Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə51/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Siz yaxshi suhbatdoshmisiz?
2. Suhbatdoshni tinglay olish hayotda nega muhim deb o‘ylaysiz?
3. Muloqot qila olish qobiliyati daromadga ta’sir qilishi mumkinmi?
Bilasizmi?
Yaxshi suhbatdoshga xos xususiyatlar.
E’tiborli bo‘ling:
– so‘zlayotgan odamga qarang;
– chalg‘ituvchi fikrlardan o‘zingizni xalos qiling;
– suhbatdoshingizning gavda harakatlarini uqishga harakat qiling;
– tushunish uchun savol bering.
Tinglayotganingizni namoyon qiling:
– boshingiz bilan tasdiq ishorasini qiling;
– jilmaying yoki boshqa yuz ishoralarini qiling;
– sizning gavda holatingiz muhimligini yodda tuting.
Munosabat bildiring:
– sizning tinglovchi sifatidagi vazifangiz fikrni tushunishdir;
– suhbatdoshingizning fikrini vaqti-vaqti bilan umumlashtiring;
– «Siz aytmoqchisizki, ...», «Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam ...» kabi iboralar orqali aniqlik kiriting;
qarshi fikrlar bildirib, suhbatdoshingizni to‘xtatmang.
Munosib javob bering:
– yaxshi tinglovchi sifatida suhbatdoshingizni hurmat qiling va tushunishga intiling;
– samimiy va ochiq, to‘g‘riso‘zlik bilan javob qaytaring;
– fikringizni hurmat bilan bayon qiling;
– suhbatdoshingizni qanday muomala kutayotgan bo‘lsa, unga munosib javob qaytarishga harakat qiling.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin