Jorj Sarton, tarixchi olim Xorazmiyni algebra fanining asoschisi sifatida hurmat bilan tilga olishadi. «Algebra» so‘zining o‘zi esa uning «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala» nomli risolasidan olingan. Uning «Arifmetika» nomli risolasi hind raqamlariga asoslangan bo‘lib, hozirgi kunda foydalaniladigan o‘nlik tizimi va undagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab bo‘ldi. Olimning «Xorazmiy» nomi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy muhirlanib qoldi.
Xorazmiyning arifmetik risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan yagona qo‘lyozmasi Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadi. Risola «Diksit Algorizmi», ya’ni «Xorazmiy shunday deydi» iborasi bilan boshlanadi.
Har gal qo‘lingga mobil telefoningni olganda, unutma! Har bir qo‘l telefoni ichida o‘zbek bor. Bu allomaning ismi esa – Muhammad ibn Musо al-Xorazmiy. Barchamiz xayolan undan minnatdor bo‘lishimiz shart. Endryu Marr, ingliz jurnalisti Jamoaviy mashg‘ulot Quyidagi savollar asosida biror yaxshi amallarni bajarish uchun zarur ko‘nikmalarni ishlab chiqing: 1. Inson qanday qilib o‘ziga yaxshilik qiladi?
2. Inson qanday qilib ota-onasiga yaxshilik qiladi?
3. Inson qanday qilib qo‘shnilariga yaxshilik qiladi?
4. Inson qanday qilib Vataniga yaxshilik qiladi?
5. Inson qanday qilib oilasiga yaxshilik qiladi?
Amaliy faoliyat 1. Sizni o‘ylantirayotgan muammo yoki masalani aniqlang. Uni ijobiy hal qilish algoritmini tuzing.
2. Muammoni rasmda tasvirlang. So‘ng uni so‘zda ifodalang.
3. Muammo qarshisida o‘zingizni qanday his qilyapsiz? Holatingizni so‘zda ifodalang.
4. Sizga bu muammoni hal qilish nimaga kerak? Fikringizni bayon qiling.
5. Muammo hal bo‘lsa, qanday holatga tushasiz?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Matndagi «... o‘zgarishlarga tayyor turish» deganda nimani tushundingiz?
2. Arastuning matnda keltirilgan fikriga izoh bering.
3. Mahmud Zamaxshariy «... ilmdan tashqarida bo‘lma» deganda nimani
nazarda tutgan?
4. Bugun bilimli inson qanday muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin?V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.