Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy


O‘ylang, biz har kuni quyidagi xatti-harakatlarga daxldor qanday qarorlar qabul qilamiz?



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə65/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

O‘ylang, biz har kuni quyidagi xatti-harakatlarga daxldor qanday qarorlar qabul qilamiz?
– Pul topish yoki sarf qilish;
– Yeb-ichish;
– Jismoniy faollik;
– Dam olish;
– Bo‘sh vaqtni tashkil qilish;
– Ish vaqtidagi odatlar;
– O‘qish yoki o‘rganish;
– Odamlar bilan munosabatlar;
– O‘ylash va idrok qilish bilan bog‘liq odatlar.
Bilasizmi?
Ko‘p pul topib, kamroq sarflash hamda jamg‘arilgan pulni foydali ishga tikish – pulga nisbatan to‘g‘ri odatdir. Vaqt o‘tgani sayin jamg‘arma va sarmoya o‘z mahsulini beradi. Millionerlarning ko‘pchiligi ota-onasi yoki ustozlaridan pul bilan bog‘liq aqlli odatlarni o‘rganish orqali badavlat bo‘lishgan ekan.
Ma’naviyat xazinasidan
HAYOT HIKMATLARIDAN
Donishmandlardan biri o‘z farzandiga dedi: – Uch narsani tark etma! Eng yaxshi taomni yemoqni; eng yaxshi to‘shakda uxlashni; eng yaxshi uylarda yashashni.
Farzand so‘radi: – Ey otajon, biz kambag‘al bo‘lsak, bu ishlarni qanday bajaramiz?
Donishmand dedi: – Faqat qorning ochganda taomlansang – eng yaxshi taomni yegan bo‘lasan; halol mehnat qilib charchaganingda uxlasang – eng yaxshi to‘shakda uxlagan bo‘lasan; odamlarga go‘zal muomalada bo‘lsang – ularning qalbida yashaysan. Insonlar qalbi esa uylarning eng yaxshisidir.
Mulohaza uchun
BOLA BOSHIDAN ...
Jahonning eng boy kishilaridan biri bo‘lgan Uorren Baffet 6 yoshidan boshlab ulgurji narxda salqin ichimliklar, saqich va gazeta-jurnal xarid qilib, eshikma-eshik yurib pullagan. U bobosining baqqollik do‘konida ham ishlagan.
Yuqori sinflarda o‘qib yurgankezlarida gazetalar tarqatish, golf koptoklari, markalar sotish va mashinalarni tuzatish orqali bo‘lajak sarmoyador ancha-muncha pul jamg‘aradi. Kollejni tamomlash arafasida Baffetning hisobida 90 ming dollardan ko‘proq puli bo‘lgan. 1950-yillarda
bu katta pul edi. Tajriba va bilim unga keyinchalik muayyan soha va kompaniyalarning istiqbolini ko‘rish imkonini berdi. Natijada Uorren Baffet jahonning muvaffaqiyatli sarmoyadoriga aylandi. «Mening ilhom manbaim mening otam edi. Bolaligimdanoq undan tongni to‘g‘ri odatlar bilan boshlashni o‘rgandim», deydi milliarder. «Otaonalar farzandlariga 3 yoshdan boshlab pul haqida gapirishlari va pulga nisbatan ularning to‘g‘ri munosabatini shakllantirishlari kerak. Pulni tejash – otam menga 6 yoshimga qadar o‘rgatgan muhim saboq bo‘lgan».
Bankdagi hisobida milliardlab dollari bo‘lishiga qaramasdan, Baffet hashamatli qasrda yashashda ma’no ko‘rmaydi va 1958-yilda xarid qilgan shinam va oddiy 5 xonali uyida yashaydi.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin