Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiyJami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi. II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Bilim kuchlimi yoki tasavvur? 2. Bolaligingizda kimdir kitob o‘qib, ertak aytib berganida siz voqealarga ishonarmidingiz? 3. Bugun ham xayol-tasavvurlarning haqiqatga aylanishiga ishonasizmi? Mulohaza uchun TAFAKKUR – INNOVATSIYALAR KALITI Tafakkur qilish qobiliyati bizning hayotimizga ta’sir qiladi. Bu biz qilayotgan, o‘ylaydigan va yaratadigan hamma narsani o‘zgartiradi. Tafakkur qilish ilmiy sohalardan tortib muhandislik va san’atgacha – har qanday kasbdagi puxta rejalar, orzular va ixtirolarning ilgari surilishiga poydevor. O‘ylab ko‘ring, avval hech xayolga keltirmagan yaxshi ishlarni xayolan bajarib ko‘ring. Bunda sizga tafakkur yordamga keladi. Tasavvur qiling-a, siz har kungi faoliyatingizni idrok va mushohada orqali rejalashtirsangiz, hayotingiz naqadar mazmunli, boshqalar uchun ham foydali bo‘lar edi. Inson tafakkur qilgani sayin miyadagi «tasavvur mushaklari» shunchalik kuchli bo‘ladi. Bu qobiliyat cheksiz imkoniyatlarning boy manbasiga yo‘l ochadi. Bugun ma’lumot hajmi oshib, uni saralash, foydalisini tanlash ko‘nikmasi ham bevosita idrok bilan bog‘liq. Tafakkur har bir kishi uchun, ayniqsa, yetakchilar uchun juda muhimdir. Odamlar hayotini yaxshilashga, muammolarni bartaraf etishga kirishgan inson tafakkuriga suyanadi. Yangiliklar yaratish, hayotni qulaylashtirish uchun esa tasavvur yordamga keladi. Deyarli barcha muvaffaqiyatli odamlarga xos ko‘nikma – teran idrok qilish, xayolotdan unumli foydalana olishdir. Yüklə 409,14 Kb. Dostları ilə paylaş: |