Umumiy biologiya


Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti “Biologiya” ta‟lim yo‟nalishi bitiruvchi kurs talabasi Bobobekova Ra‟no Toir qizining



Yüklə 83,55 Kb.
səhifə3/5
tarix08.06.2023
ölçüsü83,55 Kb.
#126630
1   2   3   4   5
parvina

Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti “Biologiya” ta‟lim yo‟nalishi bitiruvchi kurs talabasi Bobobekova Ra‟no Toir qizining
Umumta‟lim maktablarida botanikani o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishi
to‟grisida bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbarning
XULOSASI
Hozirgi yuksak darajada rivojlanayotgan, fan-texnikas taraqqiy etayotgan davlatimizning siyosati o`quvchilarni har tomonlama tarbiyalash, ularda ilmiy tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish, yetuk, raqobatbardosh kadr sifatida voyaga yetkazishga qaratilgan. Huquiy demokratik davlat egalari bo`lgan yosh avlodni milliy ma‟naviiyat va mafkuraviy go`yalar ruhida tarbiyalashdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda 5-6 sinf o`quvchilariga o`qitiladigan “Botanika” fani unda berilgan o`simliklar haqidagi ilmiy dalillar, ma‟lumotlar muhim rol o`ynaydi.
Keyingi yillarda botanika fanini o'qitishda o'quv tarbiya ishlarini yuqori saviyaga ko'tarishda alohida e'tibor berilmoqda. Buning uchun o'qituvchidan zamon talablariga mos ravishda dars o'tish talab etiladi. Bu tariqa dars o'tishda har bir o'qituvchi o'z ustida tinmay ishlash, izlanish, o'rganish lozim bo`ladi. Natijada o'quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlari ortadi. Ularda fan asoslarini yanada chuqurroq o'rganish istagi paydo bo'ladi.
Talaba R. Bobobekova “Umumta‟lim maktablarida botanikani o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusi orqali tabiatda o`simliklar dunyosining tuzilishi, tarqalishi, o`rni va ahamiyati haqidagi ma‟lumotlarni o`quvchilarga tushuntirishda ta‟lim jarayoniga innovatsion texnologiyalrni qo`llashni o`rganish, uni ta‟limn mazmunini o`zlashtirishdagi, dars samaradorligini oshirishdagi o`rni haqidagi masalalarga bag`ishlangan.
Kirish qismida mavzuning mazmuni, dolzarbligi, maqsadi va vazifalarini, nazariy va amaliy ahamiyati aniq bayon qilingan.
Bu mavzuni birinchi bobida botanika fanining mazmuni, uni biologik ta‟limda tutgan o`rni haqidagi ma‟lumotlarni, botanika faniga ajratilgan dars soatlatlarini tahlil qilib, atroflicha yo`ritib berilgan
II va III bobda esa pedagogik va innovatsion texnologiyalarning mazmuni, tasnifi, turlaridan foydalanishning mohiyatini izchil o`rganishga harakat qilgan.
Talaba ishni bajarish davomida talaba 20 dan ortiq turli adabiyotlar va internet ma‟lumotlaridan yetarlicha foydalangan. Undagi ma‟lumotlar bilan tanishib, tahlil qilib mavzuning mazmun va mohiyatini to`liq ochib berishga harakat qilgan. Ishda pedagogik va innovatsion texnologiyalar haqida ilmiy ma‟lumotlarni batafsil bayon qilgan. Ularni rasmlar, sxemalar orqali tushuntirib bergan. Shuningdek, vaqtli matbuot va internet ma‟lumotlaridan ham keng foydalangan.
Talaba tomonidan bajarilgan ishning umumiy hajmi va tarkibiy tuzulmasi
DTS tomonidan qo`yilgan talablarga to‟liq javob beradi. Ushbu malakaviy bitiruv ishida to`plangan ma‟lumotlardan o‟rta ta‟lim tizimi o`qituvchilari va
“Tabiatshunoslik” fakulteti hamda o`rta-maxsus kasb hunar ta‟limi muassalari va oily o`quv yurti talabalari tomonidan foydalanilsa bo`ladi.
Talaba Bobobekova Ra‟noning “Umumta‟lim maktablarida botanikani o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish mavzusida yozilgan malakaviy bitiruv ishini himoya qilish uchun tavsiya etaman.

Yüklə 83,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin