Amaliy faoliyat Quyidagi misollarga asoslanib, frilanserlikning afzalliklariga oid ro‘yxat tuzing. Reklama agentligi Ravshanni bir yillik shartnoma bilan dizaynerlik lavozimiga ishga oldi. U talab darajasidagi dizaynerlik mahsulotlarini yaratib bera olmasa-da, agentlik shartnomani bekor qila olmadi. Bir yildan so‘ng to‘g‘ri xulosa chiqargan agentlik bir martalik og‘zaki shartnoma asosida ishlaydigan dizaynerlar bilan hamkorlik qila boshladi.
Noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi«Yangi adabiyot» nashriyoti masofadan turib ishlaydigan matn teruvchilar – Nodira va Nigora bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Natijada, nashriyotning kommunal xizmatlar, jihozlar, xodimlarning sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlari kamayib, ish samaradorligi oshdi.
Nodira uchun uydan turib ishlash qulay.U farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanish barobarida daromad ham topadi. Nigora esa uy sharoitida erkin va ortiqcha bosimsiz ishlashni xush ko‘radi. O‘z-o‘ziga ham menejerlik qilish, ham xodimlik vazifasini bajarish unga yoqadi.
Zohidning jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lsa ham, u uyidan turib mehnat qiladi. So‘nggi 2 yildirki, u 100 dan ziyod ish beruvchilarga blogerlik va reklama xizmatlarini ko‘rsatdi.
Komila hisobchi bo‘lib ishlasa ham, bolaligidan grafik dizaynerlikka qiziqadi. U frilanser sifatida buyurtmalar olib, kechki payt grafikdizaynerlik bilan shug‘ullanadi. U sevimli mashg‘uloti bilan band bo‘lish asnosida daromad ham topadi.
G‘ayrat shahardan chetroqda istiqomat qiladi. U ingliz tili o‘qituvchisi. G‘ayrat internetdagi frilanserlik platformalari orqali mahalliy va xalqaro kompaniyalarga tarjimonlik yo‘nalishida xizmat ko‘rsatadi. Bu orqali ham tajriba orttiradi, ham pul topadi.
Mulohaza uchun Rivojlanish mehnat bozorini muntazam yangilab kelmoqda. Qirq yil avvalgi holat bilan taqqoslaganda, yangiliklar ta’sirida mehnat munosabatlari tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketganiga guvoh bo‘lamiz. Axborot texnologiyalari ayrim soha vakillari bir vaqtning o‘zida bir
nechta ish beruvchi bilan ishlash imkonini bermoqda.