52
III -BOB. IShSIZLIKNING IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBAT-LARINI
BARTARAF ETIShNING USTUVOR YO’NALIShLARI
3.1.Respublikada samarali bandlik siyosati orqali mehnat bozori
barqarorligini ta’minlash
Ishsizlik mehnat bozorining asosiy muammolaridan biri bo’lib,
biror bir
mamlakat iqtisodiyoti bunday muammodan xoli emas. Ishsizlar sonini kamaytirish
bo’yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan avval “ishsizlik”
degan
tushunchaning ma’no-mohiyatini anglab olish muhimdir.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik iqtisodiy faol aholining mehnat daromadi
keltiradigan ish o’rniga ega bo’lmasligini bildiradi.
Bu tushuncha xalqaro
tashkilotlarda,
shuningdek, turli mamlakatlarda turlicha sharhlanadi. Masalan,
AQShda ishsiz shaxs deb oxirgi bir hafta mobaynida ish bilan band bo’lmagan va
so’nggi to’rt hafta ichida ishga joylashish uchun bevosita ish beruvchiga yoki ish
bilan ta’minlash
agentliklariga murojaat qilgan, mehnat layoqatiga ega bo’lgan
fuqarolarga aytiladi. Yaponiyada esa so’nggi haftada
bir soat ham ishlamagan va
ish
qidirayotgan, Buyuk Britaniyada oxirgi bir haftada ish bilan band bo’lmagan
hamda ish izlayotgan shaxs ishsiz sifatida belgilangan
26
.
Bizning mamlakatimiz mehnat qonunchiligida ishsiz shaxs qo’yidagicha
ta’riflangan: o’n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish
huquqini
olishgacha bo’lgan
yoshdagi, ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega
bo’lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro’yxatga
olingan,
mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tishga,
malakasini oshirishga tayyor mehnatga layoqatli shaxslar ishsiz deb e’tirof
etiladi
27
.
3.1.1-jadval
26
Mo’minov X.I. Buxoro viloyatida mehnat bozorini shakllantirish va uning faoliyatini rivojlantirish. – T.: Iqtisodiyot instituti,
2008. – 89-bet.
27
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi // www.lex.uz