Ma’naviyat xazinasidan Baxtni sa’y-harakatda, baxtsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni tilda, halovatni sukutda ko‘rdim.
Najmiddin Kubro Birgina qandil orqali minglab qandillarga charog‘onlik ulashish mumkin. Bu bilan o‘sha qandilning umri qisqarib qolmaydi.
Budda Mulohaza uchun VATAN UCHUN YASHASH – BAXT Bizlarni unutmangiz, maktab-maorifni taraqqiy ettiringiz. Mahmudxo‘ja Behbudiy Mahmudxo‘ja ziyoli oilada tug‘ildi. Ta’lim-tarbiya olib, o‘z davrida yuksak lavozimlarga erishdi. Qalbi pok, aqli teran bu zot olamga qalb ko‘zi bilan boqdi. O‘sha yillardagi tahlikali vaziyatda u haqsizlik, adolatsizliklarga ko‘z yumolmadi, xalqning dard-u alamini chuqur his etdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy taraqqiyotni ilm-u ma’rifatda deb bildi, kishilarni ilmga, ziyoga chorladi, jaholatdan qochishga undadi, yoshlarga ilm berish uchun maktablar ochdi, darsliklar yozdi. Necha zamonlardan beri kishilar ongiga singib kelayotgan jaholatni quvish uchun teatr tomoshalari yozib, namoyish ettirdi, gazeta va jurnal chiqarib, elga ilm-u ma’rifat yoydi. Buyuk ajdodimiz xalqining taqdiri uchun qayg‘urdi, Vatan ravnaqi uchun yo‘l izladi.
O‘sha davrda Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi Vatan ozodligini, xalqi farovonligini istagan yuzlab ziyolilar yo‘q qilingan, qatag‘onga uchragan. Ular taqdirlarini Vatan istiqboli bilan bog‘ladilar va xalq manfaatini jonlaridan ustun qo‘ydilar.
Oradan yillar o‘tib, bobolar orzusi – O‘zbekiston mustaqilligi amalga oshgach, ularning nomlari abadiylashtirilib, Vatan yo‘lidagi xizmatlari munosib taqdirlanmoqda.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Ajdodlarning xizmatlarini unutmaslik, maktab-maorifni taraqqiy ettirishning mohiyati nimada?
2. M ahmudxo‘ja Behbudiy «taraqqiyot ilm-u ma’rifatda» deganda nimani nazarda tutgan?
3. Teatr va gazeta-jurnallarning jamiyat hayotidagi o‘rnini izohlang.
Ularning insonlar tarbiyasidagi o‘rni qanday?
4. Inson xalqi, yurti, jamiyat manfaatlarini o‘z manfaatidan ustun qo‘yishi uchun qanday xususiyat va jihatlarga ega bo‘lishi lozim?