Udk: 331. 561/. 57 Usmanov bexzod rustam o’G’li ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/31
tarix24.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147560
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish (1)

3.1.2-jadval 
O’zbekiston Respublikasida ish bilan ta’minlashga muhtoj bo’lgan aholi 
tarkibi (ming kishi hisobida)
29

Ko’rsatkichlar 
Yillar 
2012 yilda 2008 
yilga nisbatan 
o’zgarishi 
2008 
2009 
2010 
2011 
2012 
farqi 
foiz 
Ish bilan ta’minlashga muhtoj 
bo’lgan aholi soni, jami 
567,7 
631,5 628,2 
622,4 
626,3 
58,6 
110,3 
Shundan: 
Mehnat organlarida ro’yxatdan 
o’tgan ishsizlar soni 
22,7 
20,1 
16,2 
12,9 
6,0 
-16,7 
26,4 
Mustaqil tarzda ish izlayotgan 
ishsizlar soni 
545,0 
611,4 612,0 
609,5 
620,3 
75,3 
113,8 
Bugungi kunda mamlakatimizda ishsizlikning quyidagi turlari ko’p 
uchramoqda: 
-
tarkibiy,iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo’lishi yoki eski 
tarmoqlarning barham topishi va mulkchilik shakllarining o’zgarishi bilan yuzaga 
keladi;
-
yashirin, bu asosan qishloq xo’jaligi bilan bog’liq ishlab chiqarish tarmoqlari 
uchun xos va haqiqiy ishchi kuchini kammiqdorda talab qiladi. Yashirin ishsizlik 
ishlab chiqarishning chuqur tanazzuli sharoitida korxonalarda ortiqcha bandlikning 
saqlanib qolganidan dalolat beradi; 
29
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 
ma’lumotlari asosida tuzilgan


55 
-
mavsumiy,ma’lum bir mavsumda ish bilan bandlikni ta’minlaydigan, 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash va tayyorlash 
muddati bilan bog’liq. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo’lgan talab 
va taklifning mavsumiy omillari baravar ta’sir qilishi natijasida namoyon bo’ladi; 
-
texnologik 
o’zgaruvchan,bunday 
ishsizlik 
korxonada 
texnologik 
o’zgarishlarning amalga oshirilishi va korxonaning modernizatsiya qilinishi 
natijasida yuzaga keladi. Masalan, fan-texnika yutuqlari tufayli qo’l mehnati 
o’rnini mashina egallashi sababli yuzaga keladi. 
Ish bilan ta’minlashga muhtoj bo’lgan aholi mehnat organlarida ro’yxatdan 
o’tgan ishsizlar va mustaqil tarzda ish izlayotgan ishsizlardan iborat. Statistik 
ma’lumotlarga ko’ra, yurtimizda mehnat organlarida ro’yxatdan o’tgan ishsizlar 
soni kamaygan, aksincha mustaqil tarzda ish izlayotgan ishsizlar soni esa ortgan 
(10.3.2-jadval).
 
10.3.2-jadvaldan ko’rinib turganidek, 2008-2012 yillarda mamlakatimiz 
bo’yicha mehnat organlarida ro’yxatdan o’tgan ishsizlar soni 22,7 ming kishidan 6 
ming kishiga yoki 73,6 foizga kamaygan. Aksincha, bu davrda mustaqil tarzda ish 
izlayotgan ishsizlar soni 75,3 ming kishiga, ya’ni 13,8 foizga ortgan. Boshqacha 
qilib aytganda, tahlil qilinayotgan davrda ish bilan ta’minlashga muhtoj bo’lgan 
aholi tarkibida rasmiy ro’yxatdan o’tgan ishsizlar ulushi 4,0 foizdan 1 foizga 
kamaygan, mustaqil tarzda ish izlayotgan ishsizlar soni ulushi esa 96 foizdan 99 
foizga ortgan. 
Mehnat organlarida ro’yxatga olingan ishsizlarning asosiy qismi Toshkent 
shahri (20,7 foiz), Qashqadaryo (11,7 foiz) va Surxondaryo (10,3 foiz) 
viloyatlariga to’g’ri keladi. 
Ish qidirib, Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
markazlariga murojaat qilganlarning aksariyati ishga joylashtirilmoqda.
Jadvaldan ko’rinib turganidek, 2009 yilda ish izlab,Bandlikka ko’maklashish 
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlariga murojaat 
qilganlarning 85,8 foizi ishga joylashtirilgan bo’lsa, 2012 yilga kelib bu raqam 
90,4 foizga teng bo’lgan. Bunday ko’rsatkichga erishishga bandlikka 


56 
ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari va ularning har bir 
yirik qishloq fuqarolik yig’inida joylashgan muqim punktlarida fuqarolarni ishga 
joylashtirishga individual ravishda yondashilgani ko’maklashdi. 
2012 yilda Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
tuman (shahar) markazlariga eng ko’p murojaat qilganlar Farg’ona (murojaat 
qilganlar umumiy sonining 13,7 foizi), Samarqand (11,1 foiz) va Andijon (10,4 
foiz) viloyatlariga to’g’ri keladi. Mehnat organlariga ko’proq qishloq (72,9 foiz) 
aholisi hamda 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar (54,3 foiz) murojaat etmoqda. 
Fuqarolarning 
ishga 
joylashishlariga 
ko’maklashish, ish qidirish 
muddatlarini qisqartirish maqsadida 2012 yili 768 ta bo’sh ish o’rini yarmarkasi 
o’tkazildi va ularda 36,6 mingdan ortiq ish beruvchi va 264 ming nafardan ortiq 
ish izlovchi qatnashdi. Ushbu yarmarkalarda 100,5 ming kishi, jumladan, 62,9 
ming yosh yigit-qiz, o’quv muassasalari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan 
zaxiraga bo’shatilganlar, jazoni o’tash muassasalaridan qaytganlar ishga 
joylashishga yo’llanma olgan. 
O’zbekistonda ishsiz fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida 
belgilangan tartibda ijtimoiy nafaqalar to’lanadi, ishsizlar haq to’lanadigan jamoat 
ishlariga jalb etiladi, kasbga o’qitiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 iyuldagi 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin