MAKTAB VA MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MUSIQA MADANIYATI FAKULTETI
102-GURUH TALABASI
UMARALIYEVA DIYORANING
MUSIQA NAZARIYASI
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: SEPTAKKORD. DOMINANTSEPTAKKORD VA UNING AYLANMALARI.
Toshkent-2023
MAVZU: SEPTAKKORD. DOMINANTSEPTAKKORD VA UNING AYLANMALARI.
REJA:
1.Septakkord.
2.Dominantseptakkord .
3. Dominantseptakkord va uning aylanmalari
Tertsiya asosida joylashgan, to’rt tovushli akkordga septakkord deyiladi. Septakkordning ikki chetidagi tovushlar oralig’i septima intervalini hosil qilganligi uchun bu akkord septakkord nomini olgan.
Musiqada septakkord xilma-xil ko’rinishlarda qo’llaniladi. Major va garmonik minorning 5 – pog’onasidan tuzilgan septakkord eng ko’p tarqalgan septakkordlardan biridir. Bu akkord dominantseptakkord deyiladi.
Dominantseptakkord yuqori tomondan kichik tertsiya qo’shilgan major uchtovushligidan (kat.3 + kich.3 + kich.3) tuziladi. Dominantseptakkord tovushlari asosiy tovushdan boshlab sanalganda: prima (akkordning negizi), tertsiya, kvinta va septima (akkord cho’qqisi) lardan iborat bo’ladi. Dominantseptakkord quyidagi belgi bilan yoziladi: - D7
Dominantseptakkord 3 ta aylanmaga ega, bulardan birinchi aylanma - kvintsekstakkord (D6/5). Ikkinchi aylanma – tertskvartakkord (D4/3) va uchinchi aylanma – sekundakkord (D2) deb aytiladi.
Dominantseptakkord aylanmalarining nomi, akkordning eng pastki tovushi – negizidan cho’qqisiga qarab tuziladigan tovushlar intervallariga asoslanadi.
Biror tonallik yoki tovushdan dominantseptakkord yoki aylanmalarini tuzish uchun dastlab, akkordni tashkil qiluvchi intervallarning joylashishi va tuziladigan pog’onalarning kelish tartibini bilish zarur.
Dominantseptakkord (D7) – kat.3 + kich.3 + kich.3; 5 – pog’onadan;
Dominantkvintsekstakkord (D6/5) – kich.3+kich.3+kat.2; 7–pog’onadan;
Dominanttertskvartakkord (D4/3) – kich.3 + kich.2 + kat.3; 2 – pog’onadan;
Dominantsekundakkord (D2) – kat.2 + kat.3 + kich.3; 4 –pog’onadan tuziladi.
Dominantseptakkord noohangdosh akkordlarga kiradi. Uning tarkibida ikkita noohangdosh interval bor, bular kich.7 va kam.5 intervallaridir.
Dominantseptakkord kvintasiz, asosiy tovushi uchlantirilgan to’liq bo’lmagan tonika uchtovushligiga yechiladi: bunda 5, 7 va 2 – pog’onalar 1 – pog’onaga o’tadi, 4 – pog’ona esa 3 – pog’onaga o’tadi, 5 – pog’ona kvarta yuqoriga ko’chadi.
Кvintsekstakkord primasi juftlantirilgan, to’liq bo’lmagan tonika uchtovushligiga yechiladi: 7 va 2 – pog’onalar 1 – pog’onaga, 4 - pog’ona 3 – pog’onaga o’tadi, 5 – pog’ona o’z o’rnida qoladi.
Tertskvartakkord asosiy tovushi oktavaga juftlantirilgan, to’liq tonika uchtovushligiga yechiladi: 2- pog’ona 1 – pog’onaga, 4 – pog’ona 3 – pog’onaga o’tadi, 5 – pog’ona o’z o’rnida qoladi; 7 – pog’ona esa oktavaga juftlantirilgan 1- pog’onaga o’tadi.
Sekundakkord primasi juftlantirilgan tonika sekstakkordiga yechiladi: 6 – pog’onasi 3 – pog’onaga o’tadi, 5 – pog’ona o’z o’rnida qoladi, 7 va 2 – pog’onalar 1 – pog’onaga o’tadi:
Yetakchi septakkordlar (DVII7). Ikkinchi pog’ona septakkordi (SII7)
Septakkordlar orasida dominantseptakkorddan tashqari yetakchi septakkordlar ham ko’p qo’llaniladi. Ular tabiiy va garmonik majorning, shuningdek, garmonik minorning 7 – pog’onasida tuziladi va yetakchi septakkord deyiladi.
Yetakchi septakkordning ikki chetidagi tovushlar tabiiy majorda kichik septima intervalini hosil qiladi va kichik yetakchi septakkord deyiladi. Кichik yetakchi septakkord ustki tomonidan katta tertsiya qo’shilgan kamaytirilgan uchtovushliklardan tuziladi (kich.3, kich.3, kat.3).
Yetakchi septakkordning ikki chetidagi tovushlari garmonik major va minorda kamaytirilgan septimani tashkil qiladi. Shuning uchun ham u kamaytirilgan yetakchi septakkord deyiladi. Кamaytirilgan yetakchi septakkord kamaytirilgan uchtovushlikdan iborat bo’lib, ustki tomonidan kichik tertsiya qo’shiladi (kich.3, kich.3, kich.3). Yetakchi septakkord quyidagicha yoziladi – DVII7.
Yetakchi septakkordlar ham uchta aylanmaga ega bo’lib, ular asosiy va aylanma septakkordlar tarzida qo’llaniladi:
Yetakchi septakkordlar: a) tertsiyasi juftlantirilgan tonika uchtovushligiga yyechiladi:
b) yoki D7 hamda uning aylanmalari orqali T ga yyechiladi:
Septakkordlarning keng tarqalgan turlaridan yana biri, bu ikkinchi bosqich septakkordidir. Ikkinchi bosqich septakkordining tertsiyasi, kvintasi va septimasi subdominantaga tegishli, primasi esa tovushqatorning ikkinchi pog’onasi tovushi bo’lganligi uchun ushbu akkord SII7 bilan belgilanadi.
SII7 tovushqatorning ikkinchi pog’onasidan boshlab tuziladi. Uning intervallari kich.3., kat.3., kich.3. ni, chetki tovushlari esa kich.7 ni tashkil etadi.
Subdominantseptakkord dominantseptakkord va uning aylanmalari orqali tonikaga yechiladi.
Akkordlar engarmonizmi. Engarmonik akkordlar tengligining ikki turi. Akkordlarning musiqada qo’llanishi
Musiqa amaliyotida akkordlar engarmonizmi ko’p uchraydi. Bunda akkordni hosil qilayotgan tovushlar majmuasining turlicha atalishi imkoniyati borligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Akkordlar engarmonizmi deb eshitilishi bir xil, lekin yozilishi va nomlanishi har xil bo’lgan akkordlarga aytiladi. Akkordlar engarmonizmi uning tarkibiga kiradigan alohida tovushlar va intervallarga asoslanadi.
Akkordlardagi engarmonik tenglikning ikki xil ko’rinishi mavjud:
Akkorddagi barcha tovushlar almashtiriladi, biroq, ularning interval tuzilishi o’zgarmaydi:
Akkorddagi barcha yoki alohida tovushlar engarmonik jihatdan almashtiriladi, biroq, tovushlarning interval tuzilishi o’zgarmaydi:
Har qanday musiqa uchtadan kam bo’lmagan tovushlar majmuasidan iborat bo’lsa, unda akkordlar hosil bo’ladi. Ularning musiqa amaliyotida muhim o’rni bor, chunki aynan akkordlar tovushlar harakatini muvofiqlashtiradi, bundan tashqari akkordlar bir-biri bilan ma’lum qonuniyatlar asosida bog’lanadi.
Tasviriy san’atda ranglarning xili va turlari ko’pligi qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, musiqada akkordlar, ya’ni ko’p ovozlikning turlicha variatsiyalari badiiy-musiqiy mazmunning yanada yorqinroq aks yettirilishini ta’minlaydi. Shu bois, musiqa asari keng musiqiy garmoniya elementlariga boy bo’lsa, ya’ni akkordlar, ko’p ovozlik imkoniyatlaridan keng foydalanilsa, musiqa asarining badiiy mazmunni ifodalash imkoniyatlari shunchalik kengayadi va ushbu musiqaning tinglovchisi mumkin qadar ko’proq musiqiy ifodani o’ziga qabul qiladi.
Akkord ko’pincha shunday tarzda ifodalanadiki, uning bir necha yoki barcha tovushlari birdaniga bir necha oktavada ijro etiladi. Bunday usul akkordning ikkilanishi deb aytiladi. Masalan:
Aksincha, akkord to’liqsiz ham bo’lishi mumkin. Uni aniqlash uchun tovushlarini xayolan to’ldirish lozim.
Aккordlarning laddagi o’zaro munosabatla-rining tizimlanishi.
Tabiiy major va tabiiy minor intervallari
Tabiiy major va tabiiy minor tovushqatorining pog’onalari faqat diatonik interval hosil qiladi. Istalgan har bir pog’onadan prima, sekunda, tertsiya, kvarta va boshqa intervallar tuzilishi mumkin. Asosiy vazifa bulardan har birining sifat miqdorini, ya’ni, qaysisi sof, kichik yoki katta ekanligini aniqlashdan iborat. Yondosh intervallardan har birining umumiy soni ladning yetti pog’onasi soniga teng.
Jadval yordamida intervallarni o’rganish uchun quyidagilarga amal qilish zarur:
Tabiiy major va tabiiy minorda o’xshash intervallar hosil bo’ladi va ularning soni bir-biriga tengdir.
Minorda majornikiga o’xshagan barcha intervallar majordagiga qaraganda ikki pog’ona yuqorida joylashadi. Masalan, majorda katta tertsiya I, IV, V – pog’onalardan, minorda esa III, VI, VII – pog’onalardan yuqoriga qarab joylashadi.
Garmonik major va garmonik minor tonalliklarining intervallari. Turg’un va noturg’un intervallar
Tabiiy major va minor intervallari o’ziga xos bo’lib, ular tabiiy minor gammasi pog’onalari intervallaridan farq qiladi. Jumladan, garmonik major va garmonik minorda uchraydigan intervallar tabiiy ko’rinishda uchramaydi.
Garmonik majorda 6-pog’onaning pasaytirilishi va garmonik minorda 7-pog’onaning ko’tarilishi natijasida shu ladlarda hosil bo’lgan intervallar tabiiy major va tabiiy minor intervallaridan farq qiladi.
Bu ladlardagi hosil bo’ladigan intervallar tabiiy ko’rinishda uchramaydi, shuning uchun bu xildagi intervallarga xromatik yoki xarakterli intervallar deyiladi.
Hammasi bo’lib to’rtta xarakterli interval bor, bular: ort.2, kam.7, ort.5, va kam.4 dan iborat. Ushbu yangi intervallar majorda 6-pog’ona o’zgarishi bilan bog’liq.
Minorda esa 7-pog’onaning ko’tarilishi bilan bog’liq.
Tabiiy major va tabiiy minorning garmonik shaklga o’tishi natijasida ayrim diatonik intervallar o’zgaradi. Masalan, sof kvarta bilan sof kvinta o’rniga ort.4 bilan kam.5 shaklidagi ikkita uchtonlik hosil bo’ladi.
Uchtonlikning echilishida har ikkala tovush ham tortilish tomon bir pog’ona o’tadi, orttirilgan kvartada-ikki tomonga, kamaytirilgan kvintada bir-biriga tomon intiladi.
Lad pog’onalari yordami bilan tuzilgan har bir interval o’zining akustik xususiyatlariga ega. Turg’un tovushlardan tuzilgan ohangdosh intervallar turg’un interval deyiladi. Ohangdosh interval noturg’un tovushlardan tuzilsa yoki bitta noturg’un va bitta turg’un tovushlardan tuzilsa baribir noturg’un interval bo’ladi. Demak, har qanday noohangdosh interval doim noturg’un hisoblanadi.
Noohangdosh intervalning echilishi deb uning ohangdosh intervalga o’tishi (aylanishi) ga aytiladi. Noturg’un intervalning echilishi deb, uning turg’un intervalga o’tishiga aytiladi.
Кat. 2 va kich. 7 ning yechilishi:
Noohangdosh sof kvartalarning yechilishi:
Кich.2 va kat.7 ning yechilishi:
Uchtonlik yechilishida har ikkala tovush tortilish tomon bir pog’ona o’tadi, orttirilgan kvartada ikki tomonga, kamaytirilgan kvintada bir-biriga tomon harakat qiladi.
MAVZU BO’YICHA АDАBIYOTLАR:
1. “Musiqa Elementar nazariyasi» Q.Rahimov T.2007 y.
2. “Musiqa nazariyasi” L.Urmanova T 2013
3. “Musiqa nazariyasi” D.F. Raxmatullayev T 2004
4.I.A.Akbarov «Musiqa lug’ati» - T, 1997.
5.O’zbekiston Vatanim manim T, 2000, 2002.
6.P.I. CHaykovskiy Detskiy albom, Vremena goda
7.Musiqa elementar nazariyasi I. Sposobin
Dostları ilə paylaş: |