Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiyJami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi. II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Siz eng ko‘p mag‘lub bo‘ladigan dushmanni bilasizmi? 2. Ishonch nega muhim? Usiz hayotni qanday tasavvur qilasiz? 3. Ishonch va qo‘rquv o‘rtasida biror bog‘liqlik bormi? 4. Ishonchingizni oqlamagan odamni hurmat qilasizmi? O‘zingiz hurmat qilmaydigan insonga nega ishonmaysiz? Mulohaza uchun QO‘RQMANG, O‘ZINGIZGA ISHONING Piter Pen filmini barchamiz sevib tomosha qilganmiz. Shu bilan asardagi bir fikr juda muhim: «Ucha olishingga shubha qilgan mahalingsen bir umrga bu imkoniyatni qo‘ldan boy berasan». Yaxshi maqsad yo‘lida ishonch bilan harakat qiling. Baxtiyorlik tashqi omillarga qarshi jismonan kurashish emas, ichkarida – ong-shuurda o‘rnashib olgan shubha-gumonni ishonch orqali yengish degani. Boisi, bu dunyoda bizning ko‘pchiligimiz eng ko‘p mag‘lub bo‘ladigan dushman, bu – ichimizdagi qo‘rquv. Holdan toygan chumchuq daraxt novdasiga qo‘ndi. Xavf-xatardan xoli dam olar ekan, u manzaradan huzurlandi. Kutilmaganda esgan shamol daraxtni qulatguday qilib chayqasa-da, chumchuq novdada o‘tirgancha xotirjamligini yo‘qotmadi. Boisi, daraxt qulagan taqdirda ham, ikki qanoti tufayli u o‘zini xavfsiz sezar edi. Fikr qiling, hayot davomida sinovlardan o‘tishda qaysi fazilat va xususiyatlar insonga qanot bo‘lishi mumkin? O‘ziga ishonch qanday paydo bo‘ladi? Yüklə 409,14 Kb. Dostları ilə paylaş: |