Intervallar shkalasi, tartib shkalasidan farqli oʻlaroq, nafaqat toʻplam
elementlarini saralashga imkon beradi, balki elementlar orasidagi ma’lum
intervallarni ham belgilaydi.
Intervallar shkalasi orqali additiv matematik amallar aniqlanadi.
Intarvallar shkalasga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin
1. Qiymatlari Metrik Konvensiya mamlakatlari oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha
qabul qilingan va aniq oʻlchashlar asosida belgilangan
reper nuqtalar qatoridan
tuzilgan Xalqaro harorat shkalasi haroratni oʻlchash uchun boshlangʻich asos boʻlib
xizmat qiladi.
2. Vaqt intervallari shkalasi. Vaqt intervallari shkalasi boʻyicha oraliqlarni
(intervallarni) qoʻshish (ayirish) va bir interval ikkinchisiga
qaraganda qanchaga
katta (kichik) ekanligini taqqoslash mumkin, lekin
qandaydir hodisa vaqtini
qoʻshishning hyech qanday ma’nosi yoʻq.
3. Uzunlik shkalasi (uzunlik oʻlchovlari chizgʻichlar, ruletkalar, kalibrlar va
h.k.).
4. Selsiy, Farangeyt, Reomyura va boshqa harorat shkalalari.
Quyidagi 3.7-rasmda Selsiy (C), Reomyur (R), Farengeyt (F) va Kelvin
(K) shkalalarining qurilishi tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: