Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə52/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Jamoaviy mashg‘ulot
Sinfdoshingiz bilan quyidagi mavzulardan birida 5 daqiqa suhbatlashing.
Suhbat chog‘ida yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
1-suhbat:
Birinchi o‘quvchi: – Menimcha, hayotda iqtidordan ko‘ra qattiq mehnat qilishning ahamiyati balandroq.
Ikkinchi o‘quvchi: – Nega bunday deb o‘ylaysiz? Menimcha …
2-suhbat:
Birinchi o‘quvchi: – Muammolarni hal qilishga sizdagi qaysi xususiyat ko‘proq yordam beradi?
Ikkinchi o‘quvchi: – Men, odatda, muammolarga duch kelsam …
3-suhbat:
Birinchi o‘quvchi: – Men hozirdan kelajakda yaxshi daromad topish mumkin bo‘lgan kasbni egallash haqida o‘ylayapman.
Ikkinchi o‘quvchi: – Mening fikrimcha, kasb masalasida avval pulni o‘ylash – xato. Birinchi galda kasbni yaxshi ko‘rish kerak, chunki …
Ma’naviyat xazinasidan
Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi – fikrni chiroyli va tushunarli qilib ifodalamoqdir. Nutqi tushunarli kishining atrofida uni tushunadiganlar ham ko‘p bo‘ladi.
Kaykovus
So‘zlash – bilimli kishining odati. Tinglash – dono kishining fazilati.
Sharq hikmati
Insonning eng katta ehtiyoji – tushunish va tushunarli bo‘lishdir. Buning uchun tinglay bilish kerak.
Konfutsiy
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Odamlar bir-birlariga muloyim muomalada bo‘lishlari uchun nima zarur?
2. Insonlarning qalblari bir-biridan uzoqlashib ketishiga nima sabab bo‘ladi?
3. Sizga kimdir baqirib gapirsa, qanday yo‘l tutishingiz kerak?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.

Sana:____________________________

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin