Umumiy biologiya


Taqrizchi: “Umumiy biologiya”



Yüklə 83,55 Kb.
səhifə5/5
tarix08.06.2023
ölçüsü83,55 Kb.
#126630
1   2   3   4   5
parvina

Taqrizchi:
Umumiy biologiya”
Kafedrasi katta o`qituvchisi: p.f.n. Malikova A.R.
Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti “Biologiya” ta‟lim yo‟nalishi bitiruvchi kurs talabasi Bobobekova Ra‟no Toir qizining
Umumta‟lim maktablarida botanikani o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishiga

TAQRIZ


O`zbekiston Respublikasi ta‟lim tizimida qabul qilingan “Ta‟lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta‟lim sohasini takomillashtirish, sifat samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Ayniqsa, o`quvchilarning tabiatga, undagi o`simliklarga to`g`ri munosabatlarini tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb mavzusi bo`lib, uni amalga oshirish va rivojlantirish borasida maktab ta‟limi muhim bosqich hisoblanadi.
Hozirgi kunda yetishib chiqayotgan pedagogik kadrlar ta‟lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshirirish uchun, avvalo o`z sohalari bo`yicha kuchli bilimga ega bo`lishlari lozim. Shu bilan birga ulardan zamonaviy pedagogik va axborot texnolagiyalardan xabardor bo`lishlari va ularni ta‟lim jarayonida qo‟llay olish malakasiga ega bo‟lishlari talab qilinishi hisobga olgan holda tanlangan mavzu dolzarbdir. Chunki hozirgi kunda ta‟limni samaradorligiga erishish va ta‟lim mazmunini to`la kafolatlashga qaratilgan qaratilgan ta‟lim texnologiyalarini ta‟lim jarayoniga qo`llash zamon talabidir.
Bobobekova Ra‟no Toir qizining “Umumta‟lim maktablarida botanikani o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishi botanikani o`qitishga innovatsion texnologiyalarni qo`llash muammolari, yo`llarini, yechimlari masalalariga bag‟ishlangan.
Ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ahamiyatini yoritib bergan.
Birinchi bob umumta‟lim maktablarida o`qitiladigan botanika kursi, uning mazmuni, botanika darsligining tahlili haqidagi ma‟lumotlarni tahlil qilishga
bag`ishlangan
Ikkinchi bobda esa tabiatshunoslik fanini o‟qitishda pedagogicktexnologiyalar hamda uning nazariy asoslari, tasnifi, turlari haqida ilmiy ma‟lumotlar aniqlanib, ta‟lim jarayonida qo`llanishi natijalari haqida so`z yuritilgan.
Bobobekova Ra‟no uchinchi bobda botanikani o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalasiga e‟tibor qaratgan holda, ta‟lim jarayonida innovatsion faoliyatni tarkib toptirish, interfaol ta‟lim turlari va uni dars jarayiniga tadbiq etishga alohida to`xtalgan. Mazkur rejada dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida, uni dars va darsdan tashqari ishlarda amalga oshirish yo`llari haqida ma‟lumotlar keltirgan va dars ishlanmalari, innovatsion texnologiya asosida darsni loyihalashtirish yo`llari va texnologik xaritalardan namunalar keltirib ishni, mazmun jihatdan boyitgan.
Talaba ushbu ishni bajarish davomida bir qancha jadval va rasmlardan foydalanib, o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalarni bajarishga erishgan.
Ishining xulosalar qismida mavzu rejalari bo`yicha mukammal xulosalar berilgan.
Ishda to`plangan va o`rganilgan ma‟lumotlardan maktab o`qituvchilari va talabalar innovatsion texnologiyalarni, interfaol usullardan ta‟lim jarayoniga qo`llashni o`rganishda foydalansa bo`ladi.
Ish bitiruv malakaviy ishiga DTS tomonidan qo`yilgan talablarga to`la javob beradi deb hisoblayman va men taqrizchi sifatida ushbu ishni yuqori baholayman, uni himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi:
Navoiy shahar ___-sonli Maktab direktori:
Yüklə 83,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin