirliklar, idoralar va xo’jalik
boshqaruvi organlari
tomonidan korxonalar bo’yicha 2013 yilda ish o’rini tashkil etishning tarmoq
dasturlarini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik
yangilash, ishchi kuchining mavsumiy talab va takliflarini
inobatga olgan holda
ilgari tashkil etilgan ish o’rinini so’zsiz saqlab qolish va ularning barqaror faoliyat
yuritishini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va
amalga oshirish nazarda tutilgan.
2013 yilda ish o’rini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining
moliyaviy manbalarining asosiy qismini korxona va aholi mablag’lari tashkil etadi
(15.1.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: