ChQBTni tashkil etish hamda uni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul organlar va jamoat tashkilotlarining asosiy vazifalari 8. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklarining ChQBTni tashkil etish va uni amalga oshirishda asosiy vazifalari hisoblanadi:
ChQBT tadbirlarini moliyalashtirish, moddiy-texnika jihatdan ta’minlash, moddiy-o‘quv bazani barpo etish;
har yili ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan olib borilayotgan ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarga oid o‘quv-moddiy bazani yaratish va uni yanada takomillashtirishga doir qarorlar qabul qilish, tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
Markaz va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarga oid idoraviy hujjatlarni, tekshiruv ishlarining natijalarini, kamchilik va muammoli masalalarni o‘rganib chiqish va tegishli chora-tadbirlar belgilash;
ChQBTni tashkil etish va uni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul organlar va jamoat tashkilotlari tomonidan ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarning hamkorlikda olib borilishini muvofiqlashtirib borish.
9. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
9. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
ChQBT tadbirlarining rejalashtirilishiga va o‘z vaqtida bajarilishiga rahbarlik qiladi, ChQBT ishlarini muvofiqlashtiradi;
Markaz tomonidan ChQBT dasturini tayyorlash jarayonida ishtirok etadi;
ta’lim muassasalarini harbiy mavzulardagi o‘quv-uslubiy filmlar hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar (Umumharbiy nizomlar, qonunchilik hujjatlari), qo‘llanmalar, tavsiyalar va ko‘rsatmalar bilan ta’minlaydi;
ta’lim muassasalarini harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasalariga biriktirish to‘g‘risida tegishli buyruqlar chiqaradi;
ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari ishtirokidagi o‘quv yig‘inlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi;
ta’lim muassasalari o‘quvchilarining uch kunlik o‘quv-dala mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayoniga amaliy yordam ko‘rsatadi;
ta’lim muassasalari o‘quvchilarini muddatli harbiy xizmatchi va kursantlarning kundalik faoliyati, ularning maishiy ta’minoti, shuningdek qurol-aslaha, harbiy texnika namunalari bilan tanishtirib borish maqsadida ta’lim muassasalari bilan harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
ChQBTga oid qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar hisobini yuritishga, ularni saqlash va topshirishga oid yo‘riqnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek sohaga doir tavsiyalar hamda ko‘rsatmalar tayyorlaydi;
har yili ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning holatini o‘rganadi va doimiy ravishda nazorat qilib boradi;
ChQBT fani o‘qituvchilarini saralash, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarida ta’lim muassasalariga amaliy yordam ko‘rsatadi.