Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy


Mehnat mobaynida orttirilgan tajriba tufayli



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə49/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Mehnat mobaynida orttirilgan tajriba tufayli.

  • Muttasil o‘qib-o‘rganish orqali.

  • Qat’iyat bilan erishilgan muvaffaqiyat sababli.

    Jamoaviy mashg‘ulot
    Uch kishidan iborat guruhlarga bo‘lining va quyidagi savollarga javob bering.
    «Bizning kuchli tomonlarimiz»
    1-guruh. Bugun mening kayfiyatimni ko‘targan voqea, bu ...
    Men ... da o‘zim bilan faxrlanaman.
    Men ... da zavqlanaman.
    2-guruh. Men oilamni ... bilan qoyil qoldiraman.
    Kecha men erishgan eng muhim muvaffaqiyat, bu ...
    Kechagi kunimning eng muhim qismi ... edi.
    3-guruh. Mening ajralib turadigan jihatim, bu ...
    Men haqimda eng noyob ma’lumot shuki, men...
    ...da o‘zim bilan faxrlanaman.
    MUVAFFAQIYAT KALITI – BILIM VA HARAKAT
    Kolumbiya universiteti dunyoning eng nufuzli ta’lim maskanlaridan hisoblanadi. Bu yerda o‘zbekistonlik professor – Aziza Shonazarova ham dunyoning har tarafidan kelgan talabalarga dars beradi. O‘zbek olimasi Kolumbiya universitetiga 500 nafar nomzod orasidan tanlab olingan.
    Aziza siz kabi maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq tirishqoqligi, qat’iyati bilan ajralib turgan. U oldiga qo‘ygan maqsadi sari sabr bilan intildi. Bunda uyidagi kutubxonaning hissasi katta bo‘lgan. Kitoblar Azizaning eng yaqin suhbatdoshlari edi. Kitoblar unga dunyoning jamiki sirlarini aytib berishardi. U kitoblar orqali yurtimiz tarixi qanchalar boyligini angladi. Ana shu tarixni dunyoga ko‘rsatib berishni maqsad qilib, ilm bilan shug‘ullandi. Uning bilimi ustozlarida ham havas uyg‘otar edi. Aziza hozir ham ko‘p kitob o‘qiydi, izlanishdan to‘xtamaydi. U arab, fors, turk, rus, ingliz, fransuz, nemis, polyak tillarida erkin muloqot qila oladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Aziza Shonazarova 2020-yilda «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
    1. Azizaning yuksak yutuqqa erishishida quyida berilgan qaysi 3 jihat muhim o‘rin tutgan deb o‘ylaysiz?
    Kun tartibiga rioya qilish, vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, ilmga mehr, kitob o‘qish, qunt, sabr, tushunmaganini so‘rash, yangilikka intilish, o‘ziga ishonch, ustozlarga hurmat, bilganini boshqalarga o‘rgatish.
    2. Yuqoridagi sifatlardan foydalanib, bilim olishning ahamiyati haqida matn tuzing.

    Yüklə 409,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin