Udk: 331. 561/. 57 Usmanov bexzod rustam o’G’li ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari


-rasm. 2013 yilda ish o’rini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/31
tarix24.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147560
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish (1)

 
15.1.2-rasm. 2013 yilda ish o’rini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash 
dasturining moliyaviy manbalari, foizda
Manba?
 
Rasmdan ko’rinib turganidek, 2013 yilda ish o’rini tashkil etish va aholi 
bandligini ta’minlash dasturi moliyaviy manbalarining 42,7 foizini korxonalar va 
aholi mablag’lari, 21,6 foizini xorijiy investitsiyalar, 18,5 foizini tijorat banklari, 
11 foizini byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar hamda 6,2 foizini Tiklanish 
va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari tashkil qiladi.
2.3. Respublikada samarali ijtimoiy siyosatning ishsizlikning salbiy 
oqibatlarini barataraf etishdagi ahamiyati
 


44 
Barchamizga ma’lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi barcha 
davlatlarga ertami-kechmi o’zining ta’sirini o’tkazib kelmoqda. Shu jumladan, 
ishsizlik darajasi past bo’lgan davlatlarga ham sezilarli darajada ta’sir etmoqda.
Ishchi kuchi bozori iqtisodiyotning turli sektor va tarmoqlarining muhim 
bog’lovchi bo’g’inidir. Ishchi kuchi bozori – bu ishchi kuchini oldi-sotdi qilish 
munosabatini bildiradi va unda talab va taklif qonuni amal qiladi. Bu erda raqobat 
sharoitida ishchi kuchining oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Ishchi kuchi bozorining 
bir tomonida ish kuchi egasi tursa, ikkinchi tomonida ishchi kuchiga muhtoj 
korxona, firma turadi. Ular o’rtasida ayirboshlash munosabati yuz beradi.
Ishchi kuchi bozori – bozorning boshqa tizimlari bilan uzviy bog’langan 
bo’lib, haqiqatan ham talabga ega bo’lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va 
kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo’lishi kerak. Ishlab 
chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o’z iste’mol sifatlarini 
yo’qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim.
24
Ishchi kuchiga jami 
talab – investitsiya va ishlab chiqarish xajmlari bilan tartibga solinadi. Ba’zi 
tadqiqotchilarning fikricha, ishchi kuchi bozori ish beruvchilar va yollanib 
ishlashni xohlovchilarni bevosita kelishuvi orqali talab va taklifni qanoatlantirish 
uchun sharoitlar yaratadi va ishchi kuchini xarid qilish-sotish jarayonlarini 
bevosita tartibga solmaydi.
Respublikamiz uchun mehnatga qobiliyatli ishchi kuchining ish bilan 
bandligini oshirish bo’yicha muammoni xal qilishni eng samarali qurollaridan biri 
bo’lgan ishchi kuchi bozori tushunchasi, tarkibi, xususiyatlari va vazifalarini 
tadqiqot qilish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ularni o’rganish quyidagi 
demografik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarning inobatga olinishini taqozo etadi: 

Respublikada mehnatga qobiliyatli aholining 60% dan ortig’i qishloq 
joylarda yashaydi va yalpi ichki mahsulotning 40% dan ko’prog’ini ishlab 
chiqaradi; 
24
Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. -T.: Mehnat, 2009. 327 b. 


45 

Noqishloq xo’jaligi ishchi joylarining etishmasligi sababli ish bilan band 
bo’lmagan qishloq mehnat resurslarining ulushi respublikaning ish bilan band 
bo’lmagan butun aholisining salmoqli hissasini tashkil qiladi va ularning soni 
o’smoqda; 

Mehnatga qobiliyatli ish bilan band bo’lmagan kishilarning malakasi va 
safarbarligining pastligi ularning yashash joylaridan shaxarga va mamlakatning 
kam mehnat bilan ta’minlangan hududlariga hamda xorijiy davlatlar ob’ektlariga 
qarab harakat qilishlariga asosiy to’sik bo’lmokda; 

Hududlarda sanoat, qurilish va xizmat ko’rsatish korxonalari xamda 
xususiy xo’jaliklarda yangi ishchi joylarini yaratish yo’li bilan ishchi kuchi talabi 
va taklifi o’rtasidagi ratsional nisbatni ta’minlash uchun haqiqiy imkoniyatlar 
mavjud. 
Ishchi kuchi bozorining shakllanishi va rivojlanishi masalalari tadqiq 
qilinar ekan albatta uning tarkibiy qismlarini tahlil qilish zarurdir. Ishchi kuchi 
bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga 
talab va uning taklifi, qiymati, baxosi va yollashdagi raqobat. Talab ishlab 
chiqarish ijtimoiy infrastrukturasi va boshqa xalq xo’jaligi sohalarining ishchi 
kuchi bozoriga buyurtma bergan, ish haqi fondi, shaxsiy xo’jaliklardan 
daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ehtiyojning hajmi va 
tarkibini aks ettiradi. Taklif yollanish sharti bilan ishga ega bo’lishdan 
manfaatdor bo’lgan ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, 
ma’lumoti, kasbi, malakasi va boshqalar bo’yicha) tarkibini ifodalaydi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, «ishchi kuchi bozori» tushunchasining 
ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining sistematik tadqiqoti 
mazkur bozornining bajaradigan asosiy vazifalarini ham aniqlashga imkon 
beradi: 

Ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish; 

Bozor uslubida xo’jalik yuritishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy 
mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish; 


46 

Mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir 
ko’rsatish; 

Ishsizlarni ish topishga va ularning malakasi va raqobat qobiliyatini 
oshirishga ko’maklashish; 

Ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini 
o’zgartirish. 
Mehnatning 
erkinligi 
va 
ixtiyoriyligi 
– ishchi kuchi bozori 
shakllanishining asosiy sharoiti yoxud shartidir. Shu bilan bir qatorda ishchi 
kuchi bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatayotgan bir qator 
iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar va 
omillar mavjud. Ishchi kuchi bozori shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-
sharoiti bo’lib, yollanma xodimlarni o’z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy 
mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy 
mulkchiligi xizmat qiladi. Bu erda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur 
sub’ektlarni o’zaro almashuv munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy 
manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste’molchilik yotadi. Ular 
ham o’z navbatida takror ishlab chiqarishda aholini ijtimoiy-iqtisodiy 
turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyojini ifodalanishi bo’ladi.
Ishchi kuchi talab va taklifi o’rtasida bozor muvozanatiga erishish ishchi 
kuchi bozorining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri 
hisoblanadi.
 
Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi – 
taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan 
tez o’sishi. Iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi tarkibiy o’zgarishlar xozirgi 
sharoitda ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga talab va taklifining yangi 
harakatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy shartlaridan hisoblanadi. Bular 
sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratishni va 
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sifat o’zgarishlarini asoslab beradi. 
Bunday 
sharoitlarda 
bir 
tomondan 
ishchi 
kuchi 
bozorining 
yangi 
infrastrukturasining ko’p sonli mehnat talab qiladigan tarmoqlari va ishlab 


47 
chiqarish bo’g’inlarini qamrab olsa, boshqa tomondan iqtisodiyotning an’anaviy 
sektorlarida bozor munosabatlarini vujudga keltiradi va rivojlanadi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi 
(kontrakt) ishchi kuchi bozorida ishchi kuchining sotish, sotib olishning hal 
qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat huquqi bo’yicha g’arb 
mutaxassislarining ilmiy ishlarida mehnat shartnomasi «xodimni ish haqi 
evaziga mehnat qilish majburiyatini olish va huquqiy buysunish mavjudligi 
haqidagi 
kelishuv» 
sifatida 
ifodalanadi. 
Shartnoma 
xususiy-huquqiy 
xaridlarning turlicha ko’rinishi bo’lib, unga nisbatan fuqarolik huquqiga xos 
me’yorlar, qoidalarni qo’llash imkoniyatlari va zaruriyatni asoslaydi. 
Ishchi kuchi bozori xususiyatlari bir qator omillar bilan belgilanadi: arab 
mamlakatlari iqtisodiyoti an’anaviy ravishda ochiq iqtisodiyotga ega, ularda tovar, 
kapital va ishchi kuchining erkin harakati uchun sharoit mavjud. Bu mamlakatlar 
dunyoning eng yirik xom ashyo va kapital eksporterlari va sanoat mahsulotlari va 
ishchi kuchi importerlaridir. Neft tarmog’i mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti 
shakllanishining asosiy moddasi bo’lib, davlat xarajatlari ham neftdollarlariga 
bog’liqdir. Haqiqatda aholining iqtisodiy faolligi ham neftdan olinuvchi daromad 
hisobiga ta’minlanadi. Yangi ish joylarini yaratish, ish haqi darajasi, nafaqalar va 
boshqa ijtimoiy to’lovlar bevosita neftdan olinuvchi daromadlarga bog’liq. Fors 
ko’rfazi mamlakatlariga bandlik darajasining xuddi shunday daromadga ega 
mamlakatlarga nisbatan 35-37% ga pastligi xosdir. Bunga demografik, ijtimoiy va 
madaniy omillar sababdir. Birinchidan, bu mamlakatlarga mehnatga layoqatsiz 
aholining hissasi kattaligi xosdir. Ikkinchidan, mehnat faoliyatini boshlashga 
shoshmaslik xos, chunki barcha darajadagi ta’lim tizimi bepul. Uchinchidan, davlat 
sektoriga nafaqa yoshining kichikligi xosligi, jumladan, 20 yil mehnat staji bo’lgan 
xizmatchi 45 yoshidan nafaqaga chiqishi mumkin. Uchinchidan, keyingi paytlarda 
o’sish tendensiyasiga ega bo’lsada, ayollar bandligi darajasining pastligi xos. 
Ayollar o’rtasida maksimal bandlik Quvaytda (30%) qayd etilgan bo’lsada, bu 
o’rtacha jahon ko’rsatkichlaridan ancha past ko’rsatkichdir.


48 
Bu mamlakatlar aholisining yarmidan ko’pi xizmat ko’rsatish sohasida 
banddir. Sanoat sohasida bandlikka kelsak, u arab mamlakatlarida amalga 
oshirilayotgan diversifikatsiya siyosati bilan bevosita bog’liq, jumladan, Saudiya 
Arabistoni va Katarda diversifikatsiya neftga bog’liq sohalarni rivojlantirishga 
qaratilgan. Ummonda neftga bog’liq bo’lmagan sohalar rivojlantirilmoqda, BAA 
tranzit savdo, Bahraynda bank sohasi ivojlanishiga alohida e’tibor berilgan, 
natijada industrial sohalarda bandlik Saudiya Arabistoni, Ummon va Katarda 
o’sgan, boshqa mamlakatlarda esa, aksincha, kamaygan. Ummon va Saudiya 
Arabistonidan tashqari barcha mamlakatlarda qishloq xo’jaligida band aholi hissasi 
juda kichik, bu qishloq xo’jaligining resurs bazasi cheklanganligi va urbanizatsiya 
darajasi yuqoriligi bilan bog’liq. 
Ishsizlik darajasi bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar mavjud emas, ba’zi 
ma’lumotlarga ko’ra, u 10-12%ni tashkil etadi. Ishsizlikning eng kam darajasi 
Bahrayn va Katarga xos.
Shuni ta’kidlash kerakki, bu mamlakatlarning ishchi kuchi bozoriga xos 
umumiy xususiyat xorijiy ishchi kuchidan foydalanish ko’lamlarining kattaligidir. 
Buning omillari turlicha, jumladan, aholi sonining kamligi, ayollarning mehnat 
faoliyatida qatnashmasligi, malakali kadrlarning etishmasligi, mahalliy aholining 
jismoniy mehnat bilan shug’ullanishga moyilligining yo’qligi. 
Xorijiy ishchi kuchining ommaviy kelishi 20-asrning 70-yillari boshiga 
to’g’ri keladi. Neft natijasida bu mamlakatlarda ishchi kuchi etishmasligi sezildi. 
Dastlabki migrantlar Palastinliklardan iborat edi. Keyinchalik Misr, Suriya, Iroq va 
Livandagi siyosiy o’zgarishlar bu mamlakatlardan ishchi kuchi oqimini 
kengaytirdi.
Keyinchalik mamlakatlar Pokiston, Hindiston va Bangladeshdan ishchi 
kuchini jalb qilish kengaydi. Bunga sabab bu mamlakatlardan kelgan ishchi 
kuchining narxi arab mamlakatlariga nisbatan past edi. So’nggi yillarda bu 
mamlakatlarda xorijiy mamlakatlardan immigrantlar oqimi kamaytirish, ishchi 
kuchi bozorini milliylashtirish siyosati olib borilmoqda. Chunki xorijiy ishchi 
kuchining hissasi kattaligi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keltirib 


49 
chiqarmoqda. Xorijiy ishchi kuchi o’tkazmalari natijasida yalpi ichki mahsulotning 
10% ortig’i tashqariga chiqib ketmoqda. Natijada mamlakatlarning ishchi kuchi 
bozoridagi davlat siyosati migratsiyani tartibga solish siyosatidan iborat bo’lib 
qolmoqda. Yuqorida sanab o’tilgan omillir b ishchi kuchi bozoridagi vaziyatni 
belgilab beruvchi omillar sifatida yaqin kelajakda ham saqlanib qoladi.
Birinchi va ikkinchi guruhga kiruvchi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari 
ishchi kuchi bozoriga xos xususiyat uning shakllanganligi va davlat tomonidan faol 
tartibga solinishidir. Jumladan bu mamlakatlar ishchi kuchi bozorini tartibga 
solishda quyidagi dasturlar bajarilganini ajratib ko’rsatish kerak: 
1. Ishsizlarga ish joyi topishda ko’mak berish dasturlari, bunday dasturlar bo’sh 
ish joylari bo’yicha ma’lumotlar berish, ish joylarini topishda ko’maklashish va kasbga 
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini qamrab oldi. Janubi-Sharqiy Osiyo 
mamlakatlarida kadrlarni qayta tayyorlash tizimi keng tarqalgan. Chunki ushbu 
mamlakatlarda yuqori malakali kadrlarga, ayniqsa, yuqori texnologik tarmoqlarda talab 
katta. Kadrlarni qayta tayyorlash tizimi asosan davlat tomonidan mablag’ bilan 
ta’minlanadi, shu bilan birga tadbirkorlar ham ushbu sohani rivojlantirish uchun 
umumiy daromadining 1%ga yaqin qismini o’tkazadilar. Bunday holatni Gongkong, 
Malayziya va Singapurda ko’rish mumkin. 
2. Yangi ish joylarini yaratish dasturlari ham davlat tomonidan, ham xususiy 
tadbirkorlar tomonidan mablag’ bilan ta’minlanadi. Moliyaviy imkoniyatlari katta 
bo’lgan xususiy sektor albatta etakchilik qiladi, mablag’lar kichik va o’rta biznesni 
rivojlantirish uchun sarflanadi.
Yangi ish joylarini yaratish dasturlari shuningdek, davlat sektoriga ham 
xosdir. Moliyaviy mablag’lar cheklangani sababli davlat ustuvor va ijtimoiy jihat 
muhim tarmoqlarni qo’llab-quvvatlaydi. Janubiy Sharqiy Osiyoning turli 
mamlakatlarida bu sohalar turlicha, jumladan, Malayziyada infratuzilma 
tarmoqlari, Janubiy Koreyada ekologik sohalarda davlat yangi ish o’rinlarini 
moliyalashtiradi.
3. Aholi ijtimoiy xavfsizligini ta’minlash dasturlari. Bu dasturlar davlat 
maqsadli zayomlari, ishsizlikdan sug’urtalash tizimi va davlatning transfertlar 


50 
dasturini kengaytirish bo’yicha tadbirlarni qamrab oladi. Shu bilan birga aholining 
ayrim guruhlari ayollar, yoshlar va keksalarga birinchi navbatda yordam 
ko’rsatiladi. Dasturni amalga oshirishning asosiy yo’nalishi ish yo’qotishdan 
sug’urtalash tizimidir. U Janubi-Sharqiy Osiyoning deyarli barcha mamlakatlarida 
qo’llaniladi. Ishsizlikdan sug’urtalash tizimi tadbirkorlar tomonidan ish haqi 
fondining 1% ga teng oylik badallar hisobidan shakllanadi. Bu fonddan ishsizlik 
badallarini to’lash muddati va shartlari turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, 
Janubiy Koreyada ish stajiga bog’liq bo’lmagan holda ishini yo’qotganlarning 
barchasi nafaqa to’lanadi
25
.
4. Mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan dasturlar. Bu dasturlar Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlarida 90-yillarning oxiridan boshlab qo’llanila boshlagan. 
Ular milliy iqtisodiyot tarkibini qayta tuzish va barqarorlashtirish dasturlari 
doirasida amalga oshiriladi.
Bu dasturlar ish beruvchi va ishga yollanuvchi o’rtasida munosabatlarni 
yaxshilash, axborot bilan ta’minlash, ishdan bo’shatishga muqobil variantlarni 
topish kabi choralarni qamrab oladi. Kichik va o’rta korxonalar uchun mehnat 
unumdorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar berish, seminarlar tashkil etish, 
menejerlarni tayyorlash kurslarini tashkil etish ham ushbu dasturning 
yo’nalishlaridan biridan iborat. 
Shunga qaramasdan bu mintaqa mamlakatlarida so’nggi yillarda ishsizlik 
darajasi o’sdi, jumladan 2006 yilda 2005 yilga nisbatan o’sish 0,1 %ni tashkil etdi, 
hozirgi paytda bu mamlakatlarda ishsizlik darajasi 3,6% ni tashkil etadi.
Uchinchi 
va 
undan 
keyingi 
guruhga 
kiruvchi 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning ko’pchiligiga xos xususiyat ishchi kuchi bozorida ortiqcha 
taklifning mavjudligidir. Umuman, dunyo iqtisodiyotida so’nggi 2 yil ichida o’sish 
kuzatilgani bilan, ishsizlarning soni 2006 yilda rekord miqdor 195 mln. kishiga 
etdi. Dunyodagi o’rtacha ishsizlik darajasi 6,3%ni tashkil etdi. Bu 
ko’rsatkichlarning katta qismi rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga shakllanadi.
25
Internet tarmog’ining Xalqaro mehnat tashkiloti (
www.ilo.org
) veb-sayti 
ma’lumotlaridan foydlanildi. 


51 
Dunyoda mehnatga layoqatli aholining soni so’nggi besh yil ichida (2006-
2010 yy.) 3,9 mlrd.kishidan 4,64 mlrd. kishigacha o’sdi. Bu ko’rsatkich 2015 yilga 
kelib 5,35 mlrd.ni tashkil etishi ko’zda tutilmoqda. O’sishning asosiy qismi 
rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga yuz berdi. O’rtacha o’sish sur’ati 2%ga teng 
bo’lsa, rivojlangan mamlakatlarda bu ko’rsatkich 0,8% teng, shu bilan birga ularda 
bunday o’sish asosan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga yuz bermoqda.
Ishsizlik darajasi eng yuqori bo’lgan mamlakatlar qatoriga Yaqin Sharq va 
Shimoliy Afrika mamlakatlari kirib, ularda ishsizlik darajasi 12,2 % ni tashkil 
etadi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida ishsizlik darajasi o’rtacha 8%ga teng bo’lib, 
bu ko’rsatkich mamlakatlar bo’yicha katta farqga ega. Bu mamlakatlarda so’nggi 
yillarda iqtisodiy o’sish sur’atlari barqaror bo’lishiga qaramay, ish haqi darajasi 
juda past.
Yuqorida keltirilgan dasturlarning ayrimlaridan bizning mamlakatimizda 
ham ishsizlikni kamaytirishda foydalanishimiz mumkin. Ammo, ishsizlikni ilmiy 
o’rganmasdan, uni kamaytirishga urinish bugungi kunda kechirib bo’lmaydigan 
hodisa hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar tahlili ishchi kuchi bozorini to’ldirish ikki asosiy 
sabab hisobiga amalga oshirilishi haqida xulosa qilishga asos bo’ladi. Ulardan biri 
mamlakat iqtisodida band bo’lgan ortiqcha ishchilarni ozod qilish bilan bog’liq 
bo’lsa, ikkinchisi band bo’lmagan aholini ish bilan ta’minlash zaruratidan iborat.
Ta’lim sohasida yoshlarning ishchi kuchi bozoriga erta kirib borishining 
oldini olishga qaratilgan choralar amalga oshiriladi. Bunda ularning o’qishi uchun 
subsidiyalar tizimi qo’llaniladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin