Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya


ZAMBURUG’LI KASALLIK SABABLARI



Yüklə 434,24 Kb.
səhifə2/9
tarix07.06.2023
ölçüsü434,24 Kb.
#126459
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Urayimova Rayhona

ZAMBURUG’LI KASALLIK SABABLARI


Ko’pincha ipli tuzilmalar yoki dermatomitsetalar (trixofiton, mikrosporon, axorion) kuzatiladi. Zamburug’larning ikkinchi guruhi — Kandida avlodiga mansub achitqi zamburug’lari. Kasallik manbalari kasallangan hayvonlar yoki odamlar hisoblanadi. Infektsiyalanish inson yoki hayvon tanasining nuqsonli qismi bilan yaqin kontakt qilish, shuningdek, bemorning ifloslangan buyumlari bilan aloqada bo’lish orqali sodir bo’ladi.Zamburug’lar tashqi muhitda juda barqaror bo’lgan sporalar bilan ko’payganligi sababli ular kundalik buyumlarga, epidermis yoki shilliq qavatlarning boshqa joylariga tushadi va ularda uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi. Go’zallik salonlari, sartaroshxonalar, basseynlar, hammomlar, manikyur salonlariga tashrif buyurish paytida zamburug’li kasalliklar bilan kasallanish xavfi mavjud. Ortqicha terlash (gipergidroz), immunitetning pasayishi, terida shilinish va yoriqlar mavjudligida, avitaminozlar va shaxsiy gigiena choralariga rioya qilmaslik bilan bog’liq patologiya paydo bo’lishi hollari mavjud.


Simbioz

  • Lishaynik

  • mikoriza

Parazit

  • Qora kuya zamburug’i

  • Zang zamburug’i

  • Vertitselyoz zamburug’i

Saprofit

  • Mog’or zamburug’i

  • Achitqi zamburug’i

  • Qalpoqchali zamburug’lar



Zamburug’lar oziqlanishiga ko’ra

Adabiyotlar sharhi
20-asr boshlarida g'o'za kasalliklarini o'rganishini O’rta Osiyoda,xususan,Uzbekistonda birinchi bo’lib professor N.G.Zaprometov boshlab berdi.Olimlardan A.Solovyev,N.S.Mirpo’latova,S,S,Ramazonova,A.H.Hakimov,M.X.Komilova,A.A.Vasilyev,M.A.Karimov,A.Marupov,R.Teshabayeva,D.Haydarov,I.M.Kiganova,H.Tillayeva va boshqa g’o’zaning fuzarioz va ildiz cherish kasalliklari,V.I.Serbinov sabzavot ekinlari,E.A.Xolmurodov meva va sabzavotlarni saklashdagi kasalliklari,O.S. Zubritskaya lub ekinlari, X.Qodirov, X.hoshimov tok kasalliklari, M.Jo’rayev yong’oq daraxti kasalliklari, I.M.Azimjonov, A.Sheraliyev, M.A.Zuparov tut kasalliklariga qarshi kurash chora tadbirlarini ishlab chiqdilar.Hozirgi bu tadbirlar keng qo’llanilmoqda Fitopatologiyadan birinchi darslik N. A. Naumov (1888-1959) tomonidan yozilgan. Ko'p yillik daraxtlarda parazitlik qiladigan po'kaklar (trutoviklar) A S. Bondarsev (1877-1968), zang zamburug'lari V. G. Transhel (1868-1981), o'rmon daraxtlarining kasalliklari S.1. Vanin (1980-1951) tomonidan mukammal o'rganilgan. O'simliklar immunitetining seleksiyadagi roli N.I. Vavilov tomonidan o'rganilgan. Mamlakatimizda 1920-yildan boshlab O'rta Osiyo Davlat Universitetining qishloq xo'jaligi fakultetida N. G. Zaprometov rahbarligida fitopatolog mutaxassislar tayyorlana boshlangan. Keyinchalik 1941-yilda Toshkent Qishloq xo'jaligi institutida o'simliklami himoya qilish fakulteti ochilib, unda O'rta Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining 50 ga yaqin davlatlari uchun mutaxassislar tayyorlangan. Fitopatologiya fanining rivojlanishiga respublikamizning qator olimlari ham munosib hissa qo'shganlar. Professor M. A. Karimov mamlakatimiz sharoitida beda kasalliklarini o'rganib, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan.S. S. Ramazonovaning ko'p yillik ilmiy izlanishlari bizda uchraydigan Verticillium turkumiga mansub zamburug'larning sistematikasi,biologiyasi, tarqalishiga oid bo'lib, uning irqlari hosil bo'lishi qonuniyatlarini ochgan. Olima rahbarligida g'o'za, tut, mevali daraxtlar,
g'alla ekinlarining kasalliklarini o'rganish borasida keng qamrovli serqirra ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. A. Hakimov g'o'za o'simligining Yilt kasalligiga qarshi biologik kurash chorasini ishlab chiqdi.
Uning Trihoderma lignorum zamburug'ini qo'llash bo'yicha ilmiy tavsiyalari tufayli paxta hosildorligini oshirishga va tuproqda saprotrof zamburug'laming ko'payishiga imkon beradigan muammolar hal etilgan. B. A. Hasanov respublikamiz sharoitida g'alla ekinlari zang kasalligining tarqalishi, sistematikasi va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan. 1. Safiyazov g'o'zada Yilt kasalligini keltirib chiqaruvchi Verticillium dahliae zamburug'ining biologiyasini, hujayrasining sitofiziologiyasini va o'zgaruvchanligini o'rgangan, kasallikka chidamli navlami yaratish asosida ularga qarshi kurash choralari haqida tavsiyalar ishlab chiqqan. Fitopatologiyadan birinchi darslik N. A. Naumov (1888-1959) tomonidan yozilgan. Ko'p yillik daraxtlarda parazitlik qiladigan po'kaklar (trutoviklar) A S. Bondarsev (1877-1968), zang zamburug'lari V. G. Transhel (1868-1981), o'rmon daraxtlarining kasalliklari S.1. Vanin (1980-1951) tomonidan mukammal o'rganilgan. O'simliklar immunitetining seleksiyadagi roli N.I. Vavilov tomonidano'rganilgan. Mamlakatimizda 1920-yildan boshlab O'rta Osiyo Davlat Universitetining qishloq xo'jaligi fakultetida N. G. Zaprometov rahbarligida fitopatolog mutaxassislar tayyorlana boshlangan. Keyinchalik 1941-yilda Toshkent Qishloq xo'jaligi institutida o'simliklami himoya qilish fakulteti ochilib, unda O'rta Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining 50 ga yaqin davlatlari uchun mutaxassislar tayyorlangan. Fitopatologiya fanining rivojlanishiga respublikamizning qator olimlari ham munosib hissa qo'shganlar. Professor M. A. Karimov mamlakatimiz sharoitida beda kasalliklarini o'rganib, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan. S. S. Ramazonovaning ko'p yillik ilmiy izlanishlari bizda uchraydigan Verticillium turkumiga mansub zamburug'larning sistematikasi, biologiyasi, tarqalishiga oid bo'lib, uning irqlari hosil bo'lishi qonuniyatlarini ochgan. Olima rahbarligida g'o'za, tut, mevali daraxtlar, g'alla ekinlarining kasalliklarini o'rganish borasida keng qamrovli serqirra ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. A. Hakimov g'o'za o'simligining Yilt kasalligiga qarshi biologik kurash chorasini ishlab chiqdi. Uning Trihoderma lignorum zamburug'ini qo'llash bo'yicha ilmiy tavsiyalari tufayli paxta hosildorligini oshirishga va tuproqda saprotrof zamburug'laming ko'payishiga imkon beradigan muammolar hal etilgan. B. A. Hasanov respublikamiz sharoitida g'alla ekinlari zang kasalligining tarqalishi, sistematikasi va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan. 1. Safiyazov g'o'zada Yilt kasalligini keltirib chiqaruvchi Verticillium dahliae zamburug'ining biologiyasini, hujayrasining sitofiziologiyasini va o'zgaruvchanligini o'rgangan, kasallikka chidamli navlami yaratish asosida ularga qarshi kurash choralari haqida tavsiyalar ishlab chiqqan.


Yüklə 434,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin