Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə68/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Ma’naviyat xazinasidan
Agar ilm o‘rgansam nima topaman? Agar kichik bo‘lsang, ulug‘ va mashhur bo‘lasan, kambag‘al bo‘lsang, boylik orttirasan, mashhur bo‘lsang, yanada mashhurroq bo‘lasan.
Buzurgmehr
Mulohaza uchun
MILLIARDERNING SAXOVATI
Alisher Usmonov saxovatpeshaligi bilan jahonga tanilgan. U katta boylikka ega bo‘lsa ham, o‘zini oddiy inson sanaydi. «Men uchun pullar, bu – vosita, ular yordamida nari borsa nimagadir erishish mumkin», deydi u.
Unga ko‘ra, baxt boylikda emas, balki baxtiyor yashay olish qobiliyatida, baxtiyorlik pulning miqdori bilan o‘lchanmaydi. Alisher Usmonov 2008-yildan «San’at, fan va sport» xayr-saxovat Tashkilotini tuzib, xasta bolalar, teatr va san’at, muzey hamda sport muassasalariga beminnat yordam berib keladi. 2014-yilda taniqli olim Jeyms Uotsonga yangi tadqiqotlar uchun pul kerak bo‘ladi. U o‘ziga tegishli Nobel medalini auksionga qo‘yganida, saxovatpesha o‘zbek medalni 4,1 mln. dollarga sotib olib, uni yana olimning o‘ziga qaytaradi. Alisher Usmonov fondi yurtimizdagi xayr-saxovat tadbirlariga ham hissa qo‘shib kelmoqda.
MA’RIFATPARVAR MILLIARDER
Bolaligida oilasi bilan Shotlandiyadan Amerikaga ko‘chib kelgan Endryu kunduz kuni ko‘chada o‘tkinchilarning oyoq kiyimlarini artib pul topardi. U topgan puliga yaxshi kitoblar xarid qilib, tuni bilan chiroq shu’lasida o‘qir edi.
Oradan yillar o‘tib Endryu Karnegi «po‘lat sanoati otasi»ga va jahonning eng boy kishisiga aylandi. Mol-dunyosi ko‘paygach, Endryu Karnegi hayotining oxirigacha o‘z nomi bilan ataluvchi 2811 ta kutubxona qurdirgan.
U buning uchun 26 million AQSH dollari sarf qilgan. Bugun amerikaliklarning 40 foizi ushbu kutubxonalardan foydalanishmoqda.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Nima deb o‘ylaysiz, Endryu Karnegi nima sababdan pullarini kutubxona qurishga sarflagan?
2. Boy-badavlat insonlar pullarini yana qanday xayrli ishlarga sarflashlari mumkin?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.

@Tohirjon86

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin