Улугбек мби doc


Issiqxonada kuzgi ekilgan bodringda karadrinani rivojlanishi fenokalendari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/46
tarix02.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#39646
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
bodring zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari

Issiqxonada kuzgi ekilgan bodringda karadrinani rivojlanishi fenokalendari.  

 

(Toshkent  viloyati “Qo’yliq” agrofirmasi, Ortiqov.U.D., 2011-2012 yy.) 



 

Oylar  


sentyabr  

oktyabr 


noyabr 

dekabr 


O’n kunliklar  

II 



III 

II 



III 

II 



III 

II 



III 

1- nasl 


 

+

 

+

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



 

 

 



 

 

 



 

2 – nasl 

 

 

 



 

 

+

 

+

 

+

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 



Izoh:

   


+

  

- kapalagi



    

  



– tuxumi      

 

- qurti



      

 



- g’umbagi

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

35

 



Fovaklovchi  pashsha  -  Liriomyza  sativae  Blanch

.

    AQSh  da,  Janubiy  va 

Markaziy  Amerikada,  Tinch  okeanning  Guam,  Taiti,  Koledoniya,  Samoa  va 

Gavay  orollarida,  Argentinada,  Venesuelada,  Fransiyada,  Gollandiyada, 

Belgiyada  tarqalgan.  1991  yilda  Turkmanistonda  kuzatilgan  va  xudud  sharoitiga 

moslashgan. 

Bu  tur  respublikamizning  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyati 

sharoitlarida issiqxona hamda ochiq dalalarda keng tarqalgan. 

Fovaklovchi  pashshaning  tuxumi,  lichinkasi  va  pupariysining  rivojlanishi 

uchun eng pastki harorat bo’sag’asi 9

-

 10 °S dir. 25- 30 °S haroratlarda tuxumi va 



lichinkasini  rivojlanishi  uchun  7-9  kun  o’tgan.  Xuddi  shu  haroratlarda  pupariysi 

rivojlanishi  uchun  ham  8-9  kun  zarur  bo’lgan.  15  °S  da  tuxum,  lichinka  va 

pupariylarning rivojlanishi 25-30 kun davom etgan. 

Tuxumi  - oqish rangda, ellipssimon, shaffof, bo’yi 0,18-0,21 mm, eni 0,11-

0,12  mm  atrofida.  Pashshalar  o’simlik  bargini  tuxum  qo’ygichi  bilan  teshib 

zararlagan va ekskrement chiqarib ifloslantirgan. Urg’ochi imagolar kamida 20-40 

ta eng ko’pi bilan 200-300 tagacha tuxum qo’ygan. 

Lichinkasi  -  3  yoshni  o’tab,  bu  davr  mobaynida  uzunligi  2,5-3  mm  ga 

yetgan.  Tuxumdan  chiqqan  lichinkalar  dastlab  rangsiz,  keyinchalik  sariq  rangga 

kirgan.  Lichinkalar  1  yoshdan  2-yoshga  o’tguncha  po’st  tashlagan  va  bu  po’stlar 

rangi  qoramtir  bo’lgan.  Lichinkalar  bargning  mezofill  qavatida  oziqlanib,  bargda 

g’ovak  hosil  qilar ekan. Bargdagi  g’ovaklar ilon  izi shaklida  bo’lgan. Lichinkalar 

oziqlanib  bo’lgandan  so’ng  g’ovaklarni  teshib  barg  yuzasiga  chiqqan.  Ular  barg 

ustida, ba’zi hollarda tuproqqa tushib g’umbakka aylangan. 

G’umbagi  qizg’ish-qo’ng’ir  rangda  bo’lib,  o’lchami  1,5-0,75  mm.,  to’g’ri 

burchakli  ovalsimon  shaklda,  oxirgi  qismi  toraygan.  Bu  faza  9-11  kun  davom 

etgan. G’umbakdan pashsha asosan ertalab uchib chiqqan. 

Imagosi  mayda  pashsha  bo’lib,  qoramtir  va  sariq  ranglardan  iborat  ekan. 

Uzunligi  1,3-2 

mm.  Erkagi  va  urg’ochisini  oson  farqlash  mumkin. 

Urg’ochilarining qorin segmentida teleskopik tuxum qo’ygichi bor ekan. L.sativae 

imagosida yaltirok qora rangdagi, L. trifoli da esa kulrang qora rangli qismlari bor 

bo’lib,  pashshalar  4-20  kungacha  yashashi  mumkinligi  kuzatilgan.  Ularning 

rivojlanishiga harorat kuchli ta’sir qilgan. Agar iqlim issiq bo’lsa, imagolar 4-5 kun 

ichida, tuxum qo’ygandan so’ng nobud bo’ladi (Parkman, 1989). 

Iliq  sharoitlarda  L.  sativae  yil  davomida  juda  ko’p  avlod  berishi  mumkin 

ekan.  Bu  zararkunanda  Cucurbitaceae,  Fabaceae,  Solanaceae,  Brassicaceae 

oilalapuga  kiruvchi  20  dan  ortiq  o’simliklarda  rivojlangan.  AQSh  da  L.  sativae 

pomidor,  bodring,  qalampir,  karam,  salat,  gulkaram,  selderey  va  dukkakli 

o’simliklarni  zararlagan.  Bu  tur  uchun  pomidor  va  bodring  eng  yaxshi  xo’jayin 

o’simlik hisoblangan. 

 

Respublikamiz 



qishloq 

xo’jalik 

o’simliklariga 

keyingi 


vaqtlarda 

g’ovaklovchi  pashshalarning  vakili  Liriomyza  sativae  Blanch  (Diptera, 



Agromyzidae)  turi  boshqa  turlarga  nisbatan  jiddiy  zarar  keltirgan.  Bunga  misol 

qilib, Toshkent viloyatidagi ko’pgina issiqxona xo’jaliklaridagi (Qibray, Toshkent, 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

36

Zangiota va boshqa tumanlardagi) holatlarni keltirib o’tish mumkin.  



G’ovaklovchi  pashshalarga  qarshi  kurashda  ularning  o’simlikda  rivojlanish  

xususiyatlarini  bilish muhim ahamiyat kasb etadi  (3.11; 3.12; 3.13 -rasmlar).  

O’tkazilgan  tadqiqotlardan  L.  sativae  ni  bodring  o’simligida  rivojlanish 

bosqichining  davomiyligini,  urg’ochi  pashshalarning  serpushtligini  va  lichinkalik 

davrlarida keltiradigan zararini o’rganishni maqsad qilib qo’ydik. 

 Tajribalar o’tkazish xonasining harorati va namligi o’zgaruvchan bo’lib, eng 

past harorat 18,5°S ni, eng yuqori harorat 29°S ni, havoning nisbiy namligi esa 50-

65% ni tashkil qilgan.  

 

 

 



 


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin