Olinish usullari
To'yinmagan uglevodorodlaming galogenli hosilalarini quyidagi reaksiyalardan foydalanib, olish mumkin:
CH3—CH2—CHBr2 + KOH ® CH3—CH=CHBr + KBr+H20
spirtli critma 1-brompropen-l
CHºCH + HCl®CH2=CHC1
2CHClF2®CF2=CF2 +2HCl
Kimyoviy xossasi. To'yinmagan uglevodorodlaming galogenli hosilalari galogenning joylashgan o'rniga qarab uch xil-vinil, allil va ajratilgan turga bo'linadilar:
СН2=СН - X. СН2=СН -СН2 -X;
I II
СН2=СН—(СН2)n - СН2 - X
III
1-xil - galogen qo'sh bog' turgan uglerod atomiga bog'lanadi.
2-xil - galogen qo'sh bog' yonidagi uglerod atomiga bog'lanadi.
3-xil-galogen vaqo'shbog' istalgan masofadajoylashgan boiadi.
Vinil turidan galogenalkenlardagi galogen atomi -I induksion ta'siri hisobiga qo'sh bog'ning % - elektronlari bulutini o'ziga tomon tortadi:
d+ d-
CH2=CH ®C1
Bundan tashqari, galogen atomining +M - mezomer effekti qo'sh bog'ning л - elektronlari bilan ta'sirlashadi. Natijada vinilxloridni dipol momenti (1,44 ц) etilxloridnikidan (2,0 ji) kichik bo'ladi:
d- d+
CH2=CH ®СL-
Buning hisobiga uglerod bilan galogen orasidagi masofa biroz qisqaradi (0,178 n.m.dan 0,172 n.m.gacha). Bular C-X bog'ida bog'lanishni oshiradi, uni qutblanishini kamaytiradi va kimyoviy reaksiyada galogen almashinish bormaydi CH2=CH-CI+OH -®, galogen atomini reaksiyaga kirishish qobiliyatini pasaytiradi va nukieofil almashinish reaksiyasi bormaydi. Lekin, birikish reaksiyasi Markovnikov qoidasiga binoan boradi:
CH2=CH-C1+HC1 ®CH3-CHC12
Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Yani hosil bo'lishi
+ •• +
mumkin bo'lgan karbokationlardan CH3-CH-CI yoki CH2-CH2-C1: birinchisi ko'proq barqaror, chunki uning musbat zaryad qiymati galogen atomining juft elektronlari hisobiga kompensatsiyalanadi CH3-CH-Cl;
Ikkinchi xil galogenli hosilalar, aksincha, galoid alkillarga nisbatan almashinish reaksiyalariga oson kirishadi. Masalan:
СН2=СН—СН2—J + NH3 ®CH2=CH—CH2-NH2 + HJ
allil yodid
CH2=CH-CH2-J+Na-OC2H5®.CH2=CH-CH2-0 -C2H5+NaJ
Uchinchi xil to'yinmagan uglevodorodlarning galogenli hosilalaridagi galogen atomining xossasi kimyoviy nuqtayi nazardan galoid alkillardagi galogenning xossaiaridan farq qilmaydi.
To'yinmagan galogenli hosilalar etilen qatoridagi uglevodorodlarga o'xshash elektrofil birikish, oksidlanish va boshqa xil reaksiyalarga kirishadilar. Bundan tashqari, birinchi xil to'yinmagan galogenli hosilalar polimerlanish reaksiyasiga oson kirishib, yuqori molekulali birikma hosil qiladilar. Masalan, polixlorvinilning hosil qilish reaksiya tenglamasi:
Ayrim vakillari
Vinilxlorid CH2=CHC1 - rangsiz gaz, oson polimerlanadi. Bu polimer izolatsiya materiallarini ishlab chiqarishda, patefon plastinkalar, suv o'tmaydigan plash va boshqa buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Allilxlorid CH2=CH-CH2 -C1 rangsiz suyuqiik, 45°C da qaynaydi. Yuqori haroratda propilenni xlorlab olish mumkin:
CH2=CH-CH3+C12®СН2=СН-СH2-Сl+НСl
Asosan alii! spirt va sintetik glitserin olishda ishlatiladi.
Xloropren CH2=CH-CC1=CH259°C da qaynaydigan suyuqiik bo'lib, sanoatda atsetilendan olirtadi. Buning uchun oldin vinilatsetilen olinib, so'ngra unga vodorod xlorid biriktiriladi:
HC ºCH + H -CºCH ®CH2=CH-CºCH
vinilatsetilen
CH2=CH—CºCH + HCI ®CH2=CH—CCl=CH2
Xloropren oson polimerlanib, xloroprenli kauchuk hosil qiladi.
Trixloretilen CHC1=CC12 - zaharsiz, yonmaydigan suyuqlik, 87°C da qaynaydi, d420 = 1,466. Sanoatda erituvchi sifatida foydaianiladi. Bazan trixloretilen turli sintezlarda xom ashyo sifatida ham ishlatiladi.
Tetraxloretilen (perxloretilen) CC12=CC12 - zaharsiz suyuqlik, 120°C da qaynaydi, d420 =1,625. Bu modda ham trixloretilenga o'xshash polimerlanish reaksiyasiga qiyin kirishadi.
Triftorxloretilen CF2=CFC1 - rangsiz gaz, -27°C da suyuqlanadi. Polimerlanishi natijasida politriftorxloretilen (ftorplast -3) hosil qiladi:
nCF2=CFCl ® (—CF2—CFCl—)n
Politriftorxloretilenning viniliden ftorid bilan sopolimeri elastik bo'lib, ftorkauchuk guruhiga kiradi. Sanoatda politriftoretilendan konstruktorlik materiallarini zanglashdan saqlash maqsadida foydaianiladi.
Viniliden ftorid CH2=CF2 - rangsiz gaz. Polimerlanish natijasida poliviniliden ftorid hosil qiladi:
nCH2=CF2®(-CH2-CF2-)n
Bu polimer issiqqa chidamli bo'lib o'zidan 150°C gacha bo'lgan issiqlikni o'tkazmaydi. Bundan tashqari, poliviniliden ftorid havoga va UB-nurlariga ham chidamlidir.
Tetraftoretilen CF2=CF2 - rangsiz gaz, minus 76,3°C da suyuqlanadi. Tetraftoretilen boshlagich ishtirokida polimerlanib, teflon polimerini hosil qiladi. Uning molekular massasi 50.000-200.000 bo'lishi mumkin. Bu polimer issiqqa, sovuqqa va kimyoviy reagentlarga o'ta chidamli, elektr tokini o'tkazmaydi. Shuning uchun teflon har xil buyumlar, qoplamalar, kimyoviy asboblar, izolatorlar va boshqalarni tayyorlashda ishlatiladi. Benzol qatorining galogenli hosilalari galogen atomiinig uglerod atomiga joylashishiga qarab ikki tipga bo`linadi.
1. galogenning aromatik yadro uglerodi bilan bevosita bog`lanishidan hosil bo`lgan hosilalari – arilgalogenidlar.
2. galogenning aromatik yadro yon zanjiriga bog`lanishidan hosil bo`lgan hosilalari aralkilgalogenidlar.
Dostları ilə paylaş: |