1.2.Dilatometrik termometrlar
Dilatometrik va bimetalli termometrlarning ishlash prinsipi harorat o’zgarishida qattiq jism chiziqli miqdorining o’zgarishiga asoslangan. Qattiq jism chiziqli miqdorining o’zgarishi formulasi quyidagicha ifodalanadi:
lt = l0 (1 + 2t) (4.3)
lt – t haroratda qattiq jism o’zunligi; l0 – shu jismning 0 0C dagi o’zunligi; 2 – o’rtacha chiziqli kengayish koeffitsienti.
4 .2–rasmda dilatometrik termometrning to’zilish sxemasi keltirilgan.
Bu asbobda sezgir element sifatida katta chiziqli kengayish koeffitsientiga ega bo’lgan materialdan (jez va mis) tayyorlangan naycha 2 qo’llanilgan. Korpus 3 ga kavsharlangan naycha ichida sterjen 1 joylashgan. Sterjen chiziqli kengayish koeffitsienti kichik bo’lgan material (masalan, invar) dan ishlangan. O’lchanayotgan muhit harorati kutarilishi bilan naycha 2 o’zayadi. Bu hol sterjen 1 ning sinishiga olib keladi. Shunda prujina 3 shayn 4 ning bush tomonini pastga tushiradi, o’z navbatida u tortqi 8 va tishli sektor 7 orqali strelka 6 va uning uqi atrofida aylantiradi. Strelka esa shkala 5 da o’lchanayotgan harorat qiymatini ko’rsatadi.
Dilatometrik termometrlar suyuqliklar haroratini o’lchashda hamda haroratni ma‘lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va signalizatsiyada qo’llaniladi. Dilatometrik termometrlar 1,5 va 2,5 aniqlik ta‘sirida chiqariladi, ularning yuqorigi o’lchash chegarasi 500 (S gacha. 150 (S dan oshmagan haroratlar uchun naycha jezdan, sterjen esa invardan ishlanadi, undan yuqori haroratlar uchun naycha zanglamas pulatdan, sterjen esa kvartsdan ishlanadi.
Afzalliklari: ishonchliligi va sezgirligi yuqori. Kamchiliklari: asbob o’lchamlarining kattaligi, haroratning bir nuqtada emas, balki hajmda o’lchanishi, Issiqlik inertsiyasining kattaligi, ko’rsatkichlarni masofaga o’zatish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |