Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə42/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Hayotda maqsad bilan yashash nega muhim?
2. Maqsadga erishishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
3. Siz orzu qilgan hayot uchun qanday maqsadlar zarur?
Maqsad qo‘yish – yuksalishga xizmat qiladi.
«SMART» maqsad texnologiyasi
«SMART» – ingliz tilidagi Specific (aniq), Measurable (o‘lchash mumkin bo‘lgan), Achievable (erishsa bo‘ladigan), Relevant (ahamiyatga ega) hamda Time-Bound (amalga oshirish muddati aniq) so‘zlarining qisqartmasi.
SMART-maqsadni yozishda ana shu shartlarning barchasi hisobga olinadi.
Nimani amalga oshirishni xohlayotganingizni bilasizmi?
Unga erishsa bo‘ladimi?
Qachon amalga oshirishni belgilab olganmisiz?
Maqsadga erishganingizni qanday bilasiz?
Bu mezonlar noaniqlik va taxminlarni yo‘q qiladi, aniq harakat qilishga, yutuq va kamchiliklarni kuzatishga yordam beradi.
Aniq
Maqsad samarali bo‘lishi uchun, u aniq bo‘lishi kerak. Aniq maqsad quyidagi savollarga javob beradi:
Uni uddalash uchun nimalar zarur?
Buning uchun kim mas’ul?
Maqsadga olib boruvchi yo‘lni bilasizmi?
Misol: Maftuna bolaligidan pazandalikka qiziqadi. Buvisi va oyisi unga milliy taomlar tayyorlashning noyob usullarini o‘rgatishadi. U akasining yordami bilan ijtimoiy tarmoqda pazandachilik blogini ochdi. Maftuna kuzatuvchilari sonini bir oyda 2 000 nafarga oshirish maqsadida 10 kundan so‘ng blogi haqida yirik tarmoqlarda reklama bermoqchi.
O‘lchanadigan
Yuqoridagi misolga nazar solsak, boshlanishi yaxshi, ammo unda nimadir yetishmayapti – aniqlik, ya’ni o‘lchov yo‘q. Ya’ni, Maftuna blogidagi kuzatuvchilar sonini qanchaga ko‘paytirmoqchi? Ming yoki ikki mingtaga? U nechta va qaysi tarmoqlarda reklama bermoqchi? Ikkita yoki beshta? Maftuna bu maqsadini yanada mustahkamlash uchun O‘zbekistonda ommalashgan yetakchi tarmoqlar ro‘yxatini ko‘rishi kerak.
Misol uchun: Maftuna blogida kuzatuvchilari sonini 2 mingtaga oshirish uchun 10 kundan so‘ng 3 ta – Facebook, Telegram va Instagram tarmoqlarida targ‘ibot roligini e’lon qilmoqchi.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin