texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar — texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;
texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
umumiy texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
maxsus texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umumiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
savdodagi texnik to‘siqlar — mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud bo‘lgan tafovutlari yoki o‘zgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan to‘siqlar.
4-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash;
atrof muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.
5-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
texnik reglamentlarni qo‘llashning majburiyligi;
texnik reglamentlarni qo‘llashning bir xilligi;
texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi;
texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi.