Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə43/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Erishsa bo‘ladigan
Maqsad qilayotganda amaliy rejalarni belgilang. Bilimingiz, iqtidor hamda resurslarni hisobga olib, maqsadni belgilangan muddatda amalga oshirishga ishonch hosil qiling. Maqsad sizni ruhlantirsin, u siz qoqilishingiz mumkin bo‘lgan to‘siqqa aylanmasin. Shu sababli ham erishsa bo‘ladigan maqsad zarur. Buning uchun unga to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan jihatlarni tanqidiy mushohada qiling.
Misol: Yosh bloger sifatida Maftuna blogidagi kuzatuvchilarni 1 oyda 5 000 taga oshirish imkonsiz ekanini angladi. Shu tufayli Maftuna avvaliga 2 000 kuzatuvchi to‘plashni maqsad qildi.
Ahamiyatga ega
Maqsad ortidagi mohiyat yoki manfaat bizni manzilga olib boradi. Maqsadning siz uchun, oilangiz, jamoangiz, Vataningiz uchun ahamiyatini biling. Buni aniqlasangiz, natija ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi.
Misol: Maftuna pazandalik blogini o‘zini o‘ylab ochgani yo‘q. Uning maqsadi – buvisi va oyisidan o‘rgangan milliy taomlar tayyorlashning noyob retseptlarini tengdoshlariga ham o‘rgatish.
Amalga oshirish muddati aniq
Maqsadlar cheksiz bo‘la olmaydi – ularga muddat kerak. Vaqt – muvaffaqiyatni o‘lchashning yana bir muhim mezonidir. Maqsadingiz qachon bajarilishi kerak? U bilan bog‘liq rejalarni aniq vaqt oralig‘iga joylang va ana shu davrda ularning amalga oshirilishiga diqqat qiling.
Ma’naviyat xazinasidan
Og‘ir damda boshqalarga yaxshilik qila oladigan odam – o‘zining ham, boshqalarning ham xaloskoridir.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Qaysi omillar maqsadga yetishga to‘siq bo‘ladi?
2. Maqsad yo‘lida qaysi xususiyatlar muvafaqqiyatga xizmat qiladi?
3. Maqsadga yetishishda jamoaviylikning ahamiyati qanday?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin